O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanidan O’quv-uslubiy majmua namangan – 2018


MADANIYAT SOHASIDA MILLIY G'OYA IFODASI



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə64/70
tarix05.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#152439
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
Мa`ruza matnlari-fayllar.org

MADANIYAT SOHASIDA MILLIY G'OYA IFODASI
Bugungi globallashuv sharoitida milliy g'oya va mafkura muhim ahamiyat kasb etmoqda. Milliy g’oya – bu, jamiyatni birlashtiruvchi, ruhlantiruvchi va olg'a yetaklovchi kuchdir.
Milliy g'oyaga Prezidentimizning:
- yurt tinchligi;
— vatan taraqqiyoti;
- xalq manfaatiga oid fikrlari asos bo'ladi.
Milliy g'oya millatning maqsadi sifatida milliy mafkuraning o'zak tomirini tashkil etadi. Milliy mafkura jamiyatni belgilangan manzil tomon yetaklovchi fikrlar majmuyidir. Prezidentimiz fikri bilan aytganda, u «jamiyatni sog'lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o'z muddaolariga erishishi uchun ma'naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor».
Milliy g'oya va mafkurani targ'ib qilish uchun unga xizmat qiluvchi barcha vosita, usul va shakllardan samarali foydalanishimiz zarur. Bu borada, ayniqsa, madaniyatning o'ri benihoya kattadir. Boshqacha qilib aytganda, madaniyatsiz, ya'ni, adabiyot, san'at (musiqa, kino, teatr, tasviriy ijod), ma'rifat, ilm-fan, odat, marosim, bayram kabilarsiz milliy mafkura o'z ifodasini topishi qiyin. O'z navbatida, milliy mafkura milliy madaniyatning ravnaq topishi va ezgu maqsadlar sari intilishiga yordam beradi.
Milliy mafkurasiz madaniyat ravnaq topishi mumkinmi, degan savol tug'iladi. Balki mumkindir. Biroq bunday madaniyat millatni ezgu maqsadlar sari yetaklay olmaydi. Odillik, halollik, imon-e'tiqodlilik, hurflkrlilik, vatanparvarlik, ma'rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik, olijanoblik, mehr-muruvvatlilik, saxovatlilik, insonparvarlik kabi ma'naviy omillarsiz milliy mafkura rivoj topa olmaydi. Bu omillarsiz madaniyat, jutnladan, ilm-fan, adabiyot, san'at, ta'lim-tarbiya tizimi rivojlansa ham, jamiyat taraqqiyotida ijobiy emas, balki salbiy rol o'ynaydi.
Ezgulikka xizmat qiladigan milliy g'oya, mafkura va milliy madaniyat uyg'unlashgandagina, ular jamiyat ravnaqiga xizmat qiladi. Chunki:
- birinchidan, milliy mafkuraning shakllanishida madaniyat muhim o'rin tutadi. Madaniyatning tarkibiy qismi bo'lmish ilm-fan, ma'rifat, adabiyot, san'at, din, axloq, an'analar mazmunidagi eng yaxshi, xalqchil, ezgu fikr, g'oyalar saralanib, umumlashib, uyg'unlashib milliy mafkuraning shakllanishi va rivojlanishiga poydevor bo'ladi;
-ikkinchidan, madaniyat milliy g'oyani targ'ib qilishda samarali vosita hisoblanadi. Xalq ijodi (maqol, asotir, aforizm. afsona, ertak, doston), an'analar (xalq odatlari, marosimlari va bayramlari) adabiyot (poeziya, proza, publitsistika, pyesa), san'at (musiqa, teatr, raqs, tasviriy va amaliy ijod) kabi madaniyat turlari mazmunida milliy g'oyaning asosini shakllantiruvchi imon-e'tiqodlilik, hurfikrlilik, vatanparvarlik, halollik, ma'rifatparvarlik kabi insoniy fazilatlar targ'ib qilinadi.
To'g'ri, shunday asarlar ham borki, ular oddiy insoniy va milliy g'oyaga qarshi qusurlarni targ'ib qilmoqda. Masalan, chet eldan bizga kirib kelayotgan ba'zi adabiy asar va filmlar zo'ravonlik, urushqoqlik, xudbinlik, shuhratparastlik kabi o'zbek milliy mentalitetiga zid g'oyalarning yoyilishiga sabab bo'lmoqda. «...Yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko'pincha turli yovuzlik, yirtqichlik. shafqatsizlikni o'rganadi. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag'irlik, zo'ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o'zi sezmay qoladi» (I.Karimov). Bu filmlardan zaharlanib, xudbinlik balosiga giriftor bo'lgan «shaxs»lardan tashkil topgan millat yaxshi ravnaq topa olmaydi.
Milliy g'oya, mafkurani amatiyotda rivojlantirishda madaniyatning har bar turining o'ziga xos o'rni bor. Ilm-fan milliy g'oya va mafkuurani ravnaq topishida katta ahamiyat kasb etadi. Ilm-fanda paydo bo'lgan g'oyalar, konsepsiyalar, ta'limotlar hayotni taraqqiy ettiradi. Shuning uchun biz ilm-fan sohasida jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan fikr, g'oya, ta'limotlar paydo bo'lishi uchun qulay sharoitlar yaratishimiz kerak.
To'g'ri, bozor iqtisodiyoti sharoitida ilm-fanni rivojlantirish tajribasi bizga yetishmayapti. Shu sababli, ko'pgina fanlar real hayotdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy o'zgarishlardan ortda qolmoqda. Eski davrda shakllangan bilimlar bilan yangi jamiyat qurib bo'lmaydi. Yangi jamiyatga yangi bilimlar, yangi fanlar zarur. «Buning uchun, birinchi galda, taraqqiyotning har bir yo'nalishi - jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy munosabatlarning rivoji haqida maxsus darsliklar, qo'llanmalar. ommabop adabiyotlar yaratish zarur (I.Karimov).
Ayniqsa, falsafa fani bo'yicha fundamental darsliklar yaratish o'ta zarur bo'lmoqda. Axir, falsafa qadimgi davrdan buyon insoniyatning eng yaxshi g'oya-fikrlarini mujassamlashtirib kelgan fanlarning «ota»si. Buning ustiga, ajdodlarimiz yaratgan falsafiy fikrlar nafaqat vatanimiz, balki jahon sivilizatsiyasiga hissa qo'shgan. Demak, biz, eng avvalo, Vatanimizda paydo bo'lgan, ajdodlarimiz yaratgan falsafiy fikr, g'oyalar asosida (yunon, rim, chin, hind falsafasi qatori) o'z milliy falsafamizni yaratishimiz lozim. Shuningdek jahon falsafasidagi eng ilg'or g'oyalarni o'zlashtirishimiz zarur. Chinki uni bilmasdan jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallay olmaymiz.
San'at (musiqa, raqs, teatr, tasviriy san'at)da xalqning ongi va qalbini qamrab oluvchi sehrli kuch borligini inkor etib bo'lmaydi. Bu mo'jizaviy imkoniyatdan xalqimiz ongini o'stirish va ruhini tetiklashtirishda samarali foydalanish zarur. San'at asarlarida tarixiy merosga, milliy qadriyatlarimizga murojaat etila boshlangani quvonchli hol. Biroq hozirgi yaratilayotgan san'at asarlarining saviyasi yetarli darajada etnas. Shuni bilish kerakki, buyuk qadriyatlar haqida past saviyada gapirib bo'lmaydi. Masalan, yuksak g'oyalarni ifoda etish uchun o'sha darajadagi ijodkor kerak. Agar Ahmad Farg'oniy haqida spektakl yaratayotgan dramaturg, rejissyor va aktyorning g'oyaviy, falsafiy, ma'naviy va madaniy saviyalari past bo'lsa, mantiq talab qilgan yuqori darajadagi teatr asari yaratilmaydi. Past darajadagi asarlar, aholining madaniy saviyasini yuqoriga ko'tara ofmaydi.
Shuni unutmaylikki, nazariy jihatdan bitta qo'shiq yoki bitta badiiy film bilan jahonga tanilish mumkin. Qani endi, «O'zbek kino»da yaratilgan bir kinofilm, jahonning turli kino va teleekranlarida namoyish qilinish darajasiga loyiq bo'lsa! Yoki Vatanimizda yaratilgan ohangrabo qo'shiq jahonning ko'plab joylarida ham yangrashiga erishsak, agar milliy san'atni yiiqori darajaga ko'tara olsak, bu asarlar bilan birga bizning fikr, g'oyalarimiz, fazilatlarimiz, bir so'z bilan aytganda, milliy ma'naviyatimiz ham jahonga chiqadi.
Endi musiqa san'atining bir muammosiga murojaat qilaylik. Ko'pgina xalqlarda oddiy, barcha sevib kuylaydigan qo'shiqiar (masalan, gruzinlarning «Suleyko», ruslarning «Podmoskovie vechera» kabilar) nafaqat ularning vatanida, balki butun dunyoda mashhur. Nega endi o'zbeklarda bunday ommabop qo'shiqlar yo'q. Demak, bizga ham nafaqat xalq eshitadigan, balki xalqning o'zi kuylaydigan qo'shiqlar zarur.
Adabiyot insoniyat taraqqiyotida muhim rol o'ynagan va hozir ham Shunday. XX asrgacha asosiy g'oyalar faqat adabiy asarlar orqali xalqqa yetib borgan. XX asr boshida milliy uyg'onish jarayonida ham, XX asr oxirida mustaqillikka erishishda ham qalam ahli katta rol o'ynadi. Biroq negadir mustaqillikka erishishimiz bilan yozuvchi va shoirlarimiz ham ijtimoiy, ham ijodiy jihatdan bir qadar sust bo'lib qolishdi. Mustaqillikka erishilgandan so'ng yaratilgan yaxshi adabiy asarlarni barmoq bilan sanasa bo'ladi. Ba'zi adiblar «yozuvchiman!» deya turib, o'zi jiddiy asarlar yozmay. faqat «gapiruvchi»ga aylanib ketmoqda.
Musiqa, kino, teatr san'atlarining rivojlanishi ham ko'p jihatdan adiblarga bog'liq. Adiblar bu ijod turlarining asosi – qo'shiq, she'r, pyesa, ssenariy, librettolarni yaratadi. Ushbu adabiy janrlar yaxshi rivojlanmasa, san'at turlari negizan bo'sh bo'lib qolaveradi. Hozir aynan tele va kino, teatr san'atiga milliy g'oyalar bilan sug'orilgan yaxshi asarlar yetishmayapti.
Xalq odatlari milliy g'oya va istiqlol mafkurasini, ayniqsa, yosh avlod ongi va qalbiga singdirishda muhim vosita hisoblanadi. Asrlar osha shakllangan, avloddan avlodga bebaho meros bo'lib o'tib kelgan, biroq sho'rolar davrida ta'qibga uchragan xalq an'analari ajdodlarimizning eng yaxshi fazilatlari, fikrlari, tajribalari, yutuqlari, qadriyatlarini bizga yetkazib, jamiyatimizni axloqiy sog'lomlashtiruvchi, insonparvarlikni barqarorlashtiruvchi, ayniqsa, yosh avlodning g'oyaviy-ma'naviy kamol topishida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Xalq an'analari odamlar orasida odob-axloq, imon-e'tiqod, insof, insonparvarlik, mehr-muruvvat, saxovat, adolat, halollik, birodarlik, vatanparvarlik, mehmondo'stlik kabi xislatlarni ravnaq topishida muhim o'rin tutadi. Ayniqsa, millat, jamiyatni birlashtiruvchi an'analardan foydalanishimiz zarur. Jumladan, Navro'z, Gul sayili, Mehrjon, Hosil bayramlarida xafagarchilikni unutish, arazlashganlarni yarashtirish, tanishish, qarindosh tutinish, do'stlashish, mehmondorchilik fuqarolarni ezgu maqsadlar sari yetaklaydi, ularni g'oyaviy va ma'naviy jihatdan birlashtiradi. Qadimiy va navqiron Navro'z esa xalqimizning ko'p ming yillik ijobiy fazilatlarini mujassamlashtirib, bizni doimo bunyodkorlik, ezgulik, yangilanishga chorlaydi.
lstiqlol davrida vujudga kelgan «Mustaqillik kuni», «O'qituvchi va murabbiylar kuni», «Xotira va qadrlash kuni» kabi bayramlar ozodlikning qadriga yetish, Vatanni e'zozlash, ota-ona va ustozlarni hurmat qilish, ajdodiar an'analariga sodiq bo'lish, o'tganlar xotirasini abadiylashtirish, yorqin kelajak sari intilish, el-yurt, millat uchun xizmat qilishga undashda samarali vositaga aylanmoqda.
Azaliy va yangi zamonaviy xalq an'analarini o'rganish, targ'ib qilish bilan bir qatorda bu boradagi muammolarni bartaraf etish yo'llariga ham alohida e'tibor berish zarur. Jumladan, turarjoylarda xalq marosim va bayramlarini o'tkazish kengashlarini tuzish, ularning mavsumiy emas, doimiy faoliyatini olib borish, to'y-ma'rakalarni ixchamlashtirish, kam daromad oilalarga to'y va aza marosimlarini o'tkazishda ko'mak berish, diniy odatlar orasida payshanbalik, yakshanbalik, uchlik, yettilik, yigirmalik, qirqlik kabi islom shariatida bo'lmagan udumlarni ixchamlashtirish; to'y marosimlarining moddiy tomonlariga emas, balki ma'naviy tomoniga alohida e'tibor berish kabi ko'plab muammolarni doimo hal qilib borish lozim.
Oz navbatida, millat rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi unsurlarni an'anatarimiz qatoridan chiqarishimiz lozim. Masalan, bir tog’li qishloqda Shunday odat bor ekanki, ikki kishi urishsa, ikkala tarafdagi aka-ukalar o'rtasida ham bordi-keldi to'xtar ekan. Natijada, qishjoq ikki araz tomonga bo'linib qolar ekan. Bunday arazchilikni taraqqiy ettiradigan odatlar bizga kerak emas, albatta. Biroq xalqimizda shunday odatlar ham borki, ular elni birlashtiradi. Masalan, bayram (Navro'z, Mehrjon, Ro'za va Qurbon hayiti) kunlari tinchlik kunlari hisoblanib, bu vaqtda nafaqat urushlar to'xtatilgan, balki xafagarchiliklar unutilgan, arazlashganlar yarashtirilgan, begonalar tanishgan, tanishlar do'stlashgan. Xullas, milliy bayramlarimizdagi odamlarni g'oyaviy, ma'naviy, ijtimoiy birlashtiradigan ruhiy-ma'naviy holatni rivojlantirishimiz kerak.
Bu bayram an'analaridan hozirgi vaqtda samarali foydalanish millat vakillarini hamjihat qilib, birlashtiradi. Milliy g'oyaning ham asosiy maqsadi -millatni ezgu maqsad sari birlashtirish! Din ham madaniyatning eng nozik va murakkab masalasidir. Hozirgi davrda dinimizga aynan madaniyat yetishmayapti. Islom dini sobiq sho'rolar davrida taqiqlangani uchun mustaqillik sharoitida uning tiklanishiga keng imkoniyatlar yaratib berildi. Atomdan atomelektrostansiyasi va atom bombasi tayyorlash mumkin. Dinni niqob qilib, vatanimizga nur emas, yovuzlik-terrorchilik olib keladiganlar paydo boidi. Bu kasallikning oldini olish uchun unga qarshi immunitet hosil qilish lozim bo'lmoqda. Prezidentimiz aytganidek, «Biz farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog'lom munosabatni qaror toptirishimiz, ...ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da'vati» ham, axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g'oyalar ham ularga ta'sirini o'tkaza olmaydi».
Milliy g'oyaning shakllanishi va taraqqiy etishi, eng avvalo, madaniy-ma'rifiy xodimlarga, ziyolilar, jumladan, olimlar, yozuvchilar, san'atkorlar, ijodkorlar, tarbiyachilar, ma'rifatchilar (professor-o'qituvchilar) kabilarga bog'liq. Ularchin ko'ngildan, faol mehnat qilishsa, jamiyatda ezgulik g'oyalari g'alaba qozonadi. Bu ishda har kimning o'z vazifasi bor. Agar olimlar milliy g'oyani shakllantirish bo'yicha tadqiqotlar, yozuvchilar millatni birlashtiruvchi g'oyalarni tarannum etuvchi badiiy asarlar, san'atkorlar ezgulikka, milliy taraqqiyotga xizmat qiluvchi ijod mahsullarini yaratishsa, madaniyat xodimlari, jumladan, kutubxonachilar, muzey, klub va istirohat bog'i xodimlari joylarda milliy mafkura targ'iboti, maktab o'qituvchilari o'quvchilar ongi va qalbiga insonparvarlik va millatparvarlik g'oya va tuyg'ularini singdirish bilan faol shug'ullanishsa, tabiiy tarzda jamiyat olg'a dadil qadam tashlaydi.
O'z moddiy muammolari bilan band bo'lib qolgan ziyolilar ma'naviy sohada, jumladan, milliy g'oya va mafkurani yaratish va targ'ib qilishda yaxshi natijalarga erisha olmay qoladilar. Ma'naviyatsiz, milliy g'oya, mafkurasiz esa jamiyat olg'a siljiy olmaydi.
Jamiyatni ezgu maqsadga yetaklovchi milliy g'oyani shakllantirish va rivojlantirish ziyolilarning muhim vazifasi ekan, davlat ularning faoliyatlarini qo'llab-quvvatlab turishi, ularga moddiy va ma'naviy sharoitlar, qulayliklar yaratmog'i katta ahamiyatga ega.
Xullas, milliy g'oya va mafkuraga tayangan o'zbek madaniyati o'z tarixiy tomirlaridan kuch olib, gullab-yashnab, ajdodlarimiz tajribasiga tayanib, jahon darajasiga chiqib, umuminsoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotiga yana xizmat qiladi, degan umiddamiz.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin