O‘zbekiston metallurgiya sanoati o‘z mavqeini yildan-yilga mustahkamlab



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə8/23
tarix24.09.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#147763
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
kurs ishiku

KURS ISHI 5310300

Varaq



















O’z

Varaq

Hujjat

Imzo

Sana

YALLIG‘ QAYTARUVCHI ERITISH PECHI


. Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida misli shixta qorishmasini eritish texnologiyasi
Birinchi yallig‘ qaytaruvchi pechlar XIX asrning oxirlarida Uels hudu­dida paydo bo‘lgan. Bor-yo‘g‘i 8 m2 maydonni egallagan ushbu eritish pechi mayda bo‘laklardan iborat bo‘lib, toshko‘mirning yonishi natijasida qizi­tilgan edi. Yonilg‘ining ko‘p sarflanishi, unumdor­lik­ning pastligi bu eritish pechini o‘zgartirishga va uni takomillash­ti­rishga olib keldi. Nihoyat, AQSH ning Anakonda hududida uzunligi 40–50 m bo‘lgan pech ishga tushirildi. Pechning uzunligi o‘sishi bilan eni, balandligi ham orta bordi. Va nihoyat, bugungi kunga kelib, bir me’yorda sutkasiga 1000–1500 ming tonna qattiq holdagi shixta qorishmasini qayta ishlaydigan pechlar ishga tushirildi. Ularning o‘lchamlari quyida­gicha: uzunligi 30–33 m, eni 8–10 m, umumiy ish eritish maydoni 240–300 m2. Eng katta yallig‘ qaytaruvchi pech AQSH “Garfild” zavodida joylashgan bo‘lib, uzunligi 37,5 m, eni 6,6 m va eri­tish maydoni 435 m2ni tashkil etadi [21].
Hozirgi zamonaviy yallig‘ qaytaruvchi pechlarning ilgarigi pechlar­dan tubdan farq qiluvchi asosiy tavsiflari quyidagilar:
- pechkaning hamda shixta qorishmasini yuklash tizimining tako­mil­lashganligi;
- pechning kapital ta’mirlash muddati uzayganligi;
- o‘tga chidamli, olovbardosh g‘ishtlarning terilishini mustah­kam­lash va pech ortiga gaz hamda changni (utilizatsiya) sovutish va tozalash usku­nalarining o‘rnatilganligi va hokazolardir.
2005-yilgi ma’lumotga ko’ra хorijiy davlatlarda 49 ta mis zavodida boyitma yal­lig‘ qaytaruvchi pechlarda eritib kelinmoqda. Bularning hisobida 80 ga yaqini yallig‘ qaytaruvchi eritish pechi, shundan 35 tasi AQSH zavod­la­rida to‘liq ishlamoqda. MDH mamlakatlarida, Balxashmis sa­noat bir­lashma­sida, Krasnouralsk mis eritish kombinatida, Olmaliq TMKda va boshqa mis eritish zavodlarida ham mavjud. Hozirgi ko‘p­gina zamo­naviy pechlarning balanddan, qubbadan texnologik kislorod yordamida qiyaligi­ning qizdi­rilishi pech unumdorligining ortishiga olib keladi. Pech qora moy (mazut) yoki tabiiy gaz yoki ikkalasining aralashmasida ishlash qobiliyatiga ega [15, 22].
5.1-rasmda ko‘rsatilganidek, yallig‘ qaytaruvchi pech gorizontal holatda joylashgan. Issiqlik agregati quyidagi asosiy qismlardan iborat:





















Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin