O‘zbekiston metallurgiya sanoati o‘z mavqeini yildan-yilga mustahkamlab



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə14/23
tarix24.09.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#147763
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
kurs ishiku

O’z

Varaq

Hujjat

Imzo

Sana

Aylanuvchi moddalar hisobidan har xil changlar ishlatiladi: kuy­dirish, mo‘ri nishi, qozon-sovutkich, konverter va boshqalar. Ularda misning tarkibi 9,86 dan 44,6 % ga yetadi. Bundan tashqari changda rux, qo‘rg‘o­shin, temir, oltingugurt, kremniy dioksidi, alyuminiy va kalsiy oksidlari mavjud.


Changlar yallig‘ pechda qayta ishlanadi. Ularning zarralari o‘ta mayda bo‘lganligi sababli chang texnologik gaz bilan qisman chiqib ketib, yangidan aylanuvchi modda bo‘lib qoladi. Bu esa katta hajmdagi misning foydasiz aylanib yurishiga olib keladi.
Mis eritish zavodlarida har xil xomashyo tayyorlash usullari ishlatiladi. Ulardan eng keng tarqalgan usul – xomashyo komponent­larini tasmali kon­ve­­yer­larda aralashtirishdir. Maxsus bunkerlardan boyitma, flus va ayla­nuvchi moddalar tarozilardan o‘tgach, yig‘ma konve­yerga yuklanadi. Hara­katlanish davrida, qayta yuklash pog‘onasida va yallig‘ pechning bunkerida xomashyo komponentlari yaxshi aralashtiriladi. Bunday tizim qulay va kam xarajatlidir, lekin xomashyo tarkibini bir xil ushlab turish qiyin kechadi.
Eng yaxshi xomashyo tayyorlash usuli – beding tizimidir. Xomashyo komponentlari qatlam-qatlam joylashtirilib, konveyerning vertikal kesimi bilan olinib, transporterga beriladi. Bunday tizim Yaponiyada keng qo‘lla­niladi. Tizim har xil komponentli moddalar ishtirokida xomashyo tayyor­lashga imkon yaratadi. Xomashyoning tarkibi yetarli dara­jada bir xil bo‘ladi. Masalan, Yaponiyada 40 ga yaqin birikmadan foyda­lanilib, xom­ashyoda misning tarkibi 0,54 % o‘zgarishi mumkin xolos. Ammo Olmaliq­da bunday tizim qo‘llanilmaydi, chunki ko‘p miqdorli kapi­tal mablag‘ kerak bo‘ladi.
Zamonaviy mis eritish zavodlarida yallig‘ qaytaruvchi eritish pechiga qisman quritilgan (5–8 % N­2O) xomashyo yuklanadi. Kuydiril­magan boyitmani ishlatishda xomashyoning issiqlik iste’moli ortadi, transport va yuklash sharoitlari og‘irlashadi hamda ishlab chiqarish unumdorligi pasayadi. Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechiga kuydirilgan boyitma (ogarok) yuklash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
. Xomashyo yoki boyitmani kuydirish
Tarkibida misi kam bo‘lgan dastlabki ashyo va birikmalarni iste’mol qiladigan bir qator zavodlar ishlatiladi. Olmaliq sharoitida boyitmada mis miqdori borgan sari kamayib borayapti. Shuning uchun uni birinchi navbatda kuydirish ishlari ishlab chiqarish samaradorligini orttirishi mumkin. Biroq Olmaliq mis eritish zavodlarida boyitmani kuydirish umuman ishlatilmaydi, misli boyitma to‘g‘ridan-to‘g‘ri eritiladi.



















Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin