Xalq an'analari
Mustaqillikning birinchi yillaridanoq milliy qadriyatlar, xalq an'analarini tiklash O'zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan muhim vazifaga aylandi. Darhaqiqat, milliy an'analarni tiklash borasida amalga oshirilayotgan tarixiy ishlarimizning qamrovi juda kengdir. An'analar – xalqning tarixiy shakllanishi va rivojlanishi jarayonida yaratilgan va avlodlardan avlodlarga muqaddas meros sifatida o'tib kelayotgan bebaho ma'naviy boyligi hisoblanadi. Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchidir. Ajdodlarimiz an'analari barhayot bo'lishi uchun, eng avvalo, uni kelajagimiz bunyodkorlari-yoshlarimiz ongida barqarorlashtirish lozim. Yoshlar tomonidan ajdodlar an'analarini qadrlanmay qo'yilishi avlodlar o'rtasida ma'naviy uzilishni vujudga keltiradi.
Eng qadimiy xalqlardan biri hisoblangan o'zbeklarning an'analari tarixiy zaruriyat asosida vujudga kelgan, zamon chig'iriqlaridan o'tib, muhim ma'naviy qadriyat sifatida ravnaq topgan. Biroq avloddan avlodga o'tib kelayotgan xalq an'analari sobiq sho'rolar davrida jiddiy to'siqlarga uchragan bo'lsa ham, o'zbek xalqi mustaqillikka erishgandan so'ng, ularga ehtiyoj kuchayib, qayta tiklana boshlandi. Buning natijasida ilgari norasmiy nishonlangan an'analar jiddiy tadqiqot obyektlariga aylanib, milliy an'analar haqida qator kitoblar chop etilmoqda. Bu bejiz emas, atbatta. Chunki an'analar xalq ma'naviyatining tarkibiy qismi, muhim axloqiy qadriyat, tarbiya vositasi sifatida xizmat qilmoqda. Xalq an'analari, marosimlar jarayonida namoyon bo'layotgan odob-axloq, mehr-oqibat, izzat-ikrom kabi xislatlar yoshlar ma'naviyatini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Etnos-millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchiga aylangan. An’anaviy xalq bayramlarining tikianishi o'zbek madaniyati tarixida o'ta muhim voqea bo'lib qolmoqda. Chunki bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini o'zida mujassamlashtiradigan va aks ettiradigan ko'zgu sifatida xalq madaniyatining yirik va muhim shakli hisoblanadi. Shuning uchun azaliy madaniyatning eng qimmatli tomonlarini qoidalashtirishga zamin yaratildi.
Mustaqillikka erishilgandan so'ng O'zbekiston rahbariyati, eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklarini hisobga olib, azaliy bayramlarni tiklashga va yangi istiqlol bayramlarini shakllantirishga katta e'tibor bera boshladi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov Farmonlari asosida «Navro'z», «Ro'za hayiti», «Qurbon hayit»lari rasman tiklanib, xalq o'rtasida keng nishonlana boshladi. Shuningdek istiqlolni sharaflaydigan bayramlar «Mustaqillik kuni» va «Konstitutsiya kuni» joriy etildi. O'z navbatida, O'zbekiston rahbariyati sho'ro davrida paydo bo'lgan barcha bayramlarni taqiqlamadi. Ular orasida umuminsoniy g'oya va qadriyatlarni targ'ib qiluvchi «Yangi yil bayrami». «Xotin-qizlar bayrami kabilar saqlab qolindi.
Hozirgi vaqtda O'zbekistonning asosiy davlat bayramlari asosan shakllangan bo'lsa-da, azaliy bayramlarni tiklash jarayoni tugagan, deb hisoblash noto'g'ri bo'ladi. Bu borada hali bajariladigan ishlar ham kam emas. Bir tomondan, azaliy bayramlar bilan birga ularga xos odatlar va an'analar tiklanishi darkor. Ikkinchi tomondan, mustaqillik davrida paydo bo'tgan tarixiy - ma'naviy qadriyatlar bilan ham boyitilmog'i lozim.
Xalq an'analariga oid tadqiqotlarimiz, chunonchi, Markaziy Osiyo xalqlarining ming yil ichidagi yuzga yaqin bayram va marosimlariga oid to'plangan ma'lumotlar tahlili natijasida quyidagilar ma'lum bo'ldi: insonning tabiiy-hayotiy ehtiyojlari asosida paydo bo'lgan marosim va bayramlar asrlar davomida o'z ahamiyatini yoqotmaydi. Ularga siyosiy vaziyatlar, turli davlat sulolalarining mahv etilishi, hukmdorlar, istilochilarning kelib-ketishlari, hattoki, hududdagi aholi tarkibiy o'zgarishlari ham ta'sir etmaydi. Ikkinchi turkum bayram-marosimlar esa ma'lum vaqtdan so'ng o'zgarishi yoki boshqa yangi bayramlar vujudga kelishiga asos bo'lishi mumkin. Uchinchi guruh marosim va bayramlar esa muayyan davr siyosati, davlat yoki hukmdorlarning xohish-irodasi sifatida vujudga keladi, o'shalar bilan birgalikda yashaydi va o'z tarixiy vazifasini bajarib bo'lganidan so'ng barham topadi.
Oilaviy marosimlar. Ma'lumki, oilaviy marosimlar o'zbek xalq an'analarining asosiy va muhim qismini tashkil etadi. Oilaviy marosimlarning aksariyati bolalar hayotidagi muhim voqealarga bag'ishlangani uchun ham yoshlarning ma'naviy kamol topishida muhim o'rin tutadi.
Ma'lumki, o'zbek xalqi - to'yparast xalq. U to'y qilaman, dasturxon yozib, el duosini olaman, boshqalarni quvonchimga sherik qilaman, degan maqsadda yashaydi. Shuning uchun to'y o'zbek millati hayotida muqaddas hodisa hisoblanadi. Biroq sobiq sovet davrida o'zbek oilaviy marosimlarining bir qismi taqiqlandi, taqiqlash mumkin bo'lmaganlari (masalan, «Nikoh to'yi») yangicha umumsovet an'analari asosida o'zgartirila boshlandi.
Mustaqillik sharoitida bu holatlarni to'g'rilash maqsadida oilaviy marosimlarning asosiy tadbirlari, chunonchi, «ismlash» odati, «chilla» udumlari, «soch to'yi», «tish to'yi», «beshik to'yi», «sunnat to'yi», «muchal yoshi», «nikoh to'yi kabilarni tiklash uchun yo'l ochildi. Oilaviy qadriyatlarning tiklanish jarayoni milliy-ma'naviy tiklanish jarayonidagi muhim hodisa bo'ldi. Ammo hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida, bir iqtisodiy holatdan ikkinchisiga o'tish paytida oilaviy marosimlarga oid muammoli hodisalar ham ko'zga tashlanmoqda. Masalan, ko'pgina iqtisodiy baquvvat oilalar ortiqcha dabdabali, haddan tashqari ko'p xarajatlar bilan isrofgarchilikka yo'l qo'yib to'y o'tkazsalar, kam xarajatli oilalar bolalarning rizqini qiyib, qarzga botib to'y qilishmoqda. Ko'pgina marosimlar, masalan. «Beshik to'yi», «Sunnat to'yi» oi!a, qo'ni-qo'shni va qarindoshtar o'rtasida o'tkazilishi o'rniga, dabdabali bayramga aylantirib yuborilmoqda.
Nikoh to'yiga oid «non sindirish», «kelin ko'rdi, «kelin chorlar», «kuyov chaqirdi» kabi odatlar alohida-alohida tadbirga aylanib ketmoqda. Ular ortiqcha dabdaba va katta xarajatsiz, ixcham shaklda, oila a'zolari, yaqin qarindoshlar ishtirokida o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Joylarda katta to'yga aylanib ketayotgan «Tug'ilgan kun», «Beshik to'y», «Sunnat to'y», «Payg'ambar yoshi» kabi marosimlar ham kichik, ixcham, oilaviy tadbir sifatida yaqin qarindosh va qo'ni-qo'shnilar ishtirokida nishonlashni taqozo etadi. Hozirgi davrda egalari o'z boyliklarini targ'ib qiladigan - «Kiyim ko'rdi», «Sarpo yozdi», «Tugun qaytdi», «Eshik ochdi kabi ortiqcha marosimlardan voz kechish kerak bo'ladi. To'yning moddiy tomoniga emas, balki ma'naviy jihatlariga alohida urg'u berish lozim bo'ladi.
To'y-bazmlarni mazmunli, fayzli, yaxshi badiiy saviyada o'tkazishga ham jiddiy e'tibor bermoq lozim. Joylarda shahar, tuman, xo'jalik rahbarlari yosh kelin-kuyovlarga moddiy va ma'naviy yordam berish kerakligini sira ham unutmasligi lozim. Xullas, oilaviy marosimlarga oid muammolar ko'p. Ularni hal qilish uchun joylarda - tuman, shahar, qishloq mahallalarida nuroniy otaxonlar, nufuzli va obro'li kishilardan tashkil topgan oilaviy to'y komissiyalari ishlab turgani ayni muddao bo'lmoqda. Bu kengashlar mahalliy sharoitdan va iqtisodiy ahvoldan kelib chiqib, joylardagi oilaviy marosimlarni munosib rivojlanishiga yordam berishi tabiiydir.
So'nggi vaqtlarda o'zbek odatlarining ijobiy tomonlariga ko'proq diqqat jalb etilib, bu sohada paydo bo'layotgan salbiy asoratlar e’tibordan chetda qola boshlagan edi. Shu sababli O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov bunday salbiy illatlarning oldini olish maqsadida (1998-yil 28-oktabr) maxsus farmon chiqardi. Unda aytilishicha, keyingi vaqtlarda to'y-hashamlar, ma'raka va marosimlarni o'tkazishda mamlakatimizning ko'p joylarida shuhratparastlik, dabdababozlik, isrofgarchilikka yo'l qo'yish, el-yurt odatlari va an'analarini mensimaslik, o'zini ko'z-ko'z qilish, atrofda yashayotgan odamlarning hol-ahvolini inobatga olmaslik kabi eskidan qolgan asoratlarga yo'l qo'yilmoqda, manmanlikka berilib ketgan havoyilarning nomaqbul harakatlari mahallalarda, istiqomat joylarida sog'lom muhit buzilishiga sabab bo'lmoqda, oddiy odamlarning nafsoniyatiga tegmoqda, ularning adolatga, umuman, davlat hokimiyatiga bo'lgan ishonchiga ziyon yetkazmoqda. Farmonda keng jamoatchilikning bu boradagi e'tirozlari hisobga olinib. bunday soxta xo'jako'rsinlik, shuhratparastlik odatlari o'rniga, ehtiyojlaridan ortiq mablag'larini xalqimizning azaliy odatlariga amal qilib, xayr-ehson, mehr-mumvvat ko'rsatish, muhtojlarga, beva-bechoralarga yordam berish, turarjoylarini obod qilish, yo'llar, ko'priklar qurish, ishlab chiqarishga sarf qilish - shunday oliyjanob sa:y-harakatlar orqali el-yurt oldida o'zlariga haqiqiy obro' orttirish kabi takliflar va maslahatlar berilgan.
Oddiy mehnatkash xalq ommasi madaniy-ijodiy faoliyat bilan asosan ishdan tashqari, ya'ni bo'sh vaqtida mashg'ul bo'ladi. Endilikda hanuzgacha deyarli o'rganilmagan an'anaviy dam olish madaniyatiga alohida e'tibor berish lozim bo'lmoqda. Shu sababli xalq orasida mashhur bolgan mavsumiy dam olish an'analari («Gul sayili», «Suv sayili», «Tog' sayili», «Bog' sayili», «Gap-gashtak» kabilar)ga hamda turli tarixiy jarayonlarda madaniy - ma'rifiy hordiq chiqarish maskanlari (Erkaklar uyi. Otashxona, Iydgoh, Sherda, Madaniy boglar, Tarobxona, Tomoshagoh, Sayilgoh. O'yingoh, Choyxona kabilar) tajribasi diqqatga sazovordir.
Xalq o'yinlari. Xalq an'anaviy madaniyati borasida so'z borganda, yoshlar kamolotida muhim o'rin tutadigan xalq o'yinlariga alohida to'xtalish lozim. Buning sababi quyidagilardan iborat:
birinchidan, o'yinlar — ajdodlarimizning eng qadimiy tarixiy qadriyati, ko'pgina madaniyati shakllari chashmasi — raqs, teatr, sport, marosimlar kabilar aynan o'yinlar zaminida kelib chiqqan va tarixiy jarayonlarda o'yinlar ajdod-avlodlarimizning sog'lomlashtiruvchi vositasi bo'lib kelgan;
ikkinchidan, ota-bobolarimiz xalq o'yinlari va musobaqalari yordamida aqlan raso, ruhan tetik, jismonan baquvvat bo'lib kelgan;
uchinchidan, o'yinlar ma'naviy merosgina bo'lib qolmasdan, zamondoshlarimizni, ayniqsa, yoshlarimizni aqliy, ruhiy va jismoniy barkamol bo'lishida o'ta muhim o'rin tutadigan manbadir.
Biz shunga alohida e'tibor berib, Forish tumanida 1985-yildan boshlab unutilgan xalq o'yinlarini o'rganish (1985-1986-yy.), tiklash (1987-1991-yy.) va targ'ib qilish (1991-1993-yy.) bo'yicha tajribalar olib bordik. Buning natijasida, 100 ga yaqin o'yinlar tiklandi. Mazkur tajriba natijalari an'anaga aylanib, har yili o'tkazilib kelinayotgan Xalq o'yinlari bayramlari olimpiadasi, qator filmlar va ommaviy axborot vositalarida, tadqiqotlarda o'z aksini topdi. Tajriba asosida xalq o'yinlarini tiklash va rivojiantirish yo'llari belgilandi.
Respublikamizda xalq o'yinlarining tiklanishida ham aynan Jizzax viloyati Forish tumanining tajribasi diqqatga sazovor bo'ldi, Bu yerda avvaliga bir maktab, qishloq, keyin tuman, so'ngra viloyat va nihoyat, respublika darajasida tiklangan xalq o'yinlari bo'yicha musobaqalar uyushtirildi. Forishda 1994-1996-yillarda Respublika I-II Olimpiadalari o'tkazilishi o'lkamizning turli joylarida azaliy xalq o'yinlariga boigan qiziqishni kuchaytirib yubordi.
1996-yil Tailand poytaxti Bangkokda bo'lib o'tgan Butun dunyo xalq o'yinlari festivalida O'zbekiston delegatsiyasining qatnashishi, o'zbek xalq o'yinlarining «jahon milliy o'yinlari» guldastasida o'zining munosib o'rin olishiga imkon yaratdi. Boysunda «Alpomish»ga bag'ishlangan anjumanlar doirasida o'zbek xalq o'yinlari Respublika musobaqa-tomoshalari festivalining uyushtirilishi Alpomish davridagi dostonlarga ko'chgan xalq o'yinlarini tikianishida muhim voqea bo'ldi. Shu narsani quvonch bilan qayd etish kerakki, o'yinni jon-dildan sevadigan yoshlarimiz ajdodlarimizning o'yinlariga katta qiziqish bilan qarashmoqda. Forishda o'tkazilgan olimpiada musobaqalarining ishtirokchilari, asosan, o'spirin-yoshlardan tashkil topdi. Bu esa XX asr o'rtalarida unutilgan an'analar asr oxirida tiklanganidan dalolat beradi.
Xalq o'yinlarini tiklash jarayonida ham o'ziga xos muammolar yo'q emas. Masalan, azaliy musobaqalarning sportga yaqin turlariga ko'p e'tibor berilmoqda. Biroq o'yinlaming harakatli tomoniga e'tiborni kuchaytirib, urg'u berib, ruhiy tomoni unutilib qo'yilmoqda. Holbuki, sharq o'yinlarida oldingi o'rinda ruhiyat, keyin jismoniyat turgan. Ajdodlarimiz foydalangan so'z o'yinlari, aqliy, raqsli o'yinlar, sujetli teatrlashtirilgan o'yinlar ham diqqat talab qiladi. Xalqimizda insonni har tomonlama barkamol qiladigan an'analar, o'yinlar, musobaqalar yaratilgan, ulardan nafaqat saralab, balki an'anaviy o'yinlar tizimidan yaxlit shaklda foydalanmoq ham kerak.
Madaniy merosimizning uzviy va ajralmas qismi bo'lgan, avlod-ajdodlarimizga asrlar mobaynida ruh, jon va sog'liq ato etib kelgan xalq o'yinlarini tiklash va ulardan foydaianish milliy qiyofamiz, ma'naviyatimiz va qadriyatimizni yuksaltirish demakdir. Ularni ko'z qorachig'idek asrash, e'zozlash va ulardan oqilona foydalanish – mamlakatimiz har bir fuqarosi uchun muqaddas ishdir.
An'anaviy xalq madaniyati va uning asosiy ko'rinishlari (xalq donish-mandligi, e'tiqodi, pedagogikasi, an'analari, ijodi, dam olish madaniyati, o'yinlari kabilar) insoniyatning tarixiy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, xalq hayotida o'zining munosib o'rnini topgan, avloddan avlodga meros bo'lib o'tgan, takomillashib, ijtimoiy taraqqiyotda muhim o'nn tutgan. Ular hozirgi zamonda hamjamiyatni ma'naviy kamol toptirish uchun muhim omil sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun ajdodlarimizning bu bebaho merosini yanada chuqurroq o'rganishimiz, tiklashimiz va kamol toptirishimiz uchun aql, kuch va g'ayratimizni ayamasligimiz lozim.
Xullas, asrlar osha shakllanib, avloddan avlodga ma'naviy meros sifatida o'tib, rivojlanib kelgan urf-odatlar, marosimlar va bayramlarni saqlamasdan milliy tiklanish jarayonini amalga oshirish qiyin. Shu sababli bu borada jiddiy ilmiy va amaliy ishlarni amalga oshirish lozim. Jumladan. Respublika, viloyat, tuman, shaharlar miqyosida milliy an'analarni saqlash, tiklash va rivojlantirish kengashlarini tuzish maqsadga muvofiq bo'lardi. Ular milliy an'analar muammolanni muntazam ravishda hal qilib borishga o'z hissalarini qo'shib boradilar.
Xalq madaniyatiga oid vazifalar. Ma'lumki, hayot o'z joyida bir maromda turmaydi. Taraqqiyot xohlaymizmi-yo'qmi, oldimizga muayyan muammolarni qo'yib turadi. Albatta, ijtimoiy-ma'naviy sohalarning biri – xalq an'analari doirasida ham yutuqlar bilan birga o'ziga xos muammolar mavjud. Ma'naviyat sohasida vujudga kelayotgan masalalami hai qilmasak, ular borgan sari kattalashib va murakkablashib boraveradi va taraqqiyotga to'sqinlik qiladi. Quyida ma'naviyat sohasining eng muhim masalalariga to'xtalamiz.
Birinchisi: madaniyat amaliyotini ravnaq toptirish uchun, eng avvalo, bu sohaning itmini rivojlantirish lozim. Shunday qilsak, madaniyat ilmi bu soha amaliyotida vujudga kelgan muammolarni aniqlash va ha! qilishga ko'mak beradi. Gap shundaki, madaniyat muammolarini bevosita tadqiq etadigan maxsus markaz hozirgacha respublikamizda yo'q. Bu sohaga yaqin tashkilotlar, muassasalar (masalan, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi markazlari, Respublika madaniy-ma'rifiy ishlar va xalq ijodi ilmiy-metodik markazi, Ta'lim markazi, San'atshunoslik instituti, Til va adabiyot instituti va boshqalar) asosan o'z yo'nalishida tashkiliy va targ'ibot ishlari, milliy g'oya va mafkura, ma'naviyat targ'iboti masalalari, san'at, adabiyot, til, xalq ijodi bo'yicha xususiy tadqiqotlar bilan mashg'ul bo'lib, ular bevosita madaniyat muammolari bilan maxsus shug'ullanmaydilar. Bu ish ularning vazifalariga kirmaydi ham.
Xullas, madaniyatning umumiy va o'ziga xos muammolari bilan shug'ullanadigan maxsus ilmiy-tadqiqot markazi tuzilsa, u xalq madaniyatining amaliy ravnaq topishiga xizmat qilgan bo'lar edi.
Ikkinchisi: muammo ma'naviyatning moddiy zaminini mustahkamlash bilan bog'liq. Ayonki, madaniyatsiz (chunonchi, uning tarkibiy qismlaii – ilm, fan, ma'rifat, axloq, din, san'at kabilarsiz) moddiy hayotni taraqqiy etishi qiyin bo'ladi. O'z navbatida, madaniyat ham moddiy zaminsiz yashay olmaydi. Agar ma'naviyatning moddiy «tomiri» bo'sh bo'lsa, u yaxshi ravnaq topa olmaydi. Har bir ma'naviyat sohasidagi mutaxassis o'z kasbiga yengil qarasa, natijada ma'naviyat taraqqiy etmasligi ma'lum. Ma'naviyat yaxshi taraqqiy etmasa, moddiy sohada ham rivojlanish bo'lmaydi. Shunday ekan, ma'naviy qadriyatlar bilan shug'ullanayotgan mutaxassislar moddiy va ruhan qadrlab turilsa, ularning asosiy vaqti va harakati ma'naviyat taraqqiyotiga sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: |