. Asosiy erish mahsulotlarining ajralish jarayonlari Qisman erigan birikmalar qiyalikdan vannaga tushishi bilan asosiy erish, mahsulotlarning fizik-kimyoviy aylanishi natijasida shteyn va toshqol hosil bo‘la boshlaydi.
Konverter toshqoli suyuq holda 1100–12500C harorat ostida to‘g‘ri pech vannasiga quyiladi, undan 2–5 % bo‘lgan mis va kerakli metallar, asosan, shteynga o‘tadi.
Ashyolarning vannada qizib, so‘ngra erishi eritmaning barcha nuqtalarida haroratning bir xil bo‘lishi, toshqolning hosil bo‘lishi, ekzotermik reaksiyalarning borishi erish texnologiyasining yakuniy bosqichidir. Ushbu jarayonning qulay me’yorda borishida issiqlik, asosan, quyidagicha sarf bo‘ladi:
Q1 – qiyalikdan tushayotgan ashyoning qizishi uchun 15–20%;
Q2 – erish jarayonining tugatilishi va qayta yuklangan toshqolning paydo bo‘lishi uchun 40–45%;
KURS ISHI 5310300
Varaq
O’z
Varaq
Hujjat №
Imzo
Sana
Q3 – Q4 – konverter toshqolini qayta eritish va endotermik reaksiya uchun (masalan, magnetitni qaytarish uchun) 35–40%;
Q5 – issiqlikning devorlari va ostki qismi – tubi orqali yo‘qolishi – 1%;
Q6 – erigan toshqolning kremnezemini o‘zlashtirish uchun ekzotermik reaksiyalarning borishi ham qisman issiqlik sarf qiladi.
Pech ichida eritma harorati deyarli bir xil bo‘ladi. Shteyn zarralari yuqori haroratda butun vanna bo‘ylab, shteyn zarralariga qaraganda kamroq harakatda bo‘lgan toshqol eritmasi orqali suzib o‘tishi natijasida toshqol haroratini issiqlik o‘tkazuvchanligi tufayli o‘ziga qabul qilib oladi. Vannadagi issiqlik, massa almashinuv jarayonlari, endo va ekzotermik reaksiyalar tufayli rivojlanib, bu issiqlik oqimi manbai bo‘lib xizmat qiladi va vannaning butun chuqurligi bo‘yicha bir xil ta’sir qiladi. Shuning uchun ham vannadagi harorat pechdagi barcha jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalan, toshqol harorati o‘z o‘rnida eritmadagi shteyn va toshqolning tez hamda sifatli ajralishiga bog‘liq, ya’ni haroratning qanchalik yuqori bo‘lishi erigan toshqol qovushqoqligining kamayishiga, bu esa hosil bo‘lgan shteyn cho‘kish tezligining ortishiga olib keladi.
Vannadagi harorat maromi omillari, asosan, pechga yuklanayotgan xomashyo tarkibiga bog‘liq. Shuning uchun ham pechdagi barcha jarayonlarning to‘la-to‘kis bir me’yorda borishi uchun albatta nazariy o‘rganib, moddalar ratsional tarkibini, shteyn va toshqol miqdorini, so‘ng issiqlik (miqdori) tezligini hisoblab, ulushini keltirib chiqarish kerak bo‘ladi. Shixta aralashmasi tarkibining noto‘g‘ri qabul qilinishi issiqlik haroratining buzilishiga, yoqilg‘ining ko‘p sarflanishi, toshqol tarkibida metalning ortib ketishi yoki qisman toshqol miqdorining umumiy ortib ketishiga olib keladi. Bu esa metalning yo‘qolishiga, uning ashyodan shteynga ajralish foizining kamayishiga sabab bo‘ladi.