Mis boyitmasi, shixta aralashmasi yuqoridagi pech tomidan xampalar orqali oralig‘i 1,0–1,2 m dan bo‘lgan maxsus teshiklardan, uzunligi bo‘yicha har ikki tomondan to‘g‘ri qiyalikka yuklanadi.
Suyuq holdagi konverter toshqolining aynan shu yallig‘ qaytaruvchi pechda qayta ishlanishi va uning tarkibida mis, oltin, kumush, oltingugurtlarning shteynga o‘tishi ushbu pechning katta yutuqlaridan biridir. Konverter toshqoli pechning old tomonidan havo va gaz gorelkasining ustki qismida joylashgan ochiq nov orqali quyiladi (5.2-rasm).
2-rasm. Suyuq holdagi konverter toshqolini ochiq nov orqali yallig‘ qaytaruvchi pechga quyish payti aks ettirilgan.
Hosil bo‘lgan sulfidli shteyn sifon yoki maxsus quvursimon metalli shnur orqali yon devorlarining har ikkala tomonidan cho‘yan idishga oqiziladi. Toshqolni oqizish uchun esa pechning gaz quvuri qismidan pech tubidan 0,8–1,0 m balandlikda vannaning deyarli ustki qismida, yon devorining har ikkala tomonida toshqol tuynugi joylashgan.
Hosil bo‘lgan ikkilamchi gazlar pech tubida joylashgan gorizontal vannaga nisbatan 7–150 burchak bo‘yicha qurilgan gaz mo‘risi (apteyk) va baland vertikal quvur orqali ochiq havoga chiqarib yuboriladi.
Gaz mo‘risi shamot g‘ishtlardan qurilgan bo‘lib, qisman yirik changlar ushlab qolinadi. Yallig‘ qaytaruvchi pechning afzalliklari quyidagilardir: