Sakkizinchi davr - XIX oxiri va XX asr Turkistonning Rossiya davlati tomonidan mustamlakaga aylantirilgan va totalitar davlat davri madaniyati va san’ati
Sakkizinchi davr - XIX oxiri va XX asr Turkistonning Rossiya davlati tomonidan mustamlakaga aylantirilgan va totalitar davlat davri madaniyati va san’ati XIX asr keyingi asr estetika va san’atini tubdan o‘zgarishiga zamin yaratdi. XX asr san’ati umumiy ko‘p asrlik O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixining uzviy bo‘g’inlaridan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda bu davr badiiy madaniyati oldinga bosqichlar san’atidan keskin farq qiladi. Teatr, rangtasvir, haykaltaroshlik, opera va balet, simfonik musiqa va kompozitorlik, kinematografiya va televidenie singari san’atning yangi noan’anaviy evropacha shakllari yuzaga keladi va rivojlanadi. O‘tgan asrda O‘zbekistondagi badiiy jarayon murakkab va xilma-xil bo‘lib, ichki jo‘shqinlikka, davriy xususiyatlarga boy edi.
Bir tomondan bu vaqtda shafqatsiz stalincha qatag‘onlar, sotsialistik realizm aqidalarining singdirilishida qoralangan siyosatning san’atga keskin salbiy ta’siri kuzatiladi. Milliy-tarixiy o‘z-o‘zini anglashning tabiiy ko‘rinishlari bilan kurash davom etadi, unga hokimiyat o‘tmishni adovatli ilohiylashtirish deb qaradi. Shu bilan birga chindanam mashhur me’morlarimiz, rassomlarimiz, aktyorlarimiz, rejissyorlarimiz, bastakorlarimizning daholari yorqin o‘z ifodasini topdi, ular nafaqat milliy, balki butunjahon san’ati tarixiga kirdilar.
Bu davr ijtimoiy davlat xarakteridagi o‘zgarishlar me’morchilik va shaharsozlikda o‘zining eng yorqin tajassumini topdi. XIX asr oxirida Turkistonda mustamlaka me’morchiliga deb nom olgan uslub tadbiq etiladi, u mintaqa shaharlari qiyofasini shahar madaniyatini evropalashtirilishiga asos soldi. XX asrda bu jarayon sovet hokimiyatining totalitar tuzumi o‘rnatilishi oqibatida faollashdi-me’morchilikning ijtimoiy-funksional va badiiy obraz yo‘nalishi o‘zgaradi. Sanoat-ishlab chiqarish, ma’muriy, madaniy-ma’rifiy va turarjoy binolarining yangi namunalari paydo bo‘ladi, ularning mafkuraviy konsepsiyasida ijtimoiy tenglik g‘oyasi yotadi, u aksar hollarda buzib talqin etilgan va ko‘pincha nursiz me’morchilik namunalari yaratilishiga sabab bo‘lgan. Bu davrning ijobiy tajribasidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Sovet imperiyasining mudhish ko‘rinishlariga qaramasdan bu davrda, ya’ni 1924 yilda respublikamizning tashkil etilishi eng muhim voqea bo‘lgandi, natijada O‘zbekistonning hozirga davlat-hududiy tuzilishiga asos solindi. Bu davr madaniyati va san’ati tarixiy jihatdan shakllantirilgan, o‘z davlatchiligiga hamda asr oxirida o‘zining to‘la mustaqilligiga erishgan o‘zbek millatining estetik g‘oyalari va badiiy intilishlarini aks etgiradi.