Dastlabki pog‘onada boyitmani kuydirish mis miqdori yuqoriroq bo‘lgan boyitmani olish, mis tarkibi ko‘proq bo‘lgan shteyn va sulfat kislota olish mumkin bo‘lgan texnologik gazlarni olishga imkon yaratadi.
Kuydirish davomida metall oksidi yoki sulfat quyidagi yakunlovchi reaksiyalar orqali boradi:
MeS + 1,5 O2 = MeO + SO2 2SO2 + O2 = 2SO3 ()
MeO + SO3 = MeSO4 (
2
B irinchi reaksiya deyarli bir tomonlama boradi. Ikkinchi reaksiya uchun:
B unda:
)
Kuydirish uchun eng mos dastgoh – bu qaynovchi qatlamli (KS) pechdir. Kuydirish harorati 650–7500C (sulfatlash) va 850–10500C (oksidlanish) boradi.
Kuydirish jarayonlari AQSH, Yaponiya va boshqa davlatlarda keng ishlatiladi. Sulfatli kuydirishda mis 94–98 % suvda eriydigan birikmalarga o‘tadi va suvli eritmaga o‘tkazilib, elektroliz orqali erkin holatda ajratib olinadi. Olmaliq sharoitida kuydirish jarayonini qo‘llash rejalashtirilmagan, pechga xomashyo sulfidli boyitma holida yuklanadi.
Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida katta hajmda organik uglerod yoqilg‘i ishlatiladi. Bu jarayonda ajralib chiqqan issiqlikning ta’sirida, pechning ishchi hajmi va vannasida turli fizik-kimyoviy o‘zgarishlar boradi: namning parlanishi, xomashyoning isishi va erishi, kimyoviy o‘zgarishlar va xomashyo komponentlarining bir-biri bilan reaksiyaga kirishishi, shteyn va toshqolning paydo bo‘lishi, gaz fazasining ashyo va eritma bilan o‘zaro ta’siri va nihoyat qattiq, suyuq va gaz fazalarining pechning futerovkasi bilan ta’sirlanishi kechadi.
Xomashyoni yuklashda ko‘proq suv bug‘lari bug‘lanadi va oltingugurt birikmalari bilan sulfat kislotasi bug‘larning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Moddalarning parchalanishi ham jarayonning birinchi daqiqalaridayoq sodir bo‘ladi.