Buxoro amirligidagi mang’itlar sulolasi hukmdorlari (1747-1920 yy.)
Muhammad Rahimbiy – 1747-1758 yy.
Doniyolbiy – 1758-1785 yy.
Amir Shohmurod – 1785-1800 yy.
Amir Haydar – 1800-1826 yy.
Amir Husay – 1826 y. Ikki yarim oy.
Amir Umar – 1826 y. To’rt oy.
Amir Nasrullo – 1826-1860 yy.
Amir Muzaffar – 1860-1885 yy.
Amir Abdullahad – 1885-1910 yy.
Amir Olimxon – 1911-1920 yy
3. Amir Nasrulloxon hukmronligi davrida Buxoro amirligida madaniy hayot Amir Nasrulloxon o`zining ko`p yillik hukmronligi davrida Buxoroni obdonlashtirishga ham e`tibor qaratgan. Nasrulloxon tomonidan va uning davrida Buxoroda Qozi Hasanxo`ja, Olimjonbiy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Modarixon, Aliy Cho`bin, Mirzo Abdulg’affor, Shuningdek Ismoilxo`ja (1829), Tojiddin (1860) madrasalari qurildi, 1855 – yili Xalifa Xudoydod me`moriy majmuasining qurilishi yakunlandi.
Amir saroyida ko`plab tarixchilar va shoirlar yashab ijod qilgan. Bu paytda tarixchi Muhammad Mir Olim Buxoriy (XIX asr) Nasrulloxon faoliyati haqida “Fathnomai sultoniy” (“Sulton fathnomasi”) yoxud “Tarixi sulton Sayyid Amir Nasrulloh” asarini yozgan. Keyinchalik mashhur alloma bo`lib yetishgan yosh Ahmad Donish Nasrulloxonning nazariga tushib, saroyga xizmatga olingan. Muhammad Yoqub Buxoriy ibn Ahmad Doniyol (1771 – 1831) o`zining 1825 – 1831 – yillarda yozgan “Gulshan al – muluk” (“Podshohlar gulshani”) yoxud “Risola” asarida mang’itlar sulolasi tarixini Amir Nasrulloxon davrigacha (1831yilgacha) tasvirlagan. Shuningdek asarda 1826 – yildagi siyosiy voqealar va xitoy – qipchoqlar qo`zg’oloni yoritilgan.
Muhammаd Ya’qub Kenjа ibn Аli Mirzo Buxoriy (tаxminаn 1771 – 1831) o‘z dаvrining yirik tarixchi olimlаridаn bo‘lgаn. U mаng‘itlаr sulolаsining ikkinchi hukmdori Doniyolbiy otаliq (1758–1785)ning o‘g‘lidir. Muhammаd Ya’qub “Gulshаn ul-Muluk” (“Podsholаr gulshаni”) аsаrini yozgаn. Аsаrning birinchi qismidа Buxoroning qаdimiy tarixi, uning hukmdorlаri shаjаrаsi bаyon qilingаn. Ikkinchi qismidа esа, O‘rta Osiyoning XVIII аsr vа XIX аsr boshlаridаgi dаvri tarixi o‘z аksini topgаn. Shu аsrning oxirlаridа Muhammаd Shаrif tomonidаn tuzilgаn vа tarixiy voqealаr solnomаlаrini o‘zidа аks ettiruvchi «Tаdj-аt-tаvorix» аsаri qimmаtli dаlillаrgа boy kitobdir. Kitobdа voqealаr rivoji Shayboniylаrdаn boshlаnib, XVIII аsrning so‘nggi dаvrlаri bilаn yakunlаnаdi. XIX аsrning birinchi yarmidа yozilgаn Muhammаd Ya’qub Kenjа ibn Аli Mirzo Buxoriyning «Fаthnomаi sultoniy» tarixiy аsаridа soliqlаr islohotlаri, Xitoy-qipchoqlаrning qo‘zg‘olonlаri vа 1826 – yildаgi siyosiy voqealаr haqida qiziqаrli mа’lumotlаr berilgan.
“Muntаxаb ut-tаvorix” (“Yilnomаlаr to‘plаmi”) 1843 – yildа tarixchi olim Muhammаd Hаkimxon to‘rа Mа’sumxon To‘rа o‘g‘li tomonidаn yozilgаn tarixiy аsаrdir. Undа pаyg‘аmbаrlаr haqidagi rivoyatlаr, qаdimiy Eron, Аrаb hаlifаligi, somoniylаr, sаljuqiylаr, xorazmShohlаr, mo‘g‘ullаr, temuriylаr vа boburiylаr dаvri tarixidаn qisqаchа mа’lumotlаr berilgan. Аyni zаmondа ushbu kitobdа Buxoro vа Qo‘qon xonliklаrining tashkil topishidan boshlаb XIX аsrning 42 – yillаrigаchа bo‘lgаn dаvr tarixi o‘z ifodаsini topgаn. Mа’sumxon To‘rа o‘g‘li аsаrdа o‘zining Rusiyagа, аrаb mаmlаkаtlаri vа Erongа qilgаn sаyohаtlаridаn olgаn tааssurotlаrini ham hikoya qilаdi. “Muntаhаb ut – tаvorix” аsаri XIX аsrdа O‘rta Osiyodаgi mаvjud ijtimoiy-siyosiy tuzum vа mаdаniyatini o‘rgаnishdа g‘oyatdа muhim mаnbаdir. Аsаrning o‘zbek tiligа tаrjimа qilingаn nusxаsi Аbu Rаyhon Beruniy nomidаgi Sharqshunoslik institutidа sаqlаnmoqdа. Bu dаvrdа bаdiiy ijod bobidа ham ilg‘or vа yirik mutаfаkkirlаr qаlаm tebrаtgаnlаr. Jumlаdаn, o‘zbek vа fors – tojik tillаridа ijod qilgаn Mutribiy “Tаzkirot аsh-shuаro” kitobidа bаdiiy ijod bilаn shug‘ullаngаn 320 dаn ortiq shoir vа yozuvchilаrning nomlаrini tilgа olаdi. Аfsuski ulаrning bosib o‘tgаn ijodiy yo‘llаri to‘g‘risidа yetаrli mа’lumotlаrgа egа emаsmiz.
So’fiy va tarixchi Humuliy (1776 – tahminan 1870) o`zining “Manzumoti tarixiya” hamda “Shoh va gado” asarlarida Amir Nasrullo davridagi siyosiy voqealarni yoritgan. 1836 – 1849 – yillarda yozilgan “Tarixi Humuliy” (“Humuliy tarixi”) asarida u mang’itlar tarixining 100 yillik davrini: 1740 – yildan boshlab to Nasrulloxon hukmronligining dastlabki yillarigacha bo`lgan davrni tasvirlagan.
Tarixchi Mu`in o`zining “Zikri ta`dadi nodiShohoni o`zbek” asarida o`zbek xonliklarining XVI asr boshlaridan to Amir Nasrulloxon taxtga o`tirgan 1827 -yilgacha bo`lgan tarixini yoritgan. Nasrulloxon va birodarlari saroyida xizmat qilgan munshiy va tarixchi Mirzo Shams Buxoriy bo`lsa o`zining “Buxoro, Qo`qon va Qoshg’arning ayrim voqsa - hodisalari bayoni” (Qozon, 1861) asarida ham ushbu davr voqealarini ko`rsatgan. “Muntaxab ut - tavorix” (“Yilnomalar to`plami”) asarining muallifi Muhammad Hakimxon to`ra (XVIII – asr oxiri XIX asr 40 – yillari) ham amir Nasrullo hukmronlik davrida Qo`qon xonligi va Buxoro amirligida yashab ijod qilgan. Muhammad Hakimxon “Muntaxab ut – tavorix” asrida Qo`qon va Buxoro xonliklarini tashkil topishidan 1842 – yilgacha bo`lgan tarixi xaqida ma`lumotlar berilgan.
Mazkur davrda Ahmad Donish nafaqat tarixnavis – balki o`z davrining buyuk faylasufi, shoiri, astronomi, me`mori, matematigi bo’lgan. Ahmad Donishning to`liq ismi – Ahmad Mir Nosir ibn Yusuf al – Xanifiy as Siddiqiy al –Buxoriy bo`lgan. Ko`pgina manbalarda 1827 – yilda tavallud topganliklari qayd etiladi. Sadriddin Ayniy o’z “Esdaliklar” ida Ahmad Donishni : “1826 – yilda Buxoro shahrida Mulla Mir Nosir xonadonida tavallud topdi” deb ta’kidlaydi. Ahmad Donishning otasi Mulla Mir Nosir Buxorodagi kichik madrasalardan birida dars berardi. Ahmad Donish va u bilan bog’liq ma’lumotlar Sadriddin Ayniy “Esdaliklar” kitobining “Ajoyib odam” qismi alohida o’rin egallagan.
Jumladan, Bu odam novcha bo`yli bo`lib, oddiy odamlar kiyganda yerga tegadigan podShohlik banoras choponi uning tizzasidan kelardi. Bu kishining gavdasi to`liq bo`lganidan bo`yining novchaligi uncha sezilmas va bir qarashda o`rta bo`yli odamlarday ko`rinardi. U odamning boshi haddan ortiq katta bo`laganidan unga “Kalla” degan laqab bergan ekanlar. Odamlar uni “Ahmad Mahdum”, “Ahmad Mahdumi Donish”, “Ahmad Mahdumi Muhandis”, “Ahmad Mahdumi munajjim” yoki butunlay qisqartirib Ahmad Kalla deb yuritar ekanlar. Ammo o`zini hazil bilan “Ahmadi Porina” (o`tgan yilgi Ahmad) deb va “Odamlar meni ne desalar desinlar, men hamon Ahmadi Porinaki budam, hastam” (Men o`sha bulturgi Ahmadman, hozir ham o`shaman) der ekan. Mazkur fikrlarni davom ettirib, “Bu kishining qo’lida ruscha xassa (palka) bor edi. Palkalar odatda o’rta bo’yli odamlarni nazarga olib yasalganidan, u palka novcha odamga birmuncha qisqalik qilar va u yo’l yurganda qaddi palka tutgan quli tomonga qarab bir oz egilardi. Bu odam sallona-sallona viqor bilan qadam bosib madrasa darvozasidan kirganda, miyonsaroyda o’tirgan madrasa kattalari joylaridan turib, qo’l qovushtirib ta`zim bilan u odamga salom berardilar” – deb ham ta’kidlab o’tadi.
Ahmadning onasi o’z uyida qishloq qizlariga otinoyilik qilib saboq bergan. Bu haqda A.Donish: “Maktabga borishimdan oldin oilamizdagi boshqa bolalar qatori opamdan alifboni o’rgandim, o’qish va yozishni hatto qo’shiqlarni tartibga solishni o’rgandim. Loyshuvoq devorga qalam bilan geometriya shakllarini solganimni aniq, eslayman” deb qayd etib o’tgan.
Donishning otasi o’z o’g’lini Qur`oni Karimning bilimdoni va hofizi bo’lishini istab u 9 yoshga to’lganda musulmon maktabiga o’qishga bergan. Ahmad bolaligidan tili tutilib gapirganligi uchun Qur`oni Karimni yodlashga qiynalgan, Shunday bo’lsa-da, uch yilda u bu mukaddas kitobni yod bilgan. Bu haqda keyinchalik Ahmad Donish o’zining “Risola dar nazmi tamaddun va taovun” asarida: "Qur`oni Karimni yodlashdan men uncha xursand emas edim: bir qismini qiynalib yodlagach, ikkinchi qismiga o’tar edim. Ba`zan erinchoqligim sababli bir qismini bir varaq qog’ozga yozib olib, domladan yashirincha o’shandan o’qib berardim. Nima bo’lganda ham, men ko’nglimdagi o’jarlikni sug’urib tashlay olmadim va nihoyat katta qiyinchilik bilan Qur`oni Karimni uch yilda o’zlashtirib oldim. Albatta, Qur`oni Karimdek muqaddas kitobni uch yilda yodlab olish uchun ham katta iqtidor egasi bo’lish kerak.
Ahmad Donish ilk ta`limni onasidan o`rgangach, 1836 - 1841 yillar oralig’ida o`g’il bolalar maktabida o`qiydi. 1841 – yildan boshlab madrasada tahsilni davom ettirgan. Mazkur davrda madrasa ta’limi 16 - 19 yil davom etgan. Shundan 8 yili arab grammatikasini o’rganish, qolgan 11 yil esa islom dini ruxsati bilan tabiiy fanlar, ritorika, mantiq o`qitilardi. Ahmad Donishning madrasa yillari sermahsul bo’ldi, bilimga chanqoq talaba madrasada diniy - islomiy fanlar bilan birga matematika, geometriya, astronomiya, musiqa, falsafa va tarix ilmlarini mustaqil o’rgandi. Madrasa mudarrislarining unga berayotgan ta`limi uni qoniqtirmas, u Buxoro shahrida yashasa ham ota-onasi bilan o’z hovlisida turmas, otasi ijaraga olib bergan hujrada tunu – kun kitoblar ustida ishlar edi. Madrasa ta’limi xususida Ahmad Donish Shunday yozadi: “Buxoro madrasalarida maktab talabasi uchun kerakli fanlarni o`qitish yomon darajada bo`lgan. Dars berish usullari ham eskirgan edi”.
Madrasada o‘qib yurgan chog‘ida Ahmad Donish mustaqil ravishda handasa (geometriya) va ilmi nujum (astronomiya) kabi fanlarni chuqur o‘rgana boshlaydi. Shuningdek Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom, Navoiy, Fuzuliy, Bedil va boshqa mutafakkirlarning asarlarini qunt bilan mutolaa qiladi. Sharq xalqarining ma’naviy hayoti hamda tarixini chuqur o‘zlashtirgan olim bo‘lib yetishadi. Qomusiy bilimlar sohibi bo’lish ishtiyoqi kuchli bo’lgan Donish o’tmish va o’z davrining shoirlari, faylasuflari va umuman sharqning buyuk mutafakkirlarining asarlarini chuqur o’rgandi. Keyinchalik Ahmad Donishning o`zi ham shu madrasalardan birida hujra olib o`quvchilarga ta`lim berardi. Madrasa hujralarida ilm-fan bilan shug’ullanib shu qadar kuchli bilimga ega edilarki, hatto hozirgi texnika namunalari bo`lmagan davrdayoq tabiat hodisalarini o`rganib, osmonda kuzatilishi mumkin bo`lgan hodisalarni oldindan aytib berardilar. Bu so`zlarning isbotini Sadriddin Ayniy “Esdaliklar” ida ko`rishimiz mumkin: “Bu kecha falon soat, falon daqiqada oy tutiladi, falon daqiqa davom qiladi, so`ngra ochila boshlaydi. Falon soat, falon daqiqadan keyin butunlay ochiladi. Kimda kim tabiatning bu hodisasini o`z ko`zi bilan ko`rmoqchi bo`lsa, ma`lum soatda madrasa tomiga chiqsa, buni o`z ko`zi bilan ko’radi – deb o`tib ketdi”.
Haqiqatdan ham Ahmad Donishning buyuk olimligi, yulduzlar va umuman osmoniy jismlar harakatini kuzatish asosida aniq matematik hisob-kitoblar bilan oyning tutilishini oldin bashoratnamo aytib berishi, shak-shubhasiz bu XIX asr Buxorosi uchun juda katta voqea edi.
O’z navbatida, XIX asr o`rtalarida Buxorodagi madaniy hayotga kengroq nazar tashlaydigan bo’lsak, birinchi navbatda shu davrda yashab faoliyat yuritgan kishilarning yozib qoldirgan ma’lumotlari alohida ahamiyatga egadir. Bu davr tarixini tushunishda Ahmad Donishning asarlari juda qo’l keladi. Ahmad Donishning XX asr 50 – yillari o’rtalarida amir Nasrulloxon saroyida bosh hattot va rassom sifatida ish boshlagan. 1870 – yilda adolatli davlat haqidagi mos kelmaydigan xizmatini ixtiyoriy tark etadi.
Ahmad Donish 30 yoshligidayoq ya’ni 1857 – yilda u ilk marta Rossiyaga safar qilib Buxoro amirligi taraqqiyot sohasida Yevropa mamlakatlaridan naqadar orqaga qolib ketganidan iztirob chekdi. Shundan keyin 1869 - 1873 – yillarda qilgan takroriy safarlari natijasida rus hukmdorlari saroyidagi hayot, davlatni boshqarish usullari bilan chuqur tanishdi, bir vaqtlar inson sivilizatsiyasining makonlaridan biri bo’lgan Buxoroi Sharifni qoloqlik botqog’idan chiqarish yo’llarini izladi. Shunday izlanishlar jarayonida u “Nodir voqealar” va “Buxoro amirlarining tarjimai hollari” asarlarini yaratib, ularda chinakam adolatparvar hukmdor kim bo’lishi mumkinligi va u mamlakatni qay tarzda boshqarganda iqtisodiyot va madaniyat gullab – yashnashi to’g’risidagi g’oyalarni ilgari surdi. Uning fikricha, agar podShoh hamma sohada odil siyosat yurgizsa, hunarmandchilikni rivojlantirib, savdo-sotiqqa keng yo’l ochib bersa, xalqning hayoti farovon bo’ladi. Bunday siyosat yurgizish uchun esa hukmdor birinchi navbatda aqlli bo’lishi lozim. Ahmad Donish XIX asrning 70 – yillaridan to amir Muzaffar vafotiga qadar, uzoq G’uzor va Norpay viloyatlarida qozi bo’lib ishlaydi. U “Navodir al vaqoe” (Nodir voqealar) asarida mavjud tuzumga o’z munosabatini bildiradi va Buxoro xonligida davlat boshqaruvi islohotini taklif etadi. Xususan, uning “Risola” nomi bilan tanish bo’lgan “Risolai tarixi amiron mang’it” (Mang’it amirlari tarixi haqida risola) nomli mashhur asarida mamlakatning yorqin tasviri berilgan bo’lib, boshqaruv tizimi bayoni, xalqlarning ahvoli, Rossiya bilan urush masalalari yoritilgan. Ahmad Donish amir Doniyoldan to Abdulahadgacha bo’lgan (amir Shohmuroddan tashqari) barcha Buxoro amirlarini davlat va uning fuqarolari farovonligi yo’lida emas, balki faqat o’z shaxsiy manfaati yo’lida qayg’urgan qobiliyatsiz hukmdorlar sifatida tavsiflaydi. “Ular – deb yozadi u, - nima topishsa, o’shani olib qo’yishar, beva-bechoralar shamchirog’idagi olovdan tortib, vaqf omboridagi g’allagacha o’g’irlashar, qorin g’ami va quvonchu xursandchiliklariga xizmat qilsa bo’ldi edi. Hech kim qarshilik ko’rsatishga jur’at etmasdi. Amirlar va hokimlar orasida qimorbozlik, mayxo’rlik va buzuqchilik avj oldi, dehqon va hunarmandlarda esa shafqatsizlik, ezish, soliqlar va aminona, vakilona kabi yig’imlar serobligidan na turish, na yurishga hol qoldi”. Mana Shunday hayotdan misollar keltirib, yozadi: “Agar biror beva bozorga bir to’p ip olib kelsa, uni 3 fulusga (mahalliy tanga) sotsa, shundan ikki fulusini amin olib qo’yadi, agar biror kishi bir bog’lam o’tinni uch dirhamga sotsa, shundan ikki qismi amin ulushi bo’ladi”.
Ahmad Donish nafaqat o`z davrining faol jamoatchisi, tabiiy ilmlar sohibi, balki juda mashhur falsafiy, tarixiy, asarlar muallifi hamdir. Ahmad Donish 16 ta kitobning muallifi hisoblanadi. Uning “Navodir ul-vaqoe” (Nodir voqealar), “Tarjimai aholi amironi Buxoro” (Buxoro amirlarining tarjimai hollari), “Meyori tadayyun”, “Risola fi amal ar-hurra” (Globusdan foydalanish yo`llari), “Resolai dar nazmi tamaddun va taovun” (Madaniyat va o`zaro ko`maklashish tartibi haqida risola) asarlari xalqimiz ma`naviy merosining nodir namunalari hisoblanadi.
Nasrulloxon saroyida ma`lum muddat iste`dodli shoir Junaydullo Hoziq ham yashagan va ijod qilgan. Hoziq o`zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Uning o`zbek va tojik tillarida yozilgan 354 she`ri bugungi kunda Rossiya FA S.Peterburgdagi Sharqshunoslik institutining bo`limida №470 s raqam bilan saqlanadi. Xoziqning tojik tilida yozilgan “Yusuf va Zulayxo” dostonining yetita qo`lyozma nusxasi bizgacha yetib kelgan.
Shuningdek Xoziqning tibbiyotga oid asarlari ham mavjud. Keyinchalik amir Nasrulloxon va Xoziq o`rtasidagi munosabat yomonlashgan. Mushrifning yozishicha, Amir Nasrulloxon Qo`qondan Buxoroga qaytishida, Buxoroga yaqinlashib qolgach, o`z nadimi hisoblangan Junaydullo Hoziqqa g’alaba bilan tugagan o`z safari to`g’risida bir fard bayt aytishni so`raganida, Hoziq ushbu mazmundagi forscha baytni o`qiydi: “O`z haddingga la`natlardan shuiday bir libos tikib kiydingki, u libos ustingda qiyomatgacha qoladi”. Qo’qonlik tarixchi Mirzaolim Mushrif o`z asarida amir Nasrulloning shu paytdagi holatini quyidagicha tasvirlaydi: “Amirning ziyoda jahli kelib, rangida qatra qon qolmadi”. Shunday bulishiga qaramasdan, Amir Nasrullo tili zaharxanda shoir Hoziqqa dastlab hech qandai jazo choralarini ko`rmaydi. Hoziq Buxoroga qaytgach, o`sha kuni kechqurun Shahrisabzga qochib ketadi. Uni Shahrisabz hokimi Xo`jaqulbiy o`zpanohiga oladi. Amir Nasrulloxon shoirning gunohidan kechganligi to`g’risida Shahrisabzga inoyatnoma va uch marotaba ahdnoma bitib, maxsus odam yuborganida ham Hoziq Buxoroga qaytmaydi. Hoziq Shahrisabz kenagaslari ichida yashab, markaziy hokimiyat va Amir Nasrullxonoga qarshi turli fikrlarni yuritadi. Nihoyat, sabr – kosasi to`lgan Amir Nasrulloxon 1843 – yili Dushaboy degan o`g’rini zindondan chiqarib, unga Hoziq va eshon Shofe`ni o`ldirish vazifasini yuklaydi. Dushaboy Shahrisabzga borib, qirq nafar mirshab qo`riqlayotgan Hoziq Maxdum va eshon Shofe`ni 1843 – yil yozida bir tadbir bilan o`ldirib, Buxoroga qaytadi. Buning evaziga Amir Nasrulloxon Dushaboyni banddan xalos qilib, unga turli in`omlar beradi.
Rus musavviri Belousov tomonidan chizilgan Amir Nasrulloxonning surati Buxoroda 1841 – 1842 – yillarda K. Butenovning josuslik missiyasi tarkibida bo`lgan rus sharqshunosi N.V. Xanikovning“Buxoro xonligi tarixi”(Opisaniye Buxarskogo xanstva. – Sankt – Peterburg, 1843) kitobida e`lon qilingan. Bu surat Buxoro amirlarining musavvir tomonidan chizilgan dastlabki surati sifatida tarix sahifalarida saqlanib qolgan.
Xulosa sifatida shuni qayd etish mumkinki, amir Nasrulloxon hukmronligi davrida Buxoro amirligi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan ham yuksalgan. Buxoro, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz shaharlari iqtisodiy va madaniy markazlarga aylangan. Amirlikning poytaxti Buxoro ilm-fan markazi sifatida tanilgan. Poytaxt Buxoroga O`rta Osiyoning turli hududlaridan ilm-fan vakillar kelgan va samarali ijod qilganlar. Amr Nasrulloxon ham shahsan o’zi madaniyatga xomiylik qilgan.