O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan kurs ishi mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta'lim tarbiyasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix18.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#132156
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta\'lim tarbiyasi

XULOSA: 
Demak, 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasalari 
tarbiyalanuvchilarida 
rivojlanishining yoshiga bog’liq xususiyatlar juda ko’p va ahamyatli. Bolaning 
rivojlanishida qanday rivojlanayotganligi yoshiga yarasha vazni, bo’yi, psixologik 
xarakteri, qobilyati, tashqaridagi ma’lumotlari qay darajada qabul qilishi, nuqtining 
o’sishi, so’z boyli bularning hammasi juda katta ahamiyat kasb etadi. Bola 
tug’ilganidan to maktabgacha ta’lim yoshiga yetguniga qadar har tomonlama me’yor 
jihatidan rivojlanishi kuzatuv ostida bo’lishi lozim. Chunki , har tomonlama sog’lom 
bola davlatimiz kelajagi demakdir. 
Xulosa qilib aytganda, ertaklar orqali bolalar bilimini yanada oshirish 
mumkin. Ertaklar bolaning rivojlanishida, ayniqsa, ularning aqliy va axloqiy 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari ertaklar bolalarning tafakkur 
doirasini kengaytirib, xotirasini ham mustahkamlashini inobatga olish va bolalarga 
ertaklarni ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda tanlash lozim. Bundan 
tashqari,tarbiyachi o‘zining pedagogik mahoratini ishlatgan holda ertak 
qahramonlarini bola qiziqishiga moslab o‘zgartirib ta’lim jarayonida qo‘llasa ta’lim 
samaradorligi yanada ortadi. 
Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola o‘rtasida qalban yaqinlikka 
erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani o‘z xoliga tashlab qo‘ymasligi, 
ya’ni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi. Chunki, bola 
oilada birinchi hayotiy tajribani o‘rganadi, kuzatadi va o‘zini turli xil vaziyatlarda 
qanday tutish kerakligini o‘rganadi. Bola nimaga o‘rgatilsa, uni aniq, hayotiy 
misollar bilan mustaxkamlash zarur, ya’ni bola kattalar aytgan gaplariga amal 
qilishlari, shaxsan tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi 
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik 
jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq 
bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar 
tizimida uziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida 
boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli 
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. 


[30] 
Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi yoki 
yo‘q qilishi mumkin. Shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhit ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Ijtimoiy muhitning shaxsning shakllanishiga ta’siri tarbiya asosida kechadi. Zero, 
birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, 
mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘lik ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi. 
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham bartaraf etilib, shaxs kamolga 
yetadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish 
mumkin. To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak, 
tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bunday tarbiya doimiy va uzluksizdir. 
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakch o‘ringa ega 
bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har 
tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin