O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanidan O’quv-uslubiy majmua namangan – 2018


MAVZU: O’ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI FANIGA KIRISH. FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə2/70
tarix05.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#152439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Мa`ruza matnlari-fayllar.org

MAVZU: O’ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXI FANIGA KIRISH. FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI.
Ma’ruza rejasi:


  1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixiga kirish.


2. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari.


Mavzuning o’quv maqsadi: Talabalarga O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti, maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlar berish.
Buyuk yo‘lboshchimiz Islom Karimov: «Shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishi, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi zarur»ligini qayd qilgan edi. Madaniy taraqqiyot inson ma’naviy kamolotining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanib, mamlakat ravnaqi har bir fuqaroning ongliligiga, ularning madaniy-tarixiy boyliklarini yaratish, saqlash va rivojlantirish jarayonlariga bo‘lgan munosabatlariga har tomonlama bog‘liqdir.

Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev shunday qayd qildi: «Har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa xaqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi».


Ta’kidlash joizki, madaniy-tarixiy taraqqiyot nihoyatda murakkab hisoblanib, uning ichki mohiyatini ham moddiy, ham ma’naviy madaniyatlar tashkil etadi. Ularning o‘zaro aloqasi hamda mavjudlik shakllarini anglab etish uchun madaniy taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, rivojlanish bosqichlari va o‘lchovlarini aniqlash, shuningdek madaniy hodisalarning o‘zaro aloqasi, madaniyatning ijtimoiy taraqqiyotdagi vazifalari, o‘rni va roli, madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari to‘g‘risida muayyan bilimga ega bo‘lish talab etiladi.
Mamlakat Birinchi Prezidentining: «Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz»,–degan fikrlarida juda katta mantiq va ma’no bor.
Biroq, sovet mustabid tuzumi sharoitida o‘zbek milliy madaniyati haddan ortiq darajada zarar ko‘rdi. Barcha mustamlakachilar kabi kommunistik mafkura maddohlari ham o‘zbek xalqini qul qilish uchun, eng avvalo, xalqimizning milliy madaniyatini yo‘q qilishga zo‘r berdilar!
Taniqli olim A.Mavrulov shunday ta’kidlagan edi: « o‘zbek xalqi katta yo‘qotishlarga qaramasdan, o‘zligini, o‘z milliy madaniyatini muayyan darajada saqlab qola bildi. Bunga uzoq va yaqin tarix guvoh. Endigi vazifa ma’naviy hayotdagi barcha yo‘qotishlarning o‘rnini qoplashdan iborat bo‘ldi. O‘zbek xalqi ana shu yo‘ldan bordi, o‘z milliy tarixiy, madaniy merosiga sodiqligini ko‘rsata oldi. Bu esa mustamlakachiliklar davrida yo‘qotilgan, toptalgan madaniy merosni tiklash, o‘zligini anglashga bo‘lgan rag‘batni uyg‘otdi».
O’zbekiston madaniyati va san’ati fani milliy g‘oya va mafkura ta’limoti asosida yangicha fikrlash, xalqimizning tarixiy ongi va tafakkurini mustahkamlash hamda ichki ishlar organlari xodimlarining vatan-parvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish hamda rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Hozirgi davrga kelib globallashuv ijtimoiy hamda madaniy, siyosiy va milliy jarayonlarni to‘la qamrab oldi. Dunyoning barcha davlatlari va xalqlari o‘zaro ijtimoiy munosabatlarning kengayib borishi natijasida ularning ta’sir doirasi yanada kuchaymoqda. Shuning uchun ham O’zbekiston madaniyati va san’ati fani madaniy globallashuv, ilm-fan, madaniyat, ta’lim-tarbiya, axloq, mafkura va din sohalaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq o‘ta murakkab jarayonlarni ifoda qiladi. Uning ziddiyatli va murakkabligi shundaki, madaniy globallashuv jarayonida madaniyat, ilmiy-texnika taraqqiyoti yanada kengayib, milliy chegaralarni buzib yuborayotgani, yangi axborot texnologiyasi ta’siri, madaniy qadriyatlar almashinuvi kabi hodisalarning rivojlanishi davlatlar va millatlar madaniyati hamda madaniy taraqqiyot yo‘nalishlarini o‘zgartirib yubormoqda. Oqibatda global axborot tizimi orqali milliy mohiyatga ega bo‘lmagan «ommaviy madaniyat»ning tarqalishi, an’anaviy milliy madaniyat va turmush tarzining o‘zgarishiga olib kelishi tabiiy holdir.
Insoniyat tomonidan yaratilgan har bir fanning o‘z predmeti, rivojlanish qonuniyatlari, maqsad va vazifalari mavjuddir. Chunki har bir fan tabiat, jamiyat, shuningdek er kurrasidagi ma’lum bir soha yoki yo‘nalishlarni inson idroki va salohiyati darajasida tadqiq etadi, olingan natijalarni jamiyat rivoji va barqarorligini ta’minlash uchun tatbiq qiladi. Ya’ni, O’zbekiston madaniyati va san’ati fani ham o‘ziga xos va mos bo‘lgan predmeti, rivojlanish qonuniyatlari, maqsad va vazifalarga egadir. Mazkur fan – jamiyatning shu sohadagi madaniyat mahsuli, ijtimoiy hayotning eng muhim jabhalarini tashkil etadi.
Madaniyatsiz jamiyat bo‘lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘lolmaydi. Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida madaniyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u jamiyat avlod-ajdodlarining mehnati va bilimlarini shakllantiradi hamda rivojlantirgan holda doimiy ravishda boyitib boradi. Shu bois madaniyat ijtimoiy hayotning vorisligi bo‘lib, milliy qadriyatlarning muhim omillarini kelgusi avlodlarga etkazib berish bilan bog‘liq jihatlarni ifodalaydi.
O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi kursi madaniyatimizning rivojlanish umumiy qonuniyatlarini o`rgatadi. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanining predmeti O’rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi zamonlardan to xozirgi kunlargacha bosib o`tgan uzoq va murakkab tarixiy yo`lini, madaniy va ma`naviy hayotini xolisona o`rganish va tushuntirishdan iborat. Mazkur kursning asosiy vazifasi insonning tabiat va jamiyat bilan birgalikdagi faoliyati hamda kishilarning ma`naviy turmushiga oid barcha jarayonlarni tadqiq qilishdan iborat.
Madaniyat-insonlardan ijodiy faoliyat tufayli yaratilgan moddiy va ma`naviy boyliklar majmuasiga aytiladi. Madaniyat atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotida rang-barang ma`noni anglatadi. U lotincha ishlov berish, parvarish qilish, ma`nosini anglatsa, keyinchalik ma`rifatli bo`lish, tarbiyali, bilimli bo`lish mazmunida ishlatiladi.
Qadimgi Rimda esa madaniyat tushunchasi «hayotni ma’naviy jihatdan yanada yaxshilash va tozalashga qaratilgan g‘amxo‘rlik» degan ma’noda foydalanilgan. Demak, madaniyat shaxsning tarbiyalanganlik, ma’rifatlilik darajasini belgilagan. O`zbek tilida ko`p ishlatiladigan “madaniyat” atamasi arabcha “madaniy” – “shaharlik” degan ma`noni anglatadi. Madaniyat insonni to`la qonli faoliyati “Inson tomonidan yaratilgan muhit”, “Insoniyat yaratgan moddiy va ma`naviy qadriyatlar majmuidir”. Madaniyat tushunchasi XX asrga kelib ijtimoiy va gumanitar fanlar tizimidan o`rin oldi. Arablar kishilar hayotini ikki turga bo‘lib, birinchisini badaviy (sahroyi) turmush, ikkinchisini madaniy turmush deb atashgan. Madaniylik shaharda o‘troq holda yashab, o‘ziga xos turmush tarziga ega aholiga, ya’ni Madina shahrida yashaganlarga nisbatan ishlatilgan. Madinaning to‘liq nomi Madinat-Rasululloh, ya’ni Payg‘ambar shahri hisoblanib, obodonchiligi, ko‘rkamligi bilan Arabistondagi aholi yashaydigan boshqa manzilgohlardan ajralib turar edi. Madina Makkadan keyin musulmonlar ibodat qiladigan eng yirik shahar bo‘lgan. Shu tariqa madaniyat so‘zi Madina shahri nomi bilan, demak islom dini bilan bog‘liq tarzda paydo bo‘lgan. Darvoqe, «madaniyat» tushunchasi xilma-xil talqinga qaramay qadim-dan hozirgi kungacha o‘z mohiyatini yo‘qotmagan. Taniqli faylasuf va madaniyatshunos V.M.Rozinov iborasi bilan aytganda, «qancha yirik madaniyatshunos bo‘lsa, shuncha nazariyalar, tushunchalar mavjud bo‘ladi». Darhaqiqat, E.Teylor zamonida madaniyatning 7 ta ta’rifi bo‘lgan, 1950 yillarda uning soni 150 taga, hozirgi kunda esa 400 taga etdi.
Insoniyat jamiyat doimiy raqvishda rivojlanishda bo`lib, o`zgarib takomillashib boradi. Turli tarixiy davrlarda xilma xil madaniyatlar mavjud bo`lib, insonlar dunyoning o`zgacha anglagan va qabul qilgan. Madaniyat jamiyatning mahsuli ijtimoiy hayotining muhim jabxalaridan biri. Madaniyatsiz jamiyat bo`lmagandek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida bo`lmaydi. Jamiyat madaniyatni vujudga keltiradi. Jamiyat boyib borsa, madaniyat ham yuksaladi. Alohida bir shaxsning alohida madaniyati bo`lmaydi. Shaxs muayyan jamiyatdagi madaniy muhitda yashaydi va madaniyati shaqllanadi.
Madaniyat va san’at evolyusiyasi, bir tomondan, va O‘zbekiston davlatchiligining rivojlanishi ikkinchi tomondan, bu tarixiy jarayonning uzluksizligi izchilligi va o‘zaro shartlanganligi haqida guvohlik beradi. Tarixiy rivojlanish jarayonida mafkuraviy «funksiyaning roli ortib boradi va yangi davrga kelib davlat qurilishi uning ma’naviy negizini tashkil etuvchi eng muhim jihatini belgilagan holda etakchilik qiladi.
Madaniyatning muayyan ko‘rinishi davlatchilik rivojining ma’lum bosqichiga muvofiq keladi. Mavjud ma’lumotlar tahlili davlatchilikning rivojlanishi ma’nosida O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixida bir qancha davrlarni ajratish imkonini beradi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin