O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanidan O’quv-uslubiy majmua namangan – 2018


Oltinchi davr - XIV-XVI asr boshi Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə5/70
tarix05.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#152439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Мa`ruza matnlari-fayllar.org

Oltinchi davr - XIV-XVI asr boshi Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati
Amir Temur va vorislari saltanati yuzaga kelishi va rivojlanishi jahon madaniy taraqqiyotida favqulodda madaniy-tarixiy voqelik hisoblanadi. Temuriylar saltanati doirasidagi davlat tuzilmalari hozirgi O‘zbekiston hududlari doirasidan uzoq-uzoqlarga chiqib ketadi. Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san’at o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi va haqli ravishda Temuriylar renessansi deb ataladi. Aynan shu vaqtda san’at kuchli davlat tomonidan homiylikning yorqin timsoli va bir vaqtning o‘zida qudratli saltanat falsafasining ifodachisi sifatida maydonga chiqadi. «Imoratlarimizga qarang-da, qudratimizga tan bering». Temuriylar sulolasi vakillari islom aqoidlariga qattiq e’tiqod qo‘ygan bo‘lsa-da, san’atdaga dunyoviylik o‘zining ancha yaqqol ifodasini topgan. Madaniyat va san’atning etakchi sohalari-me’morchilik, hunarmandchilik va mitti suratlar davlatning qudratli g‘oyalarini va uning fan, ma’rifat va san’at sohasidagi etakchi rolini ifoda etadi. San’at va hunarmanchilik rivojlangan davlat tizimining eng muhim ko‘rsatkich va belgisi hisoblanadi.
Ettinchi davr - XVII-XIX asr boshi. O‘zbek xonliklari madaniyati va san’ati.
O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixida bu davr barqaror bo‘lgan, ammo biron muhim va yorqin yutuq ham ko‘zga tashlanmagan. Movarounnahr hududlarida Xiva, Buxoro, Qo‘qon xonliklari yuzaga keladi, lekin ularning san’ati oldinga davrlardan yuksaklikka ko‘tarilmagan. Ularning o‘zaro ayrib qolishi badiiy jarayonlarning hududiy tangligiga olib keldi. Faqat amaliy san’atgina nisbatan barqaror rivojlanadi, an’anaviy uslub va texnologiyalarga asoslangan usta hunarmandlar bu davrda sopol, suyak, toshdan noyob buyumlar yaratishadi. Buxoro, Xiva, Samarqand, Farg‘ona vodiysi shaharlari va O‘zbekiston janubining bozorlariga turmushda keng qo‘llaniladigan xalq hunarmandlarining rango-rang mahsulotlari chiqarilgan. Ustalarning buyumlarida Xitoy, Eron va Rossiya badiiy an’analari izlarini payqash mumkin. Bu vaqtda badiiy hunarmandchilikning asosiy maktablari va markazlari yuzaga keladi, ular o‘z ahamiyatini saqlab, XX asr san’atining umummilliy uslubiga asos solgan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin