Mustaqil O'zbekiston badiiy madaniyati
Amaliy san'at. Mustaqillik yillarida an'anaviy madaniyatga e'tibor kuchayib, O'zbekiston Prezidenti farmoni bilan bir qator yangi korxonalar vujudga keldi. 1997-yil «Musavvir» llmiy-tekshirish markazi qoshida «Hunarmand» Assotsiatsiyasi tashkil qilinib respublikadagi turli hunarmandchilikda ijod qilib kelayotgan ustalarni qamrab oldi. Bugungi kunda an'anaviy hunarmandchilikning yo'qolish arafasida turgan turlarini, mahalliy markazlarini tiklash jarayoni ketyapti. Hozirgi kunda badiiy kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, zardo'zlik, an'anaviy to'qimachilik, kashtachilik, gilamdo'zlik, do'ppichilik, yog'och va ganch o'ymakorligi, naqqoshlik kabi turlar juda rivojlangan. Yetakchi kulollar A.Rahimov, S.Otajonov. Sh.Yusupov, R.Usmonov, A.Isoqov, Narzullayevlar, R.Zuhurov; kandakorlar M.Madaliyev, D.Holidova, G.Rahmatova, U.Aliyev, O.Umarov; zargarlar F.Dadamuhamedov, G.Yo'ldosheva, G.Tosheva; ganchkorlar M.Murodov, X.Abdullayev, A.Muxtorov; yog'och o'ymakorlar S.Xo'jayev, M.Ibrohimov. O.Fayzullayev, A.Azlarov, S.Rahmatullayev; zardo'z B.Jumayev; kashtachi ZObloberdiyeva va boshqalar samarali ijod qilmoqdalar.
Mustaqillik davrida noan'anaviy amaliy bezak san'at turlari ham rivojlanib kelyapti. Masalan, toshkentlik kulol N.Qo'ziyevaning asarlari shu uslubda mo'jazgina ishlangan. O'zbekiston zargarlik maktabining vakillari orasida E.Gostyev, U.Xolmurodov, A.UIumbekovalar hozirda zamonaviy, noan'anaviy yo'nalishda ijod qilmoqdalar.
Tasviriy san'at. Mustaqillik davri rangtasvir san'ati turli-tuman uslublar ko'lamining kengligi bilan farqlanadi. Akademik realizm, dekorativizm, milliy romantizm, abstraksionizm, instalyatsiya ko'rinishlari ko'p jihatdan ijodiy dunyoqarashning kengayishidan dalolat beradi. 1997-yilda O'zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi tasviriy san'atning turli sohalarini rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Mustaqillik davrida tasviriy san'atning turli sohalari va janrlari rivojlanib bordi. Masalan, ushbu davr haykaltaroshligida, asosan, tarixiy siymolar gavdalandi va ularning soni ko'payishi barobarida uslub jihatlarining yangilanishi ham bir qator asarlarda ko'zga tashlandi. A.Rahmatullayev, L.Ryabsev, F.Jabborov, R.Mirtojiyev, J.Kuttimurodov, K.Norxo'rozov kabi haykaltaroshlar mahobatli, A.Xotamov, E.Esanov, S.Sharipov kabi rassomlar esa dastgohli haykaltaroshlikni rivojlantirishga harakat qilishdi.
Mustaqillik yillarida uslubiy jihatdan o'ziga xos rassomlar guruhi shakllandi. Rassomlar ijodida jiddiy emirilishlar sodir bo'lmoqda. Yangi plastik izlanishlarda ertagu dostonlar, xalq og'zaki ijodiyoti, turli xil rasm-rusum va marosimlar bilan bog'liq belgilar hamda ramzlar ular rangtasvirining yangi bosqichini belgilab berdi, Ushbu davrda serqirra ijod qilgan rangtasvirchilardan R. Ahmedov, N. Qo'ziboyev, R. Choriyev, M. Nabiyev, A. Ikromjonov, B. Jalolov, S. Raxmetov, A. Mirzayev, N. Shin, V. Oxunov, J. Umarbekov, S. Alibckov, A. Isayev, J. Usmonov, N. Shoabdurahimovlarni keltirib o'tishimiz mumkin.
Bu davrdagi mahobatli san'atning rivojlanishi ijodiy erkinlik, badiiy merosimizni boy an'analariga murojaat qilish bilan bog'liq. Yangi ma'muriy-ijtimoiy inshootlar, ko'hna binolarni qayta ta'mirlash hamda yangi shahar ansambllarini barpo etish ishlarining jadallashib ketishi bilan mahobatli rangtasvirchilar ijod vositalarining yangi imkoniyatlarini qidirib topishga bo'lgan yondashuvlari sezilarli darajada faollashdi. Mahobatli san'at sohasida ijodiy izlanishlar olib borgan rassomlardan A. Aliqulov, O. Xabibullin, «Sanoyi-nafisa» guruhi, A. Buxorboyev, A. Axmedshin kabi rassomlarni aytishimiz mumkin.
Mustaqillik yillari ko'plab tadbirlar. xalqaro ko'rgazmalar, ko'rik-tanlov, festivallar o'tkazish an'anaga aylandi. 2001-2003-yillardan uyushtirila boshlangan Toshkent Xalqaro Badiiy ko'rgazmasi ham katta ahamiyatga ega. Ko'rgazmada o'zbekistonlik rangtasvir ustalari bilan birga dunyoning ko'plab mamlakatida ijod qilayotgan taniqli mo'yqalam ustalari o'z asarlari bilan qatnashishdi. Xalqaro anjumanda san'at tanqidchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari, AQSH, Fransiya, Yaponiya, Koreya, Misr, Shveysariya, Germaniya, Rossiya, Qozog'iston, O'zbekiston, Turkmaniston, Estoniya, Gniziya, Qirg'iziston va boshqa mamlakatlar rassomlari ishtirok etishdi. Shuningdek xorijlik san'atshunoslar, olimlar va tanqidchilar ishtirokida Toshkent Xalqaro badiiy ko'rgazmasi doirasida «Zamonaviy badiiy jarayon – dolzarb muammolar va yo'nalishlar» mavzusida o'tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman tasviriy san'at muammolarini hal qilishga xizmat qildi. Toshkent «Biyennale»si XXI asr Sharq va G'arb san'ati uyg'unligidagi yangi g'oyalarning rivojlanishiga o'z hissasini qo'shmoqda. «Shu aziz Vatan –barchamizniki» mavzusidagi respublika festivalida respublikamizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi san'atkorlari o'zlarining san'at va madaniyat sohasida erishgan yutuqlarini namoyon etishdi.
Respublikamiz jamoatchiligiga ayniqsa, Qashqadaryo, Andijon, Jizzax, Xorazm, Toshkent shahri va Qoraqalpog'istonliklarning ko'rgazmalari manzur bo'ldi. Jumladan, Toshkent shahrining ilg'or xalq amaliy san'ati ustalari, haykaltarosh va rassomlari, shuningdek ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining namunalari taqdim etildi.
Mustaqillik yillaridagi ko'rgazmalarda M.Nabiyev, A.Ikromjonov, R.Choriyev, R.Ahmedov. N.Qo'ziboyev, N.Shin, B.Boboyev, J.Umarbekov, B.Jalolov, V.Burmakin, L.Ibrohimov, haykaltaroshlar A.Hotamov, T.Tojixo'jayev, D.Ro'ziboyev, M.Borodina, grafik rassomlar M.Kagarov, A.Mamajonov, M.Sodiqovlar, yosh rassomlar D.Oxunboboyev, A.Ivanova, A.Nikolayev, M.Aliyev, V.Nechayeva, X.Ziyoxonov, X.Inog'omova, G.Alimatova, A.Nurshina, K.Boboyev kabi ko'plab taniqli san'atkorlar ijodi barchaga manzur bo'lmoqda. Shuningdek A.Nur, V.Oxunov, G.Qodirov, G.Boymatov, R.Gagloyeva. J.Usmonov, A.Isayev, E.Is'hoqovlarning yangi qiziqarli asarlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg'otmoqda.
Musavvirlarimiz yangi tarixiy bosqichda madaniy aloqalarni qayta tiklash, yagona ma'naviy makon yaratishga yo'naltirilgan uslub va yo'nalishlarni umuminsoniy tamoyillarga bo'ysundirishga intilmoqda. So'nggi yillarda kelajak poydevorini bugundan barpo etish maqsadida, yoshlarga va o'sib kelayotgan yangi avlodga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bularni bo'lib o'tayotgan festivallar, tanlovlar badiiy ko'rgazmalar misolida ko'rishimiz mumkin. An'ana tusiga aylanib qolgan «San'at haftaligi», «Ustoz-shogird» kabi qator ko'rgazmalar shular jumlasidandir.
Ushbu ko'rgazmalarning barchasida tanlovlar e'lon qilingan bo'lib, bir-birlari bilan ijodiy raqobatga kirishgan yoshlarni ma'naviy rag'batlantirish orqali iqtidorlar tanlab olinmoqda va ularga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Shuni guvohi boiamizki, yosh rassomlar o'z qiziqishlari va intilishlariga ko'ra hamohang mavzu va o'z uslublarini tanlashlari mumkin boisa-da. akademik san'at poydevor vazifasini o'tamoqda. Yosh rassomlar ijodida o'ziga xos milliy san'at rivojlanganligi kishini quvontiradi. Shuningdek jahon zamonaviy san'atining yangi shakllari va konseptual g'oyalari bilan muloqotlari faolligini yuqori baholash mumkin.
Musiqa san'ati. Mustaqillik yillari o'zbek an'anaviy musiqasiga e'tibor yanada kuchaydi. Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va marosimlarning tiklanishi musiqa sohasida ham ancha o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Qadimiy milliy musiqaning boy badiiy-tasviriy vositalari bilan bir qatorda, yangi janr va turlarini o'zlashtirish natijasida o'zbek musiqa san'ati yuksak darajaga ko'tarildi. O'zbek musiqa san'ati shu kunga qadar ikki asosiy qatlamda yetib kelgan boiib, biri «xalq musiqasi» yoki «musiqiy folklor», ikkinchisi «mumtoz-kasbiy» yoki «ustozona» musiqa deb yuritiladi.
Mustaqillik davridagi zamonaviy O'zbekiston musiqa san'ati o'ziga serqirra ijodiy izianishlarni qamrab olgan. An'anaviy monodiya qadriyatiari va yevropazamin ko'povozli musiqa yo'nalishlarini o'zlashtirish, ularga yanada yangi talqin berish — dolzarb masalalardan biri.
O'zbekistonda an'anaviy uslubdagi xonandalardan M. Uzoqov, J. Sultonov, K. Otaniyozov, O. Alimaxsumov, O. Otaxonov, O. Imomxo'jayev, F. Mamadaliyev, B.Davidova; zamonaviy-milliy yo'nalishda kuylovchilardan K. Rahimov, Sh. Jo'rayev, G'. Yoqubov; estrada xonandalaridan B. va F. Zokirovlar, N. Abdullayeva, O. Nazarbekov kabilar; sozandalardan - T. Alimatov, G'. Hojiqulov, A. Ismoilov va boshqalar; musiqali drama, opera va balet solistlari — L. Sarimsoqova, H. Nosirova, S. Qobulova, K. Zokirov, G'. Abdurahmonov, N. Ahmedova, S. Yarashev, E. Yo'ldoshev, N. Hoshimov; dirijyorlar — M. Ashrafiy, F. Shamsiddinov, D. Abdurahmonova, Z. Haqnazarov kabilar taniqli.
Musiqali anjumanlar mazkur san'at rivojiga munosib hissa qo'shmoqda. 1996-yil 27-avgust kuni Yurtboshimizning «O'zbekiston - Vatanim manim» qo'shiq bayrami haqida maxsus Farmoni e'lon qilindi. Unda «0'zbekiston -Vatanim manim* qo'shiq ko'rik-tanlovining xalqimiz madaniy-ma'naviy hayotida unutilmas voqea bo'lgani, minglab vatandoshlarimiz tomonidan zo'r mamnuniyat va ko'tarinki ruh bilan qo'llab-quvvatlanganligi qayd qilindi va har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi «O'zbekiston - Vatanim manim» qo'shiq bayrami kuni deb e'lon qilindi. Xalqning qo'shiqqa bo'lgan ehtiyoji
kuchli bo'lgani va respublika rahbariyatining qo'shiqchilik san'ati rivojiga e'tibori asosida bu bayram har yili nishonlanib kelinmoqda. Bu ko'rik-tanlov bosqichma-bosqich: o'quv yurtlari va tashkilotlarda, mahalla, qishloq va bhaharlarda, tuman va viloyatlarda, Shuningdek mamlakat poytaxtida ko'tariiiki ruhda o'tkazilmoqda.
O'zbek musiqa madaniyati jahonga yuz tutmoqda. «Sharq taronalari» musiqa festivali. «Musiqiy-simfonik festival» xalq musiqa ijodiyotining turli janrlariga bag'ishlangan ko'rik-tanlov, festivallar dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan mehmonlarda ham katta taassurot qoldirmoqda.
Mustaqillik yillari Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida xalqaro an'anaviy san'at festivali, 2006-yilda Chirchiq shahrida musiqa festivali, 2009-yilda Surxondaryoda folklor festivali bo'Iib o'tdi. Jahon estrada yuiduzlari Yuriy Shatunov, Soso Pavliashvili, Kristina Orbakayte va boshqalar yurtimizga gastrol safarlari uyushtirdilar.
Samarqandning yuragi hisohlangan ko'hna Registon maydonida bo'Iib o'tadigan an'anaviy «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining obro'yi tobora oshmoqda. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan asos solingan, har ikki yilda bir marta o'tkazilayotgan mazkur an'anaviy festival o'zbek mumtoz musiqa madaniyatini jahonga yanada kengroq tanitish, ayni paytda dunyo musiqa madaniyati yangiliklarini yurtimizda namoyish etishda katta xizmat qilmoqda. YUNESKObu anjumanni o'z rahnamoligiga oldi. O'tgan davr ichida festival xalqaro hamjamiyatda katta obro', nufuzga ega bo'ldi. Festival xalqlar o'rtasida madaniy xilma-xillikni targ'ib etish vositasiga aylandi.
Jahon sivilizatsiyasining besliiklaridan birida o'tayotgan «Sharq taronalari* musiqa festivali xalqaro miqyosda e'tibor qozonib, nafaqat Sharq, balki G'arb dunyosidagi ko'plab san'at namoyandalarini ham o'ziga jalb etayotgani mazkur anjumanning qisqa muddat ichida ajoyib an'ana va katta nufuzga ega bo'Iib borayotganidan dalolat beradi.
Bu festival jahon ahlining o'zaro madaniy muloqotga bo'lgan hayotiy ehtiyojini, har bir xalq, har bir millat ruhida azaldan yashab kelayotgan yaxshilik, go'zallik va nafosatga intilish hissini ro'yobga chiqarishda beqiyos vosita bo'Iib xizmat qilmoqda.
«Yangi avlod» festivali san'atga endi kirib kelayotgan yoshlarni kashf etdi va etmoqda. Yosh talantlaming «Nihol» ko'rik-tanlovi esa nafaqat musiqa olami, balki oddiy xalqning ham sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan va katta mavqega ega. O'zbekiston daviat san'at instituti talabalari ishtirokida «To'da», «Xonuma», «Halima», «Romeo va Juletta» kabi musiqali spektakllar sahnalashtirildi.
Teatr san'ati. Mustaqillik davrida o'zbek teatrining turlari va janrlari rivojlanmoqda. Yoshiar, bolalar va qo'g'irchoq teatrlari aloluda mavqega ega.
Mustaqillik sharofati bilan tiklangan milliy qadriyatlar, jamiyat ma'naviyati haqidagi yangilangan tushunchalar, tarix va zamonaviylik muammolari ushbu teatrlar diqqat-e'tiborida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbek teatr san'atini rivojlantirish tovg'risida»gi 1998-yil Farmoni milliy teatr san'atining istiqbolini belgilab bergan hujjat bo'ldi. «O'zbekteatr» ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi o'z faoliyatini milliy tomosha va teatr san'atining eng yaxshi an'analarini asrab-avaylashga hamda boyitishga yo'naltirdi.
Mustaqillik davrida O'zbek teatr san'ati milliy qadriyatlami tildashga qo'l urdi. Bir zamonlar qoralangan asarlar teatrlarda sahnalashtirildi, yangi asarlar yaratish harakati boshlandi. Turii teatrlarda Fitratning «AbuIfayzxon» tragediyasi, To'ra Mirzoning «Amir Temur» dramasi, Clio'lponning «Kecha va kunduz» romani, «Yorqinoy» dramasi, Abdulla Qodiriyning «O'tkan kunlan> va «Mehrobdan chayon» romanlari asosida sahna asarlari yaratildi. Umuman, o'zbek teatr madaniyati yanada rivojlandi. O'zbek san'atkorlari xorijiy mamlakatlarga gastrollarga bormoqdalar. Zamonaviy o'zbek teatri san'atiga hissa qo'shgan namoyandalardan dramaturg-lar —M. Boboyev, Sh. Boshbekov, E. Samandarov va boshqalar; rejissyorlar-dan - N. Abdurahmonov, R. Yoriyev, B. Yo'ldoshev, N. Otaboyev, O. Salimov, V. Shapiro, R. Hamidov va boshqalar; rassomlardan - G. Brim, B. Kim, S. Salimov, B. To'rayev, T. Shorahimov va boshqalar; dirijyorlardan — D. Abdurahmonova, E. Toshmatov, N. Xalilov, H. Shamsiddinov va boshqalar; raqs ustalari - G. Izmaylova, M. Is'hoqova, I. Yusupov va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Teatr san'atining rivojlanishiga hissa qo'shgan aktyorlardan Ya. Abdullayeva, M. Abduqunduzov. T. Azizov, Sh. Azizova, Yo. Ahmedov. X. Boboxonova, Z. Davletmuradova, Ye. Dmitriyeva, G. Jamilova, J. Zokirov, G. Zokiiova, D. Ismoilova, M. Ixtiyorova, E. Komilov, E. Malikboyeva, E. Nosirov, H. Nurmatov, M. Razzoqova, S. Rametova, A. Rafiqov, G. Rahimova, M. Teshaboyeva, N. Toshkenboyeva va boshqalarni aytishimiz mumkin.
MustaqiUikning 10 yilJigi arafasida O'zbek Davlat Akademik drama teatrining yangi binosi ochildi. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov taklifi bilan ushbu teatr «0'zbekiston Milliy akademik drama teatri»ga aylantirildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi qaroriga (1998-yil, 22-may) asosan Respublikadagi mavjud 37 ta teatrlarni birlashtiradigan yagona tizim vujudga keldi.
Respublika va Xalqaro miqyosda festivailar, tadbirlar, ijodiy va xotira kechalari, teatrlarning tashkil topgan sanalari tantanali ravishda o'tkazildi.
Mustaqillik tufayli tarixiy qadriyatlami tiklash, o'zlikni anglash, ma'naviy boyliklarga intilish o'zbek teatrining ham muhim vazifasiga aylandi. Sahnamizda buyuk Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy obrazlari yangicha talqin qilindi. Al-Farg'oniy, Al-Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi, Feruz kabi ulug' ajdodlarimizga bag'ishlangan asarlar keng shuhrat qozondi.
Respublika teatrlari har yili 130 dan ziyod turli mavzu va janrlarda spektakllar sahnalashtiradi. Bular asosan tarixiy, afsonaviy mavzulardagi spektakllardir. 1998-yili Xalqaro miqyosda keng nishonlangan buyuk vatandoshlarimiz hayoti va faoliyati hamda «Alpomish» dostonining lOOOyilligi munosabati bilan qator sahna asarlari yaratildi. O'zbekiston Milliy akademik drama teatrida sahnalashtiriigan dramaturg Hayitmat Rasulning «Piri koinot», Farg'ona viloyati Yu. Shakarjonov nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtiriigan «Osmonga sig'magan muhabbat*, Samarqand viloyati H. Olimjon nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtiriigan Usmon Qo'chqorning <-Imom Buxoriy», Andijon viloyati Y. Oxunboboyev nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtiriigan «Alpomishning qaytishi», Xorazm viloyati Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtiriigan Erkin Samandarovning «Jaloliddin Manguberdi» kabi asarlari Respublikamiz ma'naviy hayotida katta voqea bo'ldi.
Toshkentda «Sharq va G'arb», «Humo» kabi yirik xalqaro teatr festivallari o'tkazilishi o'zbek rejissurasi, aktyorlik san'atining yirik yutuqlari, mahorat o'rganish, tajriba almashinish maktabi vazifasini o'tadi. «Humo» festivali marafoni Toshkentda muvaffaqiyatli o'tib, Germaniya, Gruziya, Rossiya va boshqa mamlakatlar teatr jamoalarining o'zaro ijodiy uchrashuvi maskaniga ayiandi. 1996-yil Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag'ishlangan «Navro'z» teatr festivalining muvaffaqiyati xalqaro ahamiyatga molik bo'ldi. «Andijon bahori», «37+l», «Debut» teatr festivallari san'at muxlislari uchun haqiqiy tuhfa bo'ldi. Havaskorlik teatrlari ham rivojlanmoqda. Talabalar havaskorlik teatrlarining «Nihol» festivali katta qiziqish bilan o'tkazilmoqda.
Respublikamiz teatr sohasida ham yoshlar uchun ko'p ishlar qilindi, ular uchun maxsus tomoshaiar qo'yilmoqda, qo'g'irchoq teatrlari barcha viloyatlarda ishlab turibdi. «Kattalar teatrlari bolalar uchun» festivali Shunday teatrlarda bolalarga xizmat ko'rsatishni tubdan yaxshilash ishiga xizmat qiladi.
XXI asr o'zbek teatrining taraqqiyotida alohida sahifa ochdi. Qadimgi ko"ngilochar milliy tomoshaiar va Yevropadan kirib kelgan maxsus teatrlar uyg'unligida shakllangan o'zbek teatri bu asrda haqiqiy o'zbek milliy teatrini vujudga keltirdi. O'zbekiston teatrlari o'z ijodiy-uslubiy izlanishlari, turli asarlar talqinlariga yangicha yondashuvlan bilan teatr san'ati uslubi va ifoda vositalanning takomillashuviga sabab bo'lmoqda.
Mustaqillik davrida teatrlarimiz faoliyatida ko'pgina diqqatga sazovor o'zgarishlar yiiz berdi. Teatrlarning repertuar siyosati, rejissura va aktyorlik san'atidagi yangiliklar, spektakllarning prokati, tomoshabinlar bilan aloqalarning yangicha mazmun, shakllari va nihoyat, ushbu maxsus teatrlarning xalqaro san'at va madaniyat maydonida orttirgan tajribalari e'tiborga loyiq.
Mustaqillik davrida O'zbekiston teatrlari funksiyasi o'zgardi. Ular o'z faoliyatlarida tomoshabinlarga mazmundor, ta'sirli, qiziqarli spektakllar tayyorlashga ahamiyat berdilar.
Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan professional teatr va teatr-studiyalari xalqimiz ma'naviy ciunyosini, tafakkurini boyitadigan sahna asarlari yaratmoqdalar. Ushbu dargohlarda minglab ijodiy va texnik xodimlar faoliyat olib boryapti. Mustaqillik davrida birorta ham teatr o'z faoliyatini to'xtatgani yo'q. Nodavlat va xususiy teatrlar paydo bo'lmoqda.
Teatrlarning xalqaro miqyosda yutuqlarga erishayotgani e'tiborni tortadi. Teatrlarimizjamoalari AQSH, Turkiya, Pokiston, Germaniya, Polsha, Buyuk Britaniya, Isroil kabi xorij mamlakatlarida o'tkazilgan turli teatr festivallarida qatnashib, turli sovrin va mukofotlarga sazovor bo'lganligi quvonchlidir.
Teatr ijodkorlari mamlakatimiz hayotining turli jabhalarida faol ishtirok etmoqdalar. Vatanimiz oliy organi — Oliy Majlisga, viloyat, tuman va shahar mahalliy Kengashlariga deputatlikka saylanmoqdalar. Bu esa teatr ijodkorlariga bo'lgan yuksak ishonchning dalilidir.
Teatr san'atimiz ayni kunlarda bozor iqtisodiyoti sharoitiga kirib bormoqda. O'z-o'zini boshqarish va ayni damda tomoshabinlarga sidqidildan xizmat qilish yo'lida tinmay izlaiimoqda. O'zining shonli tarixiga va albatta. ertasiga ega o'zbek milliy teatr saaati bugungi kunda taraqqiyotning yangi bosqichiga ko'tarilish yo'lida tinmay mehnat qilmoqda.
Raqs saiTati. Mustaqillik davrida balet teatrlarida miUiy mavzuga e'tibor kuchayib boryapti. Mahailiy bastakor va baletmeysterlar milliy baletlarni yevropacha klassik raqs shakllari bilan boyitmoqda. Bu borada «Raqqosa». «Orzu», «Suhayl va Mehr», «Sevgi tumori», «Afsonalar vodiysida», «To'maris» va boshqa milliy balet spektakllarini keltirib o'tishimiz mumkin.
Kino san'ati. Mustaqillik yillarida ijtimoiy, siyosiy o'zgarishlar tufayli o'zbek kinosida ham keskin burilishlar bo'ldi. Davlat kinokompaniyasi tashki! etildi. «lnson», «Yulduz», «lymon», «Vatan», «5-studiya» kabi mustaqil studiyalar yuzaga keldi. Natijada kinomahsulotlar ko'paydi. Bu davrda olingan filmlarga — «Temir erkak» (1991, rej. l.Ergashev), «Kammi» (1991, rej. J.Ayziyev), «Kim jinni» (1992, rej. A.Hamroyev), «Dallol» (1993. rej. B.Odilov), «Qarib quyuhnagan» (1993, rej. M. Abzalov), «Taqdir eshigi» (1994, rej. L. Fayziyev), «Bomba» (1994, rej. Z. Musoqov) va boshqalami keltirishimiz mumkin.
O'zbek kinematografiyasida bolalar kinosi, ilmiy ommabop va hujjatli filmlar, multi plikatsion kino ham muhimo'rin egallaydi.
Mustaqillik davri o'zbek kinosida uslub va janr imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi muayyan izlanishlar ijobiy samaralar berayapti.
Jumladan:
ijodkorlarimizda kino janrlari diapazoni, uslublar rang-barangligi, badiiy
mahorat, an "ana va novatorlik masalalariga yondasliuvda o'ziga xoslik yuzaga ketdi;
turli mavzular, detektiv, komediya, tragediya, melodrama, fantasuka
kabi janrlarda filmlar suratga olinib, kinoijodkorlarimiz uchun o'z mahoratini
sinab ko'rishga qulay imkoniyat va sharoitlar yaratildi;
yangi davrning o'ziga xos milliy kinodramaturgiyasi shakllandi. O'zbek
filmlariga yangi mavzu, yangi qahramon kirib kelishi kuzatildi;
kinoijodkorlarda milliy an'analarga muiiosabat va yangicha qarashlar paydo
bo'ldi.
— turli xil xususiy-tijorat kinostudiyalari tashkil topdi. Hozirgi kunda
respublikamizda kinomahsulot ishlab chiqaruvchi 65 ga yaqin studiya mavjud.
Shuni e'tirof etishimiz lozimki, kino san'atimiz o'zining milliy qiyofasi bilan dunyoga chiqa oldi. Mahoratli san'atkorlarimiz Sh.Abbosov, R.Muhammadjonov, Yu.Roziqov, Z.Musoqov, J.Qosimov va boshqa rejissyorlarimizning kinofilmlari ko'pgina xorij festivallarida mukofot va sovrinlarga sazovor bo'ldi. «Abdullajon» (1991-yil, rejissyor Z.Musoqov) O'zbekiston KFda «Eng yaxshi o'zbek filmi* Oltin Grifoni bilan mukofotlangan. Yaponiyadagi chet davlatlar filmlari reytingida 7-o'rinni egallagan, «Yulduzingni ber, osmon» {1995-yil, rejissyor F. Davletshin) 1995-yili Anqaradagi Xalqaro KFda «Musiqiy janri uchun» Billurglobus sovriniga ega bo'lgan, «Voiz» (!998-yil, ssenariy muallifi va rejissyor Yu. Roziqov) 1999-yili Anape shahrida o'tkazilgan MDH va Boltiqbo'yi davlatlari KFda Gran-pri bosh sovrini bilan taqdirlangan, «Fellini» (1999-yil, ssenariy muallifi va rejissyor N.Abbosov) 2000- yili «Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun» milliy mukofotiga ega bo'lgan. 2001-yili Varshavada «Zolotoy krest* sovrini bilan taqdirlangan.2003- yil Shveysariyadabosh diplomlardan birigasazovor bo'ldi. 2003-yii Avstriyaning Izburg shahrida Gran-pri mukofoti bilan taqdirlangan.
♦Qorqo'ynida lola» (2003-yii, rejissyor A.Shahobiddinov, Yo. To'ychiyev) filmi 2004-yilda «Ijodiy parvoz* festivalida Gran-pri mukofotini olgan. 2006-yilda «Orzu ortida» (2004-yil, ssenariy muallifi va rejissyor Yo.To'ychiyev) filmi «Ijodiy parvoz* festivalida «Eng yaxshi operatorlik ishi uchun» mukofotlangan. 2006-yilda Fransiya KFda Gran-pri sovrinini olgan. 2006-yil Qozog'istondagi «Shaken yulduzlari» festivalida diplom olgan.
«Chashma» (2006-y. Ssenariy muallifi va rejissyor Yo.To'ychiyev) Moskvadagi Xalqaro KFda «Perspektiva nominatsiya* bo'limida Gran-pri so\Tini bilan mukofotlangan.
Rejissyor Z. Musoqov Yaponiya, Germaniya mamlakatlari bilan ijodiy hamkorlik o'rnatdi. Yu. Roziqovning «Dilxiroj» filmi dunyoning mashhur fllmlarini to'plovchi Yaponiya kino muzeyiga qo'yildi, mazkurasarni Germaniya, Fransiya telekompaniyalari sotib oldilar, Rossiya kinoshunoslari iqtidorli o'zbek ijodkori «Yusuf Roziqov rejissurasi fenomeni»ni o'rganishga kirishdilar.
O'zbek kino olamiga rejissyor-ssenaristlardan Ayub Shahobiddinov, Yolqin To'ychiyev, yosh aktyorlar Ra'no Shodiyeva, Bobur Yo'ldoshev, FarruxSoipov, Ulug'bek Qodirov, Dilshod Kattabekov kabi iste'dodlt yosh kadrlar kirib keldi.
Sirk. Mustaqillik davri zamonaviy o'zbek sirk san'atida ikkita yo'nalish mavjud: professional va an'anaviy sirk. Professional sirk namunalari Toshkent sirki
maydonida va «Sahnadagi sirk» ko'chma jamoalari tomonidan namoyish etilsa, an'anaviy sirk respublikamizda keng tarqalgan bo'lib, asosan, oilaviy guruhlar sifatida shakllangan va boy an'anaiarga ega. Millty sirk sarTati qisqa vaqt ichida ravnaq topdi va xalqaro sirk maydonida munosib o'rin egalladi.
«O'zbekdavlatsirk» birlashmasi, o'zbek miiliy sirk san'ati ustalari qunt bilan mehnat qilganliklari ajoyib samara berdi. Tomoshabinlar talabiga to'la javob beradigan badiiy yuksak, raqobatbardosh sirk asarlari yaratilmoqda. Sirk dasturlarida asosiy o'rin tutgan yirik shakldagi sirk asarlari, ya'ni atlraksionlar sahnalashtirilib, tomoshabinJarga taqdim etilmoqda. F. Yunusovning «O'rgatilgan yo'!barslar»i, N.Aliyevaning «lkki pog'onali dor», K. Qarayevning «Chavandoz yigitlar*, R. Sharabiddinovning «Tuya ustida akrobatlar» attraksionlari shular jumlasidan.
So'nggi yillarda «Sahnadagi sirk» repertuari bir necha yangi tomoshalar bilan boyidi. Ular orasida T, Tojiboyevning «Selirli shou>>, M. Toshkenboyevning ••'O'zbekiston dorbozlari», B. va F. Axnazarovlaming «Polvonlik dostoni», T. Galimovning «O"rga(ilgan ayiqlar»i kabilar mashhur.
V BOB. O'ZBEKISTON - KO'P MILLATLI VA DINIY MADANIYAT DIYORI
O'zbekiston — ko'p millatli respublika. Bugun yurtimizda 16 ta diniy konfessiya, 136 millat va elat vakillari istiqomat qilmoqda.Tabiiyki, harqanday ko'p millatli davlatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti va istiqboli millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar barqarorligi bilan uzviy ravishda bogiiq. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlab aytganlaridek, nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashishni talab qtladigan bu masala ko'pmillatli davlatlar jumlasiga kiruvchi O'zbekiston uchun ham juda dolzarbdir. Shu jihatdan mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning muhim omillaridan biri milJatlararo totuvlik bo'lsa, ikkinchisi, diniy bag'rikenglik, desak xato bo'lmaydi. Zotan, mustaqil rcspublikamizning buyuk kelajagini ta'minlash yo'lidagi ezgu maqsadlarimizni ro'yobga chiqarish uchun ham yurtda barqaror vaziyat bo'lishi darkor. Tajriba barqaror vaziyatni izdan chiqarish, mamlakatni fuqarolararo va millatiararo nizolar, fitna-fasod girdobiga tortishga urinishlar, ya'ni mafkuraviy tahdid, mafkuraviy xuruj kun tartibining oldingi qatoriga chiqib qolganini qayta-qayta isbotlamoqda.
Yurtboshimiz takror va takror ogohlantirib aytganlaridek, XXI asrda biz yadro poligonlaridan emas, balki mafkuraviy poligonlardan ehtiyot bo'lishimiz kerak, mavjud xavfning oldini olishimiz uchun jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni uzluksiz ravishda atroflicha o'rganib borishimiz. shuningdek. ilmiy asosda chuqur tadqiq va tahlil etishimiz lozim.
Bu jihatdan milliy va diniy bagrikenglikni mustahkamlashning barcha omillarini aniqlash va ulardan samarali foydalanish ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurilishi yo'lidagi ezgu maqsadlarimizni ro'yobga chiqarishning hamda turli din va millatga mansub bo'Igan ahohni yagona Vatan tuyg'usi asosida birlashtirish va ularni O'zbekistonimiz ravnaqi yo'lidagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning muhim shartlaridan biridir.
O'zbekistonda ko'p millatli madaniyat. Ma'lumki, sayyoramizda o'zining betakror madaniy va ma'naviy qadriyatianga ega bo'Igan 1600 dan ortiq etnik guruhlar yashaydi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida esa o'zbeklar bilan bir qatorda o'z madaniyati va an'analariga ega bo'Igan 130 dan ziyod millat vakillari istiqomat qiladilar. Ularmamlakat aholisining 20 foizini tashkil etadi.
Shu boisdan ham mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoqjamiyatimizda millatlararo totuvlikni saqlab qolish va mustahkamfashga alohida e'tibor qaratildi va qator amaliy tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-yanvar Qaroriga asosan Respublika baynalmilal madaniyat markazi (RBMM) tashkil etilishi miUiy-madaniy markazlar faoliyatiga keng yo'l ochib berdi. Bu esa millatlararo totuvlikni mustahkamlashda muhim o'rin tutmoqda. RBMM tashkil etilgandan so'ng miUiy-madaniy markazlar faoliyati tobora rivojlanib, ularning miqdori ham yildan yilga ko'payib bormoqda. Jumladan, 1992-yilda ularning soni atigi 10 tagina bo'Igan bo'lsa. 2000- yilga kelib 110 radan oshdi. O'tgan yillar mobaynida milliy-madaniy markazlar nafaqat miqdor, balki samaradorlik jihatidan ham o'sib, mamlakatimizdagi mavjud jamoat tashkilotlari qatorida o'zlarining muayyan o'rinlariga ega bo'ldilar.
Respublika baynalmilal madaniyat markazi quyidagi muhim vazifalami bajaradi:
ko'p millatli respublikamizda milliy munosabatJarni uyg'unlashtirish,
ya'ni vatanimiz tinchligi va osoyishtaligining juda muhim omillaridan biri bo'Igan
millatlararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash;
mavjud milliy-madaniy markazlar faoiiyatini muvoftqlashtirish va ularga
yetakchilik qilish;
mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning milliy-
ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga, ya'ni ularning har biriga xos bo'Igan milliy
til, madaniyat, taomil, urf-odat va an'analarini saqlab qolish va rivojlantirishga
amaliy va uslubiy jihatdan yordam berish;
turli millatga mansub yoshlarimiz qalbida muqaddas vatan tuyg'usini
rivojlantirish orqali vatanparvarlik, insonparvarlik vabaynalmilallik tarbiyasini
amalga oshirish;
milliy madaniyatlarni rivojlantirish orqali respublika madaniyatining
gullab-yashnashiga munosib hissa qo'shish;
Markaziy Osiyo respublikalari va MDH tarkibiga kiruvchi respublikalarda
faoliyat ko'rsatayotgan milliy-madaniy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish va rivojlantirish;
- mamlakatimizdagi turli millat vakillarining o'z tarixiy vatanlari bilan madaniy aloqalar o'rnatishlariga ko'maklashish.
RBMM o'zining ish yo'nalishlarini markaz huzurida tashkil etilgan maxsus Jamoatchilik Kengashi yo'riqlari asosida belgilaydi va amalga oshiradi. Mazkur Jamoatchilik kengashi tarkibiga Markaz rahbariyati, milliy-madaniy markazlar raislari, mutasaddi idoralar, vazirliklar va jamoat tashkilotlarining vakillari, Shuningdek mittiy masala bilan shug'ullanuvchi yetakchi olimlar kiritilgan.
Respublikamiz ijtimoiy hayotidagi muhim voqealar, tantanalar va ommaviy bayramlarga tayyorgarlik ko'rish va ularni nishonlashda turli millatga mansub yurtdoshlarimizning faol ishtirokini ta'minlash markaz faoliyatining muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Markazning bu boradagi sa'y-harakatlari tufayii eng aziz va eng ulug' ayyomimiz - Mustaqillik kuni, Shuningdek Navro'z bayrami, Konstitusjya kuni, tariximizda yorqin iz qoldirgan buyuk zotlar va ulug' allomalarimizning tavallud kunlari bilan bog'liq muhim sanalammg nishonlanishida, Prezidentimiz Islom Karimov asarlarining taqdimotiga bag'ishlangan tantanali marosimlar va yig'ilishlami tashkil etish va o'tkazishda turii millatga mansub yurtdoshlarimiz katta mamnuniyat bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Markaz tashabbusi bilan maxsus dasturlar asosida davrimizning dolzarb mavzulariga doir konferensiya, seminar va davra suhbatlari muntazam ravishda o'tkazilib kelinmoqda. Shuningdek umumxalq bayramlari, festival, ijodiy kechalar va ko'rgazmalarda hamda turli millatga mansub atoqli xalq namoyandalari hayoti bilan bog'liq muhim sanalaming nishonlanishida faol qatnashish markaz faoliyatining muhim sohalariga aylanib, tobora an'anaviy tus olmoqda.
Ularning orasida Ramazon va Qurbon hayitlari, Rojdestvo, Pasxa, Maslenitsa, Purim, Xansiq, Hosil bayrami, Chusok, Yangi yil, Xotira va qadriash kunlarining an'anaviy tarzda bayram qilinayotganligi hamda Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O'rta Osiyo eparxiyasining 125 yiiligi, «Manas» eposining 1000 yiiligi, buyuk ajdodimiz Amir Temurning 660 yiiligi, Imom al-Buxoriy va Ahmad al-Farg'oniy, Navoiy, Jomiy, Abay, Pushkin, Mahtumquli, Shevchenko, Yesenin, Muxtor Avezov, Chingiz Aytmatov kabi mutafakkirlar yubileylarining keng nishonlanganligi alohida diqqatga sazovordir.
Hozirgi kunda RBMM, milliy-madaniy markazlar millatlararo toluvlik va fuqarolar hamjihatligini mustahkamlashdek o'ta dolzarb masalaga boshqa qator davlat va jamoat tashkilotlarining ham diqqat-e'tiborint jalb etib kelmoqda. Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Ozbekiston Davlat teleradiokompaniyasi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi,
O'zbekiston xotin-qizJar qo'mitasi, Respublika yoshlarining «Kamolot» jamg'armasi, O'zbekiston Davlat fan va texnika qo'mitasi va boshqa qator tashkilotlar o'rtasida imzolangan shartnomalar asosida ular bilan o'zaro hamkorlikda ish olib borilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda yuzlab ko'rgazmalar tashkil etilmoqda.
Markazning respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan elchixonalar va diplomatik korpuslar bilan hamkorlikdaamalgaoshirayotgan tadbirlari ham uning faoliyatida muhim o'rin egallaydi.
O'zbekistonimizning buyuk kelajagi, vatanimiz ravnaqi yo'lida sidqidildan xizmat qilayotgan milliy-madaniy markazlar faoliyati keng jamoatchilik tomonidan yuksak baholanmoqda. Qator milliy-madaniy markazlar raislari hukumatimizningyuksak mukofotlariga sazovorbo'lganligi, ularning xizmatlari yiiqori darajada e'tirof etilayotganligining dalolatidir.
O'zbekistonda diniy madaniyat. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq diyorimizning barcha fnqarolari haqiqiy e'tiqod erkinligini his eta boshladilar. Bugungi kunda O'zbekistonda turli din vakillarining hech qanday to'siqiarsiz o'z dinlariga e'tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sobiq sho'ro davrida respublikamizda bor-yo'g'i 89 ta masjid va ikkita madrasa faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, hozir O'zbekiston musulmonlari idorasi boshqaruvi ostida rasmiy ro'yxatdan o'tgan, barcha qulayliklar yaratilgan 1700 dan ortiq masjid, 10 madrasa va Toshkent islom universiteti faoliyat ko'rsatib turibdi.
Shuningdek mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ziyod millat vakillari ham o'zlari e'tiqod qilayotgan dinlarida emin-erkin ibodat qilmoqdalar. Bugun respublikamizda 15 turdagi 170 dan ziyod noislomiy diniy tashkilotlar rasman faoliyat ko'rsatmoqda.
1999-yil tashkil etilgan Toshkent islom universiteti islom tarixi va falsafasi, diniy qonunchilik, iqtisod va tabiiy fanlar fakulletlariga har yili talabalar qabul qilmoqda. Universitet qoshida Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi, manbalar xazinasi hamda akademik litsey faoliyat ko'rsatmoqda.
Taassufki, 100 yildan ortiq davom etgan mustabid tuzum davrida ma'naviy ildizlarimizdan ayirish, dinni jamiyat hayotidan siqib chiqarishga urinishlar bo'ldi. Natijada ma'naviyat va ma'rifat o'rnini ma'lum darajada jaholat egallab, yurtdoshlarimiz fiqh, tafsir, hadis, tasavvuf ilmlari haqida umumiy tushunchaga ham ega bo'lmay qoldilar. Hatto islom dini nima, musulmonchilik nima. degansavollarigajo'yali javobbera oladiganlarning soni ham ozchilikni tashkil etardi. Movarounnahr diyori azaldan dinu diyonat o'chog'i, fuzalo-ulamolar yurti ekanligini unutib qo'ydik.
Ana Shunday sharoitda mintaqamizda, xususan, O'zbekistonda ba'zi kuchlar din niqobi ostida g'arazli rnaqsadlar bilan siyosiy hokimiyatni egallashga intildilar, Alloh, islom kabi so'zlar qo'shib nomlangan, eshitilishi jarangdor partiya, tashkilot va jamoalar («Islom uyg'onish partiyasi», «Hizbullolv>,
«Hizbut-tahrir al-islomiy» va boshqalar) tuzib, mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag'darib tashlash, yaxlit jo'g'rofiy hududda islom davlati qurisli, xaiifalikni qayta o'rnatishga harakat qildilar.
Xalifalik — islomiy davlat tizimt bo'lib, VII asrda Arabiston yarimorolida vujudga kelgan. Arabcha «o'rinbosar» degan ma'noni anglatgan xalifa davlatning diniy va siyosiy yagona rahbari hisoblangan.
Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning «Mendan keyin xalifalik 30 yil davom etadi. Undan so'ng podShohliklar paydo bo'Iadi*, degan hadislari bor (Imom at-Termiziy). Haqiqatan, Payg'ambarimiz bashoratlarini tarix tasdiqladi. Xalifalar Abu Bakr as-Siddiq, Umar bin al-Xattob, Usmon bin Affon, AJi bin Abu Tolib 632-66 l-yillar davomida islom g'oyalarini asl holda saqlanib qolishiga bor kuchlarini baxshida etdilar. Demak, hozirgi asrimizda xalifaiikni qayta tiklash g'oyasi islom dini ta'limotiga ziddir.
Vahobiylar hukumatni qo'lga olishda ochiq kurash, ekstremizm, terror yoiini tutsalar, «hizbchilar» g'oyaviy, mafkuraviy kurash uslubini qoilaydilar. Ular besh kishidan iborat bo'lgan halqa-halqalarga bo'linib, mafkuraviy targ'ibot ishlarini olib boradilar, yoshlar tarbiyasidagi ma'naviy bo'shliqdan foydalanib, ulaming ongini zaharlashga urinadilar. Xalifalik asosidagi islom davlatini tikiashga urinib, hatto ibodatlarga ham ikkinclii darajali vazifa deb qaraydilar.
«Hizbut-tahrir al-islomiy» diniy tashkiloti ham vahobiylar kabi davlat siyosiy boshqaruviga aralashisliga, hukumatni to'ntarish yo'li bilan qo'lga kiritib, islom davlati o'matishga intiladi.
«Akromiylar» oqimi vakillari AUohgagina e'tiqod qiladilar va payg'ambarlarga imon keltirmaydilar, hozirgi kunda musulmonlarga namoz, ro'za, zakot, haj amallan farz emas, chunki biz go'yo kufr jamiyatda yashamoqdamiz, deb da'vo qiladilar.
Yuqorida tavsiflari berilgan diniy oqimlarning nomlari turlicha bo'lsa-da. aslida ularning maqsadlari va g'oyalari bitta - dinni niqob qilib hokimiyatga intilish, tinch-osoyishta xalq orasida nifoq va ixtilof chiqarish. Eng achinarlisi shundaki, bu oqimlar halt ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g'o'r yoshlarni o'z tuzog'iga ilintirib, ulardan o'zlarining g'arazli maqsadlari yo'lida foydalanmoqdalar. Payg'ambarimiz: «Otaga itoat qilish - Tangriga itoat qilishdir. Uning oldida gunoh qilish - Tangri oldida gunohkor boiish bilan barobardir*, cieganlar. Yana marhamat qilib aytganlar: «Ota-onalarining keksalik vaqtida har ikkisini yoki biri bo'imaganda boshqasini rozi qilib, jannati bo'lib olmagan farzand xor bo'lsin, xor bo'lsin va yana xor bo'lsin*. Mazkur hadislardagi tarbiyaviy o'gitlarga qaramay, ba'zi g'arazli oqimlarga kirib qolgan yoshlarimiz ota-onalarini behurmat qilish darajasigacha bormoqdalar. Bu esa, islomning insonparvarlik g'oyalarini obro'sizlantirishga sabab bo'lmoqda.
Shu o'rinda tabiiy savol tug'iladi. Dinda o'zi partiya tuzish, guruhlarga bo'linish qanday baholanadi?
Qur'onda aytiladi: «Va barchangiz Allohning arqoniga (Qur'onga)
bog'laningiz va (firqalarga) bo'linmangiz!...» (Oli-Imron, 103). Bu Allohning buyrug'i, shariat ahkomlariga ko'ra farz amah ya'ni musulmonlar bajarishi shart bo'lgan harakat hisoblanadi. Demak, Islomda gumhlarga boiinish, firqa, hizb tuzish Alloh tomonidan taqiqiangan va muqaddas dinimiz ta'limotiga zid ekanligi aniq-ravshan bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti l.Karimov «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida dinning jamiyat hayotida tutgan o'rni haqida jumladan Shunday deydi:
«Biz din bundan buyon ham aholini oliy ruhiy, axloqiy va ma'naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilishi tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon diniy da'vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashishi uchun bayroq bo'lishiga yo'l qo'ymaymiz. Chunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz*.
Biz bugungi kundagi ma'naviy hayotimizni islom dunyosida cheksiz ehtirom qozongan Imom al-Buxoriy, lmom at-Termiziy. Xoja Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Zamaxshariy kabi allomalarimiz bilan bog'laymiz, chunki bu buyuk insonlarning aziz nomlari, o'lmas merosi muqaddas dinimiz bilan chambarchas bog'ianib ketgan. Biz dinimizni bu ulug' siymolarsiz va o'z navbatida, bu ulug' nornlarni dinimizsiz tasavvur qila olmaymiz.
O'zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo'shgan beqiyos hissasining yuksak e'tirofi sifatida Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha islom tashkiloti - AYSESKO (1SESCO) tomonidan 2007-yilda "Toshkent shahri -Islom madaniyati poytaxti" deb e'lon qilindi. Aziz poytaxtimizning bunday nomga sazovor bo'lganligi nafaqat xalqimizga, balki butun musulmon olamiga iftixor tuyg'usini bag'ishladi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki bu asrlar davomida ajdodlarimiz lmom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi mutafakkir zotlarning diniy ilmlar sohasida qilgan buyuk kashfiyotlari, islom madaniyati rivojiga qo'shgan hissasiga yuksak bahodur. Bunday sharafga yurtimizning islom dini bilan bog'liq tarixi, musulmon dini va madaniyatiga qo'shgan hissasi, ulug' ulamolarning qoldirgan ma'naviy merosi, o'z navbatida, ularni jahon miyosida targ'ib qilish borasidagi ishlar tufayli muyassar bo'ldik.
Toshkent shahrining "Islom madaniyati poytaxti" deb e'lon qilinishi bilan bog'liq bosh tadbirlar sifatida Toshkent va Samarqand shaharlarida "O'zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan hissasi" mavzusida hamda Samarqand va Buxoro shaharlarida "O'zbekiston — islom dunyosining buyuk mutafakkirlari yurti" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o'tkazildi. Anjumanga dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlar Vatanimizda mustaqillikning ilk yiflaridanoq Sharq durdonalari sanalmish Samarqand.
Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy obidalarni saqlash, qayta tiklash va ta'mirlash, qadimiy va boy merosimizni asrab-avaylash ishlarini ko'rib lol qolishdi.
Toshkent shahriga «Tslom madaniyati poytaxti» degan nomning berilishi xalqimizning farzandlarida g'urur uyg'otadi, ayni paytda yanada ko'proq mas'uliyat yuklaydi. Yurtboshimiz so'zlari bilan aytganda, «necha yuz yillar mobaynida yurtimiz hududida yaratilgan buyuk madaniy va ma'naviy merosning tub mohiyatini, uning ko'pchilikka ma'Ium bo'lmagan qirralarini nafaqat musulmon olamiga, balki butun jahon ahliga keng targ'ib qilish, shu tariqa islom dirri tinchlik, ma'rifat, yuksak axloq-odob ifodachisi ekanini yana bir bor namoyon etish borasida ko'p ish qilishimiz zarurligini*1 yaxshiroq anglash talab etiladi.
VII BOB. MADANIY-MA'RIFIY MUASSASALAR FAOLIYATI
Mustaqillik sharoitida ma'naviy isiohotlar zamirida madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyati tubdan o'zgardi, yangi mazmun kashf etdi, shaklan katnol topdi. Bu o'zgarishlar istiqlol bergan imkoniyatlar asosida sodir bo'ldi. Zero, bu sohaning yangilanishi tarixiy zarurat edi. Sobiq sho'rolar davrida madaniy-ma'rifiy muassasalar xalq manfaatlariga xizmat qilish o'rniga, zo'raki ravishda kommunistik g'oyalarni targ'ib qilish maskaniariga aylantirilgan edi. Mustaqillik sharoitida esa madaniy-ma'rifiy muassasalar xalqning ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, milliy an'analarini tiklash, xalq ijodini ravnaq toptirish, yangi milliy mafkurani targ'ib etish maskaniga aylandi. Mustaqillik tufayli respublikamizda milliy-ma'naviy tiklanish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgandan soLng, madaniy-ma'rifiy muassasaiar xalq ma'naviyati kamoloti yo'lida xizmat qilish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Prezidentimiz Farmoni asosida respublikamizda «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi (hozirgi ma'naviyat va ma'rifat kengashi markazlari) va uning tarmoq tizimlarining vujudga kelishi madaniy-ma'rifiy muassasalar (jumladan, klublar, madaniyat uylari, madaniyat saroylari, madaniyat va istirohat bog'lari. madaniy komplekslar, axborot-texnologiya markazlari, kutubxonalar, muzeylar) faoliyati jiddiy yangilanishiga turtki bo'ldi. Eng muhimi, ma'naviyat va ma'rifat rivojiga davlatning bosh vazifasi deb qarash bu soha faoliyatini yangidan ravnaq topishiga asos bo'ldi.
Ma'lumki, madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyatida milliy ma'naviyat masalalari bilan shug'ullanish asosiy soha bo'lgani sababli, madaniyat
muassasalari komi! insonni tarbiyalash jarayoniga o'zining munosib hissasini qo'shishga mas'ul hisoblanadi, chunki kelajakda buyuk davlat egasi bo'ladigan komil insonni tarbiyalamasdan, uni axloqiy jihatdan barkamol qilmasdan turib rivojlanish vazifalarini hal etish mumkin emas. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o'tish borasidagi murakkab vazifalami muvafiaqiyatli hal etish fuqarolarning ma'naviy-axloqiy kamolotiga, imon-e'tiqodiga, g'oyaviy-siyosiy yetuklik darajasiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Inson kamoloti millat va mamlakat rivojiga asos bo'ladi. Xalq orasida, turarjoylarda madaniy-ma'rifiy faoliyat olib boruvchi muassasalaming bu ishlarni amalga oshirishda o'ziga xos imkoniyatlar mayjud.
Shu narsani e'tiborda tutish kerakki, madaniy-ma'rifiy muassasalar asosan joylarda va konkret aholi qatlamlariga xizmat ko'rsatadi. Shu boisdan ham madaniyat muassasalari muayyan regionning asosiy madaniyat markazi, ma'rifat va mazmunli dam olish maskani sifatida xalq ijodini kamol toptirtshda, bayram va sayillarni uyushtirishda keng imkoniyatlarga ega ma'naviy-mafkuraviy tashkilotlar sifatida xizmat qilmoqdalar, Madaniyat muassasalari kishilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish. shaxs ma'naviyatini har tomonlama rivojlantirish va ularning ijtimoiy-madaniy faolligini oshirish jarayonlarini uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimi shaklida amalga oshiradi. Shuningdek ular joylarda maflairaviy targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishda ham davlat, partiyalar, yoshlar uyushmalari, kasaba tashkilotlan va ko'ngilli jamiyatlarning tayanch-tarbiyaviy markazi sifatida ham faoliyat olib boradilar.
Madaniy-ma7rifiy faoliyat ko'p qirrali jarayon bo'lganligi sababli ijtimoiy hayot, ijtimoiy ong va jamoatchilik fikrining deyarli barcha sohalari bilan chambarchas bog'liqdir. Madaniyat muassasalari mehnatkashlarning asosan bo'sh vaqtlari jarayonida faoliyatlarni amatga oshirishlari sababli jamoatchilik fikrini tarkib toptirishda samarali natijalarga erishish imkoniyatlariga egadir.
Madaniy-ma'rifiy muassasalar ajdodlarimiz yaratgan boy madaniy meros, xalq ma'naviyati durdonalari va an'analarini tiklash, rivojlantirish, targ'ib qilisli ishlariga o'zlarining munosib hissalarini qo'shmoqdalar. Ular bir tomondan aholi turli qatlamlarini madaniyat namunalaridan baliramand bo'lishga sharoit yaratib bcrsa, ikkinchi tomondan, kishiiii madaniy hayotini bevosita yaratuvchisiga aylantirishga ham da'vat etadi, uchinchi tomondan esa insonning to'laqonli madaniy qiyofasi, xulq-atvori, odobi va axloqining umuminsoniy va miUiy andaza, talablar doirasida shakllanishiga undaydi. Madaniy-ma'rifiy muassasalar mehnat jamoasi, ko'ngilli uyushmalar, oila va shaxs hayoti oldida turgan ma'naviy ehtiyojlami qondirishga va turli ijtimoiy-madaniy muammolami yechishga ham imkoniyat izlaydi. Zero, mehnatkash xalq turmush tarzini boy ma'naviy mazmun bilan to'ldirish, badiiy bezashga ko'maklashish muhim ijtimoiy masalalardir.
Respublikamiz madaniyatshunos olimlari, madaniy-ma'rifiy soha nazariyotchilari, soha amaliyotchilari bilan hamkorlikda tarixiy an'analar mustaqillik mafkurasi, ma'naviy yangilanish ehtiyoji, bozor iqtisodiyoti
xususiyatlari, aholining talab va ehtiyojlari, amaliy tajribalar negizida madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyatining nazariy asoslari, jumladan, lining asosiy yo'nalishlari, maqsad va vazifalarini ishlab chiqmoqdalar. Unga muvofiq mustaqillik sharoitida madaniy-ma'rifiy muassasalar asosan quyidagi yo'nalishlarda faoliyat yuritadilar:
aholi o'rtasida muayyan ijtimoiy-madaniy, mafkuraviy, taig'ibot-tashviqot
ishlarini olib borish;
xalq havaskorlik ijodini ravnaq toptirish;
ommaviy tadbirlar, marosimlar, bayramlar, sayillar o'tkazish vositasida
yalpi ijtimoiy kayfiyat yaratish, jamoatchilik fikriga eltuvchi umumiy holatni
yuzaga keltirish;
jamoaviy fikr generatorlari - lider shaxslar, baobro' kishilar, oqsoqollar
faoliyatini istiqlol yo'lini mustahkamlash ishiga safarbar qilish;
mehnatkashlarning madaniy dam olishini tashkil qilish;
— aholi turli qatlamlari vakillarini ijtimoiy foydali faoliyatlarni amalga
oshirish uchun ularni estetik qiziqishlar asosida uyushma va tashkilotlarga
birlashtirish.
Madaniy-ma'rifiy muassasalarning maqsadi — aholining bo'sh vaqtini uyushtirish jarayonida kishilarning madaniy ehtiyojlarini qondirish va uiarni ma'naviy boyitishdan iboratdir.
Madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyatining bosh vazifasi - kishilarning madaniy, ma'rifiy, ijodiy faoliyatlari, hordiq olishlari uchun sharoit va imkoniyat yaratib berish.
Madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat:
aholining madaniy dam olishini uyushtirish;
kishilarni ma'naviy-ma'rifiy boyitish, intellektual saviyasini oshirish;
ommaning ijodkorligi va tashabbuskorligini taraqqiy ettirish;
milliy, mintaqaviy, umuminsoniy qadriyatlarimizni e'zozlash, moddiy
va ma'naviy qadriyatlarimizni avaylab-saqlasb va yanada rivojlantirish;
xalqning milliy ongini, o'z-o'zini anglash darajalarini oshirish;
aholiga yangi va rang-barang axborotlar berib turish;
nogironlar, mehnat qobiliyatini yo'qotganlar va yolg'izlarga ma'naviy
yordam ko'rsatish.
Madaniy-ma'rifiy muassasalar quyidagi prinsiplar (tamoyillar) asosida ish olib boradi:
hayotiylik va haqqoniylik;
xalqchillik, milliylik va umuminsoniylik;
ommaviylik va ixtiyoriylik;
ilmiylikva ijodkorlik.
Madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyati mazmunida insonparvarlik, axloqiylik, imon-e'tiqodlilik, farosatlilik, ma'rifatparvarlik, haiollik va odillik,
vatanparvarlik va millatsevarlik, birodarparvarlik, baynalminallik, mehnatsevarlik, hurfikrlilik, taraqqiyparvarlik kabi insoniy fazilatlar o'z aksini topadi.
Madaniy-ma'rifiy muassasalar o'z faoliyatida quyidagi ish shakllaridan foydalanadi: ma'ruza, ilmiy va ijodiy konferensiya, munozara, ijodiy uchrashuvlar, ilmiy bahslar, dam olish kechalari, mavzuli kechalar, o'tkir zehnlilar bahslashuvlari. teatrlashgan konsert. ommaviy tomosha, marosim, sayil, bayram, festival, ko'rgazmalar, ko'rik-tanlovlar, sayohat, madaniy sayr, ekskursiyalar, olimpiada, qiziqarli o'yinlar, badiiy-sport tadbirlari, targ'ibot-tashviqot guruhlari chiqishlari, badiiy havaskorlik to'garaklari uyushmalari va hokazolar.
Madaniy-ma'rifiy muassasalar o'z ish faoliyatida quyidagi vositalardau foydalanadi:
jonfi so'z, hujjatli manbalar, matbuot va hokazo;
badiiy vositalar (badiiy so'z, musiqa, raqs, teatr, adabiyot);
tasviriy vositalar (taktifnoma, e'lon, dastur. afisha, bukJet, dastur,
emblema, baner va hokazolar);
texnik vositalar (radio, TV, audio, video, texnogen apparaturalar,
elektron axborot vositalari ) va boshqalar.
Madaniy-ma'rifiy muassasalar o'z faoliyatida quyidagi metodlar (usullar)dan foydalanadi:
tarbiyaviy usullar - ibrat, ishontirish, namuna, taqdirlash, tanqid qilish
metodlari;
ma'rifiy usullar — o'rganish, bayon qilish, mashq, namoyish metodlari;
tashkiliy va faollashtirish usullari.
Madaniy-ma'rifiy muassasalari:
jamca va davlat tashkilotlari, kasaba uyushmalari;
ommaviy axborot vositalari;
diniy tashkilotlar;
o'quv yurtlari;
harbiy-mudofaa qismlari;
san'at muassasalari;
sport va dam olish maskanlari;
turizm tashkilotlari kabilar bilan hamkorlikda madaniy-ma'rifiy faoliyat
olib borishlari mumkin.
Madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyalining tnustaqillik davridagi ijobiy o'zgarishlari. Ma'lumki, sobiqsho'rolar davridagi madaniy-ma'rifiy muassasa faoliyatining asosiy maqsadi kommunistik mafkurani keng xalq ommasiga singdirib borishdan iborat edi. Istilochilarning maqsadi o'z mustamlakasidagi xalqlarning ma'naviy o'zligini yo'q qilish, uni siyosiy yakka mafkura — kommunistik g'oyaga bo'ysundirish bo'lib, mustaqil fikrlovchi millat vakillarini qattiq qoralashdan iborat edi.
Mustaqillik sharofati bilan madaniy-ma'rifiy muassasaiar milliy g'oya, o'zHkni anglash kabi masalalarga alohida e'tibor berishmoqda. Hozirgi kunda bu faoliyatning g'oyasi o'zligini anglagan, ma'naviy barkamot va ma'rifiy yetuk, komi! insonni tarbiyalashga, milliy o'zligiga, erkiga va haq-huquqlariga to'laqonli ega bo'lgan millat va xalq ommasiga xizmat qilishdan Lboratdir.
Madaniy-ma'rifiy muassasalar madaniy meros, milliy qadriyatlar, xalq an'analarini tiklashda Navro'z bayrami, Mustaqillik kuni, Hayit kunlari kabi diniy va xalq bayramlarini tashkil qilishda muhim o'rin tutmoqda. Xalqning orzu-intilishi, qiziqishini o'rganish, insonparvarlik, haqqoniylik, milliylik kabi tamoyillar madaniy-ma'rifiy ishlar mezoni bo'lib qolmoqda.
Keyingi yillarda respublikamizning qator viloyatlari (jumladan, Farg'ona, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm) madaniy-ma'rifiy ishlarga jiddiy e'tibor beraboshiashdi.
Respublika madaniy-ma'rifiy muassasalari (klubiar, kutubxonalar. muzeylar, istirohat bog'lari kabilar) aholining ma'naviy ehtiyojlarini qondirishda o'ziga xos xususiyatlar asosida turli usullar, shakllar va vositalar yordamida faoliyat olib boradiiar.
Klub muassasalari (klubiar, madaniyat uylari va saroylari) mahalliy joylarda aholining bo'sh vaqtini samarali o'tkazish, madaniy faoliyat bilan shug'ullanish, ijodkoriikni oshirish, bilim saviyasini boyitish va ma'naviy kamol topishiga o'zining munosib hissasini qo'shmoqda.
O'zbekiston madaniy-ma'rifiy muassasalariga ilmiy-uslubiy yordam berish vazifasini «Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma'rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi» bajarmoqda. Bu markaz respublika darajasidagi yirik madaniy-ommaviy tadbirlar, ko'rik-tanlovlar, festivallar o'tkazmoqda. Mazkur markaz boshchiligida madaniy-ma'rifiy muassasalar muammolariga oid ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar-yig'inlar, ilg'or tajriba targ'ibotlari, ijtimoiy tadqiqotlar, ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilmoqda va bu sohaning ravnaqiga o'z hissasini qo'shmoqda. Mustaqillik sharoitida bu tizim vakillari joylarda sobiq sho'rolar davrida taqiqlangan xalq an'analari, milliy marosimlar, bayramlar va xalq ijodi turlarini tiklash va targ'ib qilishga o'zining munosib hissalarini qo'shishmoqda. Shuningdek ular zamonaviy havaskorlik san'ati namunalarini ravnaq topishiga faol yordam berishmoqda.
O'zbekiston madaniy-ma'rifiy muassasalari keyingi davrda bolalar ijodiga alohida e'tibor bermoqda. Respublika klub muassasalarida 6 mingga yaqin bolalar jamoalari ishlab, ularda 200 mingga yaqin yosh avlod vakillari qatnashishmoqda.
Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufida Respublika Bolalar badiiy ijodiyoti markazi mavjud. Markaz mintaqada yashab ijod qilayotgan qobiliyatli bolalarni izlab topish, ular ijodini targ'ib qilish, tasviriy va xalq amaliy san'atiriing turli yo'nalishlari bo'yicha kasb-hunar o'rgatish bilan shug'ullanadi.
Madaniyat va istirohat bog'Jari Vatanimizda an'anaviy tabiiy-madaniy maskanlar sifatida azaldan mashhur bo'lib kelgan. Hozir ham bu go'zal maskanlar ko'pchilikning sevimli madaniy dam oladigan joylari hisoblanadi.
Mustaqillik yillari xalqimizning madaniy bog'dorchilik an'analari tiklan-moqda. Madaniyat va istirohat bog'larida ajdodlarimiz tajribalari asosidagulzor, xiyobon, chorbog' yaratish an'analaridan foydalanilmoqda. Respublikamizda nafaqat tarixda mashhur bo'lgan bog'lar, masalan, Samarqanddagi Amir Temur bog'lari tikianmoqda, Shuningdek Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi milliybog' kabi mashhur yangi bog'lar barpo ctilmoqda. An'anaviylik va zamonaviylikni uyg'unlashtirgan yangi bog'lar Namangan, Farg'ona, Xorazm va boshqa viloyatlarda ham vujudga kelmoqda.
Respublikamizdagi 120 dan ortiq istirohat bog'larining 3/4 qismi, ya'ni 90 tasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida faoliyat ko'rsatmoqda.
Axborot-texnologiya markazlari va kutubxonalar aholini yangiliklar bilan tanishtirishga, ularning bilimlarini oshirish, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi. Kutubxonalar - Vatanimizda yozma yodgorliklar saqlanadigan joy sifatida qadim zamonlardan paydo bo'lib, hozirgi kunda bilimga chanqoq aholi qatlamlarini adabiyotlar bilan ta'minlovchi madaniy, ilmiy-ma'rifiy muassasalar sifatida xizmat qilmoqdalar. Kutubxonalar eng ezgu xizmat — ommaga kitoblar yordamida bilim tarqatish bilan shug'ullanishmoqda. Ulaming asosiy vazifalari adabiyotlarni yig'ish. saqiash va targ'ib qilish.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida kutubxonalarning moddiy-texnik bazasi birmuncha zaiflashgan bo'lsa-da, keyingi yillarda respublikamizda ma'naviy-ma'rifiy islohotlar natijalarida ular sezilarli darajada yaxshilanmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi Respublika davlat kutubxonasi O'zbekistonning barcha kutub.xonalari uchun ilmiy-uslubiy markaz hisoblanadi. U respublikamizdagi eng katta kitob uyi hisoblanib, uning umumjy fondi 5 millionga yaqin nusxani tashkil qiladi. Kutubxonaning yangi muhtasham binoga ko'chib o'tishi O'zbekiston madaniyati va ma'rifati tarixida o'ta muhim va quvonchli voqeabo'ldi.
Muzeylar tarixiy, tabiiy, moddiy, ma'naviy yodgorliklarni maxsus e'tibor berib to'plash, saqiash, o'rganish va targ'ib qiiish ilmiy-ma'rifiy muassasalari sifatida mustaqillik sharoitida munosib ravnaq topmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muzeylar faoliyatini yaxshilasli va takomillashtirish to'g'risida»gi (1998-yil, 12-yanvar) Farmoni O'zbekistonda muzeylar faoliyati va tizimini yanada takomillashtirish, ularning kishilarm axJoqiy kamolotidagi o'rnini oshirish, tarixiy merosni asrash, o'rganish va targ'ib qilish, muzeylardan milliy g'urur, Vatanga sadoqat tuyg'ularini shakllantirish yo'lida foydalanish, ularni malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kabi ishlarni amalga oshirishga zamin bo'lmoqda.
Respublikamizda hozir 50 ga yaqin muzeylar faoliyat ko'rsatmoqda. Mustaqillik davrida Toshkentda O'zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar davri davlat muzeyi, Andijonda «Bobur» yodgorlik kompleksi, Buxoroda Bahouddin Naqshband, Chelak tumanida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi, Quvada «Shahriston» tarixiy-me'morial majmuasi kabilar yaratildi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg'ona davlat muzey-qo'riqxonaiari ta'mirlandi. Xalq amaliy san'ati muzeyi, O'zbekiston Davlat san'at muzeylari boyitilmoqda. Bunday ishlar natijasida xalqimizning tarixiy xotirasi tiklanmoqda, millatimiz o'zligini anglamoqda.
Madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyatining hozirgi shakllari va mazmunini istiqlol yo'lidan odimlayotgan O'zbekiston xalqi ma'naviy hayoti, tarixiy-madaniy tajribasi, turmush tarziga, xalq ma'naviy muhitiga yanada muvofiqlashtirish, mavjud imkoniyatlardan va jahon tajribasidan keng foydalanish ma'naviyatimizni yanada ravnaq toptirish yo'lidagi dolzarb vazifalardandir.
VII BOB. O'ZBEKISTONDA FAN TARAQQIYOTI
O'zbekistonda ilm-fan qadimdan taraqqiy etib, unda astronomiya. matematika, tibbiyot, kimyo, to'qimachihk, me'morlik, ma'danshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunosh'k, adabiyotshunoslik rivojlangan. O'rta Osiyodan insoniyat tamadduni taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abbos ibn Sayd Javhariy, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy, Mahmud Koshg'ariy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ulug'bek, Ali Qushchi kabi ensiklopedist olimlar, mutafakkirlar yetishib chiqqan. O'zbekiston olimlari o'z ilmiy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qo'shib kelmoqdalar.
O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng mamlakatda ilm-fanga alohida e'tibor berildi. 1992-yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etildi. Jamiyat taqozo etgan yangi institutlar ochildi, talablardan orqada qolayotganlari tugatildi. Fan tuzilmasi keskin o'zgardi: ma'naviy fanlar hisoblanuvchi tasavvuf ilmi tiklandi, hadis biiimlariga yo'l ochildi, ziyolilar, talabalarning ruhiy dunyosi ancha boyidi, yangi oliy o'quv yurtlari, universitetlar tashkil qilindi; ilm ahli chet eldagi oiimlar bilan mustahkam ijodiy aloqalar o'rnatdi. Bularning natijasida tabiat va texnika-texnologiya haqidagi fanlar ham jahon andazasi darajasiga ko'tariia boshladi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz ilm-fani va ta'lim tizimini har tomonlama rivojlantirish, ming yilliklar davomida ko'hna va qadimiy zaminimizda yaratilgan boy ilmiy-madaniy merosni asrab-avaylash, uni yanada boyitish, milliy qadriyatlar va ana'analami tiklash, xalq xo'jaligining ustuvor tarmoqlarini ilg'or texnologiyalar, ilmiy zakovat natijalari bilan ta'minlash, yosh, iste'dodli olimlarni tarbiyalash bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
Fan va innovatsiya faoliyati davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash ilmiy-texnika va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirishda, Shuningdek mamlakatning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanishni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Hozirgi zamon ilm-fanining bir qancha tarmoqlari bo'yicha ilmiy maktablar vujudga keldi, O'zbekiston olimlarining nomlari mamlakatimizdan tashqarida ham mashhur bo'ldi.
Ilmiy ishlar ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlar, Shuningdek universitetlar va boshqa oliy o'quv yurtlarida ham oJib boriladi. Respublikadagi 350 dan ortiq muassasani, jumladan, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o'quv yurtlaridagi ilmiy tadqiqot bo'linmalari, loyiha konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy ishiab chiqarish birlashmalari va tajriba korxonalari, axborot-hisoblash markazlarini o'z ichiga oladi. Hozirgi kunda 34 mingdan ortiq ilmiy xodim fanning turli tarmoqlarida faoliyat ko'rsatmoqda; utardan 2,4 mingi fan doktori va 8,4 ming kishi fan nomzodidir. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga tajriba oshirishga yuborishga alohida e'tibor berildi.
O'zbekiston Respublikasida bosh ilmiy tashkilot bu Fanlar akademiyasi va lining tizimidir Nukus va Samarqandda Fanlar akademiyasining boiimlari, Buxoroda ilmiy markazi, Urganchda Xorazm Ma'mun akademiyasi ochilgan. Ilmiy kadrlar Fanlar akademiyalari tizimida, Shuningdek oliy o'quv yurtlari, xalq ta'limi tizimida tayyorlanadi.
Fanlar akademiyasi2 fan. texnika, madaniyat va ma'rifat sohasida fundamental va amaliy hamda innovatsion tadqiqotlarni amalga oshiruvchi, ilmiy ishlanmalarni muvofiqlashtiruvchi va ularga samarali rahbarlikni ta'minlovchi, davlatning intellektual, iqtisodiy va ma'naviy salohiyatini yuksalishiga qaratilgan fan va keng qamrovli ilmiy yaratuvchi yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etuvchi mamlakatning oliy ilmiy tashkiloti. Fanlar akademiyasining 2020-yilgacha boigan istiqbolli rivojlanish konsepsiyasi va
ilmiy-tadqiqot institutlarida ishlangan fan sig'imli texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga joriy etishni jadallashtirishga alohida e'tibor berilmoqda,1
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan ilm-fan taraqqiyotining buyuk mutafakkirlari Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Forobiy, Ismoil Buxoriy, Imom Moturidiy, Ahmad Yassaviy, Abdulxoliq G'ijdjvoniy, Bahouddin Naqshband, Burhoniddin Marg'inoniy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy va bosliqa ko'plab buyuk allomalar ijodiga oid asarlar yaratilmoqda.
Eng noyob obyektlar sirasiga kiradigan Maydanak observatoriyasi, o'n megavattli yadroviy tadqiqot reaktori, siklotronlar, qudratli lazer qurilmalari, katta quyosh sandoni, kimyoviy va biologik majmualar, botanika bog'i, «Uzsci.net» axborot tarmog'i va boshqalar olimlarga tabiat qonuniyatlarini o'rganishda, materiya va modda sirlarini ochishda, dunyoviy hodisalami tadqiq etishda beqiyos imkoniyat yaratmoqda. Ayniqsa, olimlaming tibbiyot va genetika yo'nalishlaridagi muvaffaqiyatlari diqqatga sazovor. Xorijdan olinayotgan dori-darmonlar o'rnini to'la bosadigan va bugungi kunda davolashda keng qo'llanilayotgan tibbiyot preparatlari, jumladan, 40 ga yaqin turdagi mahalliy dori vositalari, yangi asbob-uskunalar, serhosil va ertapishar g'o'za navlari, xususan. ilk bor gen muhandisligi usuli bilan transgen g'o'za o'simligi yaratildi. Kimyo sohasida yangi tabiat qonuni ochildi va qattiq jismlar fizikasi sohasida optik solitonlar nazariyasi yaratildi. Quyosh energiyasidan foydalangan holda yuqori haroratga chidamli oksid materiallarni olish texnologiyasi, effektiv qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi kurashish vositalarini tayyorlash, yangi turdagi o'g'itlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Shu bilan birga xalqimizning ma'naviyatini boyitishga. milliy istiqlol g'oyasini tadqiq etishga salmoqli uhish qo'shmoqda. Arxeologlarning qadimiy sivilizatsiya bevosita hududimizda ham bo'lganligini isbotlovchi kashfiyotlarida, tarixchilarining asosli faktlar va ko'plab manbalarga tayangan holda xalqimiz hamda davlatchiligimizning tarixiy ildizlari ko'p ming yilliklarga bonb taqalishi haqidagi yangi-yangi tadqiqotlarda o'z ifodasini topmoqda.
Ko'pjildli O'zbekiston Respublikasi Milliy cnsiklopediyasi, O'zbek tilining 5 jildli fundamental izohli lug'ati yaratildi, 3 jildli O'zbekistonning yangi
tarixi nashr etildi. "O'zbekiston davlatchiligi tarixi"ning l-jildi nihoyasiga yetkazildi. "O'zbekiston milliy davlatchilik tarixining hnquqiy asoslari" va "O'zbek xalqining qadimiy e'tiqod va marosimlari" nomli monografiyalar chop etildi. Fanlar akademiyasi institutlari va muzeylarida saqlanayotgan nodir qo'lyozmalar fondi, folklor namunalari, yozuvchilar arxivlari, adabiyot, tarix, qadimiy geografiya, lingvistika, falsafa va iqtisodning muhim yo'nalishlari bo'yicha keng ko'lamli tadqiqotlarolib borish uchun katta manba sifatida xizmat qilmoqda.
Ilmiy-fan sohasi nashriyotchilik ishlari, asosan, «Fan» nashriyoti orqali amalgaoshiriladi. Hozirda nashr etilayotgan "O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ma'ruzalari", "Geliotexnika", "Tabiiy birikmalar kimyosi", "Informatika va energetika muammolari O'zbekiston jurnali", "Mexanika muammolari O'zbekiston jurnali", "O'zbek tili va adabiyoti", "O'zbekiston biologiya jurnali", "O'zbekiston kimyo jurnali", "O'zbekiston matematika jumali", "O'zbekiston tarixi", "O'zbekiston fizika jurnali", "O'zbekistonda ijtimoiy fanlar" ilmiy jurnali, ''Fan va turmush" ilmiy-ommabop jurnaHari shular jumlasidan.
Mamlakat olimlari zamonaviy fanning ko'p yo'nalishlari bo'yicha muhim va amaliy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Jahon darajasidagi ilmiy maktablar tashkil etilgan va ular fanning yirik yo'nalishlari bo'yicha tadqiqotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqdalar. Matematika, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika, fizika kabi fanlar bo'yicha qator yutuqlarga erishilmoqda. O'zbek olimlarining astronomiya, osmon yoritqichlari harakatini o'rganish bo'yicha ishlari butun dunyoda e'tirof etildi. Ular tomonidan birinchi marta yulduzli osmonning eng aniq xaritasi tuzildi. Kitob xalqaro kenglik stansiyasida ishlayotgan olimlar Italiya hamda Yaponiya ofim va mutaxassislari bilan birgalikda Yer qutblari o'rnining o'zgarishini o'rganmoqdalar. Mineral xomashyo zaxiralari hosil bo'lishiga olib keladigan geologik jarayonlar qonuniyatlarini o'rganish bilan bog'liq bo'lgan tadqiqotlar, shuningdck, tektonika, geofizika, seysmologiya va Yer to'g'risidagi fanning boshqa sohalari bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar tahsinga sazovor. Respublikageologlarining yerqatlamini geol.-geofizika va geokimyo nuqtayi nazaridan kompleks o'rganish bo'yicha olib borgan ishlari O'zbekistonda kuchli mineral xomashyo bazasini vujudga keltirish imkoniyatini yaratdi. Geolog olimlar yirik foydali qazilma konlarini qidirib topish, o'rganish va o'zlashtirishda bevosita ishtirok etdilar.
Respublikada yadro va elementar zarralar fizikasi, radiatsion fizika va materialshunoslik bo'yicha yirik tadqiqotlar keng taraqqiy etdi. O'zbekiston hozirgi vaqtda radiatsion materialshunoslik va geliomaterialshunoslik yo'nalishlari bo'yicha jahon miqyosida yuqori mavqega ega. Respublika radioaktiv izotoplar, jumladan. farmatsevtika preparatlari ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi markaz hisoblanadi. O'zbekistonda yuqori energiyalar fizikasi bo'yicha ilmiy maktab
vujudga keldi. Bu maktab doirasida yuqori darajadagi o'tga chidamli juda sof materiallar olish, yeyilishga o'ta chidamli, qimmatbaho konstruksion materiallaming o'rnini bosish xossasiga ega bo'lgan yuqori haroratli niateriallarni ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini yaratish bo'yicha ilmiy asos vujudga kelgan. Energiyaning noan'anaviy turini yaratish — Quyosh energiyasini kompleks va samarali energiyaga aylantirish hamda o'zlashtirish bo'yicha ishlar faol olib borilmoqda. Fanning yangi sohasi - nanotexnologiya bo'yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O'zbekiston FA Issiqlik fizikasi bo'limida nanotexnologiya markazi, Axborot texnologiyalari universitetida nanolaboratoriya faoliyat ko'rsatmoqda.
Jahon va Vatan tarixi, madaniy va ma'naviy meros, o'zbek tili, adabiyoti, xalq og'zaki ijodining tarixi hamda ulaming hozirgi taraqqiyoti bo'yicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Respublika intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish, xalqaro ilmiy-madaniy aloqalarni kengaytirishda tarixchi, arxeolog, etnograf, tilshunos va adabiyotshunos olimlar o'zlarining muayyan hissalarini qo'shib kelmoqdaiar.
Markaziy Osiyoda eng nufuzii, eng yirik ilm-fan markazi hisoblangan hamda o'zining ilmiy saiohiyati bilan xalqaro doirada katta obro'-e'tibor qozongan O'zbekiston Fanlar akademiyasi xodimlaridan 200 dan ortig'i respublikaning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan. O'zR FA akademigi M.S.Abdul-laxo'jayeva 2006-yilda va Qoraqalpog'iston bo'limi Tarlx, arxeologiya va etnografiya instituti bo'lim boshlig'i G'.Xojaniyazov 2008-yilda "O'zbekiston Oahramoni" oliy unvoni va "Oltin yulduz" medaliga sazovorboiishgan. Ilm-fan sohasida yuksak muvafTaqiyatlarga erishgan olimlar Al-Xorazmiy {1992-yilda ta'sis etilgan), Zahiriddin Muhammad Bobur (1993-yilda ta'sis etilgan), H.Abdullayev (1993-yilda ta'sis etilgan) nomidagi medallar bilan t aqdirlanmoqdalar.
XULOSA
Ma'lumingizkim, kitobda madaniyat nazariyasi, o'zbek madaniyati tarixi, mustaqillik yillaridagi madaniy yutuqlarga to'xtaldik. "Sutdan qaymoq ajratib olinganidek", endi ishning xulosa qismida bayon qilingan qaydlarimizning eng muhimlarini e'tiboringizga havola etmoqchimiz.
Ildizi uzoq tarix qa'ridan boshlanadigan Vatanimiz madaniyati nihoyatda boy va rang-barangdir. O'lkamiz eng qadimgi davrlardan boshlab jahon madaniyati o'choqlaridan biriga aylangan. Tarixda o'chmas iz qoldirgan olimu fuzalolar, davlat arboblariyu sarkardalar dunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qo'shgani bilan haqli ravishda faxrlansak arziydi. Vatanimiz hududidagi minglab arxeologiya, madaniyat va san'at yodgorliklari jahonda mashhur ekanligi hech kimga sir emas. Shuning uchun ham Vatanimiz madaniyat xazinasini qancha
ko'p o'rgansak, shunchalik kamlik qiladi. Kcyingi vaqtlarda ko p jildli tarix kitoblari bilan bir qatorda qisqa tarixlar yozish odat tusiga kirmoqda. Shularni hisobga olgan holda minglab yillarni o'z icliiga olgan tarixiy madaniyatimizni qisqa bo'lsa-da, davrlarga ajratib o'rganishga harakat qildik.
Birinchi davr - paleolit (tosh) davri. O'zbekiston hududida ilk paleolit davri odamlari yashagan manzilgohlar Farg'ona vodiysining So'x tumanidagi Selung'ur g'oridan va Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko'lbuloq makonidan topUgan va o'rganilgan. Olimlar Selung'ur g'orida bundan 1,5 million yillar ilgari odamlar yashagan degan xulosaga keldilar.
O'rta paleolit - Muste davri bundan 100-40 ming yillar avvalda Teshiktosh (Surxondaryo)dan topilgan juda ko'p tosh qurollar, turli hayvon suyaklari hamda neandertal bolaning skeleti g'orda yashovchi odamlarda o'ziga xos sodda madaniyat asoslari vujudga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ibtidoiy teshiktoshliklar olovdan samarali foydalana olganlar. 9 yoshli neandertal bola dafn etilgan qabrdan har xil buyumlar va tog' echkisi shoxining topilishi o'sha davrlarda diniy tasavvurlar paydo boiganini tasdiqlaydi. Tesliiktoshliklar e'tiqodi bo'yicha tosh va shox murdani himoya qilgan. Omonqo'ton g'ori, Qo'tirbuloq (Samarqand viloyati), Obirahmat va Xo'jakent (Toshkent viloyati), Boqirg'on darasi (Farg'ona vodiysi), Uchtut (Navoiy viloyati)ga oid topilmalar odamlar to'da bo'lib yashab, ovchilik bilan hayot kechirgani, ov qurollaridan foydalangani, shu bilan birga ovchilik o'yinlari (ovga tayyorgarlik ko'rish mashqlari) ham paydo bo'lgani haqida ma'lumot beradi. Qoya va g'or devoriarida ibtidoiy odamlar chizgan tasvir-rasmlardan ma'lum bo'ladiki, bu davrdan boshlab odamlar o'simlik va hayvonot dunyosini tushunishga harakat qilganlar, ularning ongi, harakatlari. marosimlarida fetishizm - odam uchun kerakli narsalar (masalan, yog'och va tosh qurollar)ning muqaddasligiga ishonish; animizm - tabiatdagi barcha hodisalar, jismlar, hayvonlarning joni borligi va mhga ishonish, ularning ilohiy kuchiga sig'inish; totemizm - hayvon va o'simlikJar bilan kelib chiqishimiz bir, deb ularni muqaddaslashtirish va sig'inish; m a g i ya - ilohiy kuch yordamida atrofdagi barcha hodisalar, predmet va jonzotlarga ta'sir g'oyalari paydo bo'ldi.
So'nggi paleolit miloddan taxminan 40-12 ming yillar avvalgi davrda Samarqand makoni, Krasnovodsk (Turkmaniston), Ohangarondan topilgan ashyolar (mehnat qurollari)da esa san'at (badiiy bezak) izlari, belgilari ko'zga tashlanadi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, shu davrdan boshlab ayollar urug'i hukmdorligi (matriarxat) boshlangan bo'lib, ayollar katta mavqega ega bo'lgan, mansab, nasl (avlod) va mulk ona urug'i bo'yicha meros bo'lib o'tgan. Erkaklar ayollarga bo'ysungan. Matriarxat davrida ayollar turmushiga xos madaniyat ustuvor bo'lgan. Shu bilan birga, o'sha davrlardan boshlab bola tarbiyalash, ro'zg'or yuritish, taom tayyorlash kabi vazifalami bajarishda ayollar asosiy
o'rin tutgan. Ov qilish erkaklar vazifasi bo'lsa-da, ovdan keyingi barcha tadbirlarda ayollar asosiy o'rin tutgan. Ayollar boshchiligida ovchi erkaklar ishtirokida ov, hayvonlarga bag'ishlangan maxsus marosimlar, tomoshalar uyushtirilgan.
Mezolit davri (mil. av. 12-7 mingyilliklar). Machay g'ori (Surxondaryo), Obishir (Farg'ona vodiysi)ga oid madaniy topilmalar diqqatga sazovordir. Bu davrda ov va mehnat qurollari takomiliashib, kamon va yoydan samarali foydalanilgan, termachilik, ovchilik, baliqchilik bilan shug'ullanish ravnaq topdi va bu mashg'ulotlarga oid odatlar paydo bo'ldi.
Neolit «yangi tosh» davri (mil.av. 6-4 mingyilliklar)da Markaziy Osiyo xalqlari hayoti va madaniyatida ulkan o'zgarishlar sodir bo'ldi: qabilalar termachilik, ovchilik, baliqchilik kabi o'zlashtiruvchi xo'jalikda band bo'lishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish xo'jaligiga ham o'tdi: hayvonlar xonakilashtirildi, dehqonchilik paydo bo'ldi. Mazkur davrdagi Kaltaminor (Xorazm) madaniyati alohida ahamiyatga egadir. Uzunko'l, Tayloqko'l (Farg'ona vodiysi), Jonbosqal'a (Qoraqalpog'iston), Tuzkon (Buxoro) va boshqa joylardagi yodgorliklar tahlili shuni ko'rsatadiki, bu davrda ikki daryo oralig'ida odamlarning turmush tarzi ancha taraqqiy etib, rivoj topdi, to'qimachilik, kemachilik paydo bo'ldi, sodda dehqonchilik shakllandi, qabila uyushmalari vujudga keldi.
Eneolit (mis) davri (mil. av. 4-3 mingyilliklar yodgorliklari: Zamonbobo (Buxoro), Tozabog'yob, Amirobod (Xorazm), Chust (Namangan), Sopotlitepa (Surxondaryo) topilmalari bu davrga kelib Markaziy Osiyo xalqlari hayotida qator o'zgarishlar bo'lganidan, jumladan, odamlarning turmush tarzi va madaniyati ravnaq topganidan guvohlik beradi. Bu davrda chorvachilik rivojlanadi, o'troq dehqonchilik shakllanadi. sun'iy sug'orishga asoslangan yerlar o'zlashtiriladi, bug'doy, arpa, tariq, suli kabilar ekiladi.
Ikkinchi davr - eramizgacha I ming yillikning birinchi yarmi. Miloddan oldingi VII-IV asrlarda O'rta Osiyodayangi tipdagi shahar madaniyati shakllana boshladi. Jumladan, Sopollitepa, Jarqo'ton (Surxondaryo); Anov, Namozgoh, Oltintepa (Turkmaniston); Xorazm, Marokanda, Kiroshota kabi joylarda qal'a-shaharlarning qurilishi o'sha davrga xos yuksak madaniyat manzilgohiarini vujudga keltirdi. Qal'alaratrofining o'ralishi. shaharlarda o'ziga xos memorlikning bunyod etilishi, dehqonchilikdan hunarmandchilikning ajralib chiqishi, turli kasb-hunarlarning ravnaq topishi, sodda savdo-sotiqning taraqqiy etishi, bozor atrofida turli madaniy-maishiy maskanlar, tomoshagohlarning paydo bo'lishi, aholining uy-ro'zg'orga, kiyinishga alohida e'tibor berishi - bularning hammasi shahar madaniyatining kamol topishiga jiddiy zamin yaratdi.
Miloddan oldingi II asrda O'rta Osiyodan yirik karvon yo'Uari o'ta boshladi, keyinchalik u «Buyuk Ipak yo'li» deb nom oldi. Buning natijasida dala-cho'l
yo'llarida sardobalar, shaharlarda rabotlar (mehmonxona), karvonsaroylar qad ko[tara boshladi.
Markaziy Osiyo xalqlarida qadimdan mavjud bo'lgan turli diniy qarashlar (totemistik, politeistik, magik kabilar) zamirida Zardushtiylik dini keng tarqaldi. Bu dinning muqaddas kitobi «Avesto» o'sha davrniiig muhim manbasiga aylandi. Old Osiyoda paydo bo'lgan Oromiy yozuvi ta'sirida Xorazm, So'g'd va Baqtriy yozuvlari paydo bo'ldi.
Xalq ijodi (baxshichilik, dostonchilik, ertakxonlik), amaliy ijod turlari. xalq o'yinlari, san'at turlari (tomosha, raqs, musiqa), mavsumiy marosim-bayramlar keng rivoj topdi.
Markaziy Osiyo tarixidagi siyosiy-iqtisodiy o'zgarishlar hududdagi madaniy taraqqiyotga ham jiddiy ta'sir qildi. Miloddan avvalgi VJ-IV asrlar davomida O'rta Osiyo yerlarining ko'pchilik qismida eronlik Ahamoniylar sulolasi hukmronlik qilgan. Qadimiy eron madaniyatining mahalliy madaniyatga ta'sirini kuchaytirdi. Bu davrdan boshlab O'rta Osiyoda qadimiy eron tili, odatlari, e'tiqodlari keng tarqaldi.
Uchinchi davr — eramizgacha FV asr oxiri — eramizning IV asri. Miloddan avvalgi 329-327-yiliarda O'rta Osiyo janubi-g'arbiy qismini Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) bosib oldi va grek-makedon hukmdorligi 150 yil davom etdi. Grek-makedonlar ham O'rta Osiyo madaniyatiga o'z ta'sirini o'tkazdi. Jumladan, hududda ham yunon arxitekturasi, haykaltaroshlik san'ati. teatr tomoshalari paydo bo'ldi. Bu ta'sirni O'rta Osiyo janubida paydo bo'lgan Yunon-Baqtriya davlatida yaqqol sezsa bo'Iadi. Natijada, janubda yunon va baktriya madaniyatlari uyg'unlashuvidan Yunon-Baqtriya madaniyati vujudga keldi.
Milodiy asr boshlanishi arafasida Kushon podsholigi (1-1V asrlar) vujudga keldi va u borgan sari kengayib (O'rta Osiyo, Afg'oniston, Shimoliy Hindistonni o'z ichiga oladi), o'sha davrda dunyodagi 3 yirik imperiya qatoriga qo'shildi. Kushon davri madaniyati insoniyat tarixida o'zining munosib o'rniga ega. Me'morchilik, haykaltaroshlik, devoriy rangtasvir, temir, tosh, suyakdan yuksak badiiy saviyadagi asarlar yaratish Kushon madaniyatining tarkibiy qismiga aylandi.
V-VI asrlarda turkiy jangovar ko'chmanchi qabilalar birlashmasi asosida vujudga kelgan Eftalitlar daviatida dehqonchitik va hunarmandchilik madaniyatiga alohida e'tibor berilgan, ulkan me'morchilik inshootlari bunyod qilingan, rangli shishadan turli idish va san'at asarlari yaratilgan, tanga pul zarb etisb yuqori darajaga ko'tarilgan.
To'rtinchi davr - VII asrning ikkinchi yarmidan — VII! asr, Bu asrlarda arablar O'rta Osiyoni bosib olgandan so'ng islomiy madaniyat - arab yozuvi, isloni dini, odatlari va bayramfari O'rta Osiyo madaniyatiga aylandi. Madaniy obidalar (masjid, madrasa, maqbara, namozgoh kabilar) qurildi va ularda ma'naviy-ma'rifiy faoliyatlar olib borisii tajribasi hamda usullari yo'lga qo'yildi.
Islomgacha mayjud bo'lgan madaniyat yodgorliklari, otashparastlik va boshqa dinlar bilan bog'liq rasm-rusumlarga qarshi kurash olib borildi.
Madaniyat arablar keigunga qadar yuqori darajada rivojlangan bo'lsa-da, biroq bu ulkan hudud aholisini birlashtiradigan yagona hokimiyat va yagona mafkura yetishmas edi. Islom Markaziy Osiyo xalqlarini ma'naviy jihatdan birlashtirib, bu hududda yangi dunyoviy madaniyatning ravnaq topishiga asos soldi.
Beshinchi davr — IX-XII asr. Bu davrda Movarounnahrda ilm-fan taraqqiy etdi. Jahonga mashhur tasavvuf ilmi vujudga keldi. Yassaviya, Naqshbandiya, Kubroviya, Bektoshiya, Uvaysiya, Suhravardiya kabi tariqatlar keng tarqaldi. IX-XII asrlar mobaynida ma'naviy madaniyat gullab-yashnadi. Falsafa, riyoziyot (matematika), falakiyot (astronomiya), jug'rofiya (geografiya), tibbiyot (meditsina) kabi fanlar ravnaq topdi. Dunyoviy kashfiyotlar (algebra-a!-jabr asoslari, yerning sharsimonligi, tibbiyot qonunlari kabilar) yurtimizda yaratildi. Buyuk matematik, astronom va geograf, aljabr ilmining otasi -Muhammad al-Xorazmiy, «Shayx ur-rais». «Donishmandlar sultoni*, «Tabiblar Shohi» kabi buyuk va mo'tabar nomlarga sazovor Abu Ali ibn Sino, qomusiy bilimlar sohibi, umumjahon fani va madaniyatiga bebaho hissa qo'shgan Abu Rayhon Beruniy, ikkinchi Arastu nomi bilan mashhur, jahon falsafa, musiqa va matematika ilmlari poydevorini tiklagan Abu Nasr Forobiy, Navoiy ta'biri bilan aytganda, ko'zi oldida osmon past boMgan Mirzo Ulug'bek, islom madaniyati va ilmida juda katta o'rin rutgan Xoja Ismoil Buxoriy, Ahmad Yassaviy, turkiy adabiyot sultoni Hazrat Alisher Navoiy, ham qalam, ham jang maydonida ko'rsatgan jasorati bilan mashhur Bobur Mirzo shu tuproq farzandlaridir.
Oltinchi davr - XIV-XVI asr boshi. XIV-XV1 asrlar Temuriylar davrida Markaziy Osiyoda yuksak dunyoviy madaniyat vujudga keldi. Temur yordami bilan «Karvon yo'llari»ning tiklanishi hamda Samarqandda olamga mashhur olimu fuzalolar, shoirlar, me'moru hunarmandlarning to'planishi natijasida yurtimiz jahon madaniy markazlaridan biriga aylandi. Temur davrida me'morchilik, naqqoshlik, zargarlik, o'ymakorlik, kulolchilik, oynasozlik, xattotlik, adabiyot hamda ilm-fan rivoj topdi. Samarqand va uning atrofida jahonga mashhur bogiar vujudga keldi. Kutubxonalar, rasadxonalar. madrasa, maqbaralar qurildi. Temur nevarasi Ulug'bek yaratgan «Yulduzlar xaritasi* jahon falakiyot Lhniga munosib hissa bo'ldi. Ulug'bek observatoriyasi dunyodagi eng ilg'or ilmiy inshootlaming biriga aylandi. Ulug' mutafakkir shoir Alisher Navoiyning ijodi va faoliyati tufayli o'zbek adabiyoti va adabiy tilining martabasi yuksak darajaga ko'tarildi.
Yettinchi davr - XVII-XIX asr boshi. Xonliklar davrida san'at, adabiyot va ilm-fan rivojlandi. Harbirxonlik madaniyati o'ziga xos tarzda, ko'rinishda va shakllarda namoyon bo'ldi. Qo'qon xonhgida jo'shqin adabiy muhitning
vujudga kelganligi jahonga mashhur ko'ptab shoir va shoiralaming yetishib chiqishiga zamin yaratdi. Bu davrda o'zbek teatr san'atining asosiy turlari: masxarabozlik, qiziqchilik, qo'g'irchoqbozlik va dorbozlik rivoj topdi. Raqs san'ati sohasida Farg'ona, Xorazm va Buxoroning o'ziga xos uslublari yaratildi. Ayniqsa, Farg'onada «Katta o'yin», «O't o"yin», Buxoro-Samarqandda «Chavki» kabilar xalq orasida keng shuhrat qozongan. O'zbek musiqa san'atining maishiy, marosimiy, tarixiy kabi turlari keng tarqaldi. Muayyan vaqtda ijro etiladigan to'y («Yor-yor»), mehnat («Mayda», «Yozi»), motam («Yig'i», «Sadr») qo'shiqlari hamda istalgan vaqtda kuylanadigan terma, qo'shiq, lapar, alia, ashula, yalla kabilar xalq orasida mashhur bo'lgan. Xorazm, Buxoro, Farg'ona, Toshkent maqomlari yuqori mumtoz san'at turiga aylandi. Xalq cholg'u asboblari ichida g'ijjak, sato. qo'biz, do'mbira, dutor, tanbur, rubob, ganch, sibizg'a, nay. qo'shnay, sumay, karnay, doira, nog'ora kabilar musiqa ijrochiiik san'atining ravnaq topishida asosiy o'rin tutdi.
Sakkizinchi davr - XIX asr oxiri va XX asr. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi tomonidan O'rta Osiyoning bosib olinishi o'zbek madaniyatiga jiddiy ta'sirko'rsatdi. Islilochilaro'zmadaniyatinijoriyetishga intilditar. Biroq bu hodisaga nisbatan mahalliy ziyoiilar orasida turli qarashlar, siyosiy-madaniy oqimlar paydo bo'ldi. Din arboblan sof islom an'analari va qadriyatlarini boshqa madaniyat ta'siridan saqlashga va Yevropa madaniyatiga qarshi kurashga intildilar. Mahalliy ziyoiilar orasida paydo bo'lgan jadidchilik harakati namoyandalari madaniyat va ma'rifat usullarini milliy asoslarda yangilash va boyitishga harakat qildilar. Oktabr to'ntarishidan so'ng nigilistik qarashga ega vakillar «proletkult» oqimini vujudga keltirdilar. Proletkultchilar milliy madaniyatni tag-tomiri bilan qo'porib, mutlaqo yangi madaniyat barpo etish g'oyasini ilgari surdilar.
XIX asr oxiri XX asrning birinchi yarmida o'zbek madaniyatiga qator yangiliklar kirib keldi. Yevropa ti pidagi klub, muzey, teatr, sirk, opera, balet, xor, orkcstr, estrada kabi shakllar mahalliy madaniy hayotda o'z o'rnini topa boshladi. Joylarda ko'p janrli havaskorlik ijodi taraqqiy etdi. Madaniyat va san'atni targ'ib qilishda ommaviy axborot vositalari — radio, matbuot, televideniye muhim o'rin egallay boshladi.
Sobiq sovet hokjmiyati davrida muayyan ishlar amalga oshirilgan bo'lsa-da. biroq milliy ong, xalq an'analari, ma'naviy qadriyatlarga qarshi kurash olib borildi. Natijada o'zbek xalq an'anaviy madaniyati o'z «tomirlari»dan kerakli kuch ololmay, yaxshi taraqqiy eta olmadi.
To'qqizinchi davr — 1991-yildan to bugungi kungacha. O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgandan so'ng ajdodlarimiz tomonidan ming yilliklar ichida yaratilgan bebaho meros xalq an'anaviy madaniyatini tiklash, saqlash va taraqqiy ettirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillikning ilk yillaridayoq O'zbekiston xalqaro subyektga aylanib, 1992-yilda BMTga,
1993-yilda YUNESKOga a'zo bo'ldi. YUNESKO qaroriga muvofiq Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, Samarqand shahrining 2750 yilfigi, Qarshi shahrining 2700 yilligi, Marg'ilonning 2000 yilligi, Toshkent shahrining 2200 yilligi keng nishonlandi. Milliy bayramlar, urf-odatlar va diniy qadriyatlar qayta tiklanmoqda, zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk tarixiy shaxslar va mutafakkirlarning meroslari o'rganilib, nomlari e'zozlanmoqda. Ahmad Farg'oniy, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Ulug'bek, Navoiy kabi mutafakkirlarning yubileylari o'tkazildi. Yangi ma'naviy-g'oyaviy yo'nalishlar shakllandi. Bu ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojining yanada jadallashishiga olib kelmoqda. Tarixiy-falsafiy, ma'naviy, axloqiy qadriyatlaming keng qatlamlarini qayta idrok etish g'oyalari, yangilanish tamoyillari me'morlik, tasviriy va amaliy bezak sohalarida, musiqa va tomosha san'atlarida, badiiy va hujjatli kino, televideniye tizimida yaqqo! namoyon bo'lmoqda.
Xalqimiz tarixlar silsilasida o'zining irodaliligi, barqarorligi, bir butunligi bilan katta bosqinlar, mustabidchilik, zulm iskanjasidan mardonavor o'z imon-e'tiqodiga suyanib omon chiqib kela oldi.
Bu jasur, matonatli xalq o'z metin irodasini, bardoshini avlodlarga yuksak milliy qadriyatlari, me'moriy obidalari, urf-odatlari qatorida meros qoldirib kelgan. Istiqlol yorug' tong kabi milliy qadriyatlar ravnaqiga keng yo'l ochmoqda.
Bugun O'zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga dadil qadamlar bilan kirib borishida, yoshlarimiz dunyoga o'zlarini namoyon qilishida ko'hna tariximizning, ajdodlar mumtoz ma'naviy va ma'rifiy merosining o'rni nihoyatda kattadir.
* * *
Faxrlanishimiz mumkinki, tarixda ajdodlarimiz madaniy taraqqiyot jihatidan jahon xalqlaridan ancha ilgarilab ketgan davrlari ko'p bo'lgan. Jumladan, dastlab miloddan avvalgi 1-mingyilliklar o'rtalarida Vatanimizda o'sha davrga mos qadimiy sivilizatsiya, ya'ni o'ziga xos shaharsozlik madaniyati, So'g'd, Xorazm, Baqtriya kabi davlatlar madaniyati, zardushtiylik va boshqa s'tiqodlar, o'nlab antiqa yozuv turlari, amaliy san'at namunalari ravnaq topdi va mashhur bo'ldi. Bu davrdagi ajdodlarimiz yutuqlari Sharq (Xitoy. Hindiston) va G'arb (Rum, Yunon) madaniyatlariga ham ma'lum edi va ularga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
Ikkinchi marta - 1X-XI1 asrlarda islom dini ta'sirida ilm-fan, ma'rifat taraqqiy etdi. Bu davrda Markaziy Osiyo (Buxoro, Samarqand) islom dinining o'ziga xos markaziga aylandi va bu o'lkada muhaddislik ilmi (imom Buxoriy, at-Termiziy), tasavvuf ilmi (Yassaviya, Kubroviya, Naqshbandiya tariqatlari) ravnaq topdi. Ahmad Farg'oniy, al-Xorazmiy, al-Forobiy, Ibn Sino, al-
Bcruniy kabi vatandoshlarimiz jahon ilm-fani va taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shdilar. Ajdodlarimiz asarlarining G'arb mamJakatlarida tarqalishi Yevropa uyg'onishi-renessansini vujudga keltirdi, ya'ni Yevropani ming yiHik «uyqu»dan uyg'otdi,
Uchinchi bor - X1V-XV asrlarda Temuriylar davrida Movarounnahrda ilm-fan, ma'rifat, adabiyot, san'at, me'morlik jadal rivoj topib, Buyuk saltanat poytaxti — Samarqand dunyoning madaniy markazlaridan biriga aylandi. Demak, tarixda ajdodlarimiz o'z yuksak madaniy darajasi bilan (vaqti-vaqti bilan bo'lsa ham), vatanimizda vujudga keltirgan eng ilg'or madaniyat tufayli jahon sivilizatsiyasiga o'zining munosib hissasini qo'shdi.
Tarixiy tajribada (jumladan, IX-XII asrlarda ham) ma'rifatga e'tibor berish — taraqqiyot «g'ildiragi»ni aylantirib yuborganidek, hozirgi davrda ta'Hm to'g'risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida boshlangan ma'rifiy islohotlar millatimiz ma'naviy darajasini ko'tarishda poydevor bo'lmoqda. Demak, ma'naviy omil (ilm-fan. ma'rifat, mafkura, siyosat, adabiyot, san'at, din kabilar) millatimizni yana yuksaklarga ko'tarishiga ishonchimiz komil.
Millat madaniyatini yanada yuksaltirish uchun jamiyatda mavjud bo'lgan salohiyat, layoqat, qobiliyatlardan foydalanish jiddiy ahamiyat kasb etadi. Millatning ichki ma'naviy imkoniyatlaridan foydalanish bilan bir qatorda millat vakillarining tashabbuskorlik, ijodkorlik faolligini oshirmoq zarur. Eng muhimi, ziyolilar ongi va ruhidagi yaratuvchilik salohiyatini jonlantirib. uning millat kamolotiga xizmat qildirish darkor. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek: «Xalq — bamisoli ulug' va sharafli yo'ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvon. Uni hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch — ma'naviyat bor. ...Har qaysi avlod undan kueh-qudrat, g'ayrat va ilhom olib, o'zining naqadar ulkan ishlarga qodir ekanini namoyon etadi».
Mustaqillik aynan Shunday ezgu ishlarni amalga oshirishga, madaniy rivojlanishga imkoniyat yaratibbermoqda. Respublikamizda amalga oshirilayotgan madaniy islohotlarning barchasi inson kelajagiga, ma'naviy kamolotiga xizmat qiladi. Aynan madaniyat insoniyat taraqqiyotini ta'miiilovchi bosh omillardan biri bo'lib xizmat qiladi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |