O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanidan O’quv-uslubiy majmua namangan – 2018


Etnomadaniyatning asosiy ko'rinishlari (shakllari)



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə67/70
tarix05.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#152439
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Мa`ruza matnlari-fayllar.org

Etnomadaniyatning asosiy ko'rinishlari (shakllari). An'anaviy xalq madaniyatini yaxlit va ko'p qirrali hodisa sifatida o'rganish, uning tuzilishi, asosiy ko'rinishlari, shakllarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shu bois biz etnomadaniyat evolutsiyasi va umum qabul qilgan «madaniyat» tasnifidan kelib chiqib, xalq madaniyatining asosiy sohalarini aniqlashga intildik. Etnomadaniyat va uning tarkibiy qismi bo'lgan an'anaviy xalq madaniyati tizimining tarkibiy qismida: xalq donishmandligi, xalq falsafasi, xalq e'tiqodi, xalq pedagogikasi, xalq odatlari, xalq ijodi, xalq o'yinlari, dam olish madaniyati, xalq pazandaligi, milliy liboslar, xalq me'morchiligi, xalq amaliy san'ati, xalq tabobati, xalq turmush madaniyati kabi ko'plab sohalarni ajratsa bo'ladi.
An'anaviy xalq madaniyatining barcha sohalarida avlodlarning dunyoqarashlari, falsafiy tushunchalari o'z aksini topganligi uchun etnomadaniyat tarkibida xalq donishmandligiga alohida e'tibor berish lozim. Buning sababi shundaki, xalqning g'oya, fikr, bilim, dunyoqarashini ifoda etgan etnomadaniyat ko'rinishini xalq falsafiy donishmandligisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, xalq madaniyatining falsafiy-g'oyaviy mazmuni qanchalik chuqur bo'lsa, uning shakli ham shuncha baquvvat, ijtimoiy ahamiyati kuchli, umri ham boqiy bo'lar ekan.
Xalq madaniyatining asosiy ko'rinishlarini aniqlash natijasida o'ziga xos xususiyatlari va tavsifiy belgilarini aniqlash ham katta ilmiy qiymatga egadir. Xalq pedagogikasi ming yillar davomida qaror topib, yuzlab avlodlarni tarbiyalash jarayonida vujudga kelgan ilg'or axloqiy g'oyalar, tajribalar va usullarni o'zida umumlashtirgani uchun, u faqat tarixiy madaniyat qadriyatlari sifatida namoyon bo'libgina qolmay, balki hozirgi zamon ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, xalq pedagogikasi qadriyatlaridan foydalanish zamonaviy ta'lim-tarbiya, madaniyat tizimi faoliyatining samaradorligini oshirib, ijtimoiy hayotda insonparvarlikning yanada kamol topishiga zarur imkoniyatlar yaratib beradi.
Xalq pedagogikasiga oid tajribalar, an'analarni o'rganish natijasida tarbiyaviy jarayonning samarali bo'lishiga xizmat qiluvchi «Tag maqsad (tag ma'no), - podsel», salbiy tarbiyaviy jarayonni keltirib chiqaruvchi «Xufiya tarbiya» - «tenovaya pedagogika» hamda katta qimmatga ega asrlar osha sinalgan «ustoz-shogird» an'analariga alohida o'rin berish muhim sanaladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin