O‘zbekiston metallurgiya sanoati o‘z mavqeini yildan-yilga mustahkamlab



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə7/23
tarix24.09.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#147763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
kurs ishiku

KURS ISHI 5310300

Varaq



















O’z

Varaq

Hujjat

Imzo

Sana




Misli xomashyolar tasnifi va ruda konlari
Metallurgiya sanoatida deyarli barcha foydali qazilma xom­ashyo­­larini boyitgach, ularni eritish va qayta eritish keng ishlatiladi. Biror bir metall olish uchun, u qaysi toifada – rangli, qora yoki nodir bo‘lishidan qat’i nazar, asosiy xomashyo bu ma’danli rudadir. Bular­dan tashqari, qazilma boylik sifatida o‘tga chidamli, olovbardosh hamda (flusli) kvarsli ashyolarni ham e’tiborga olish mumkin.
Ruda – bu tog‘ jinslaridan tashkil topgan bo‘lib, tarkibidagi me­tall, xususan, mis (0,351% dan kam bo‘lmagan) qancha foizligidan qat’i nazar, qayta ishlash natijasida metallurgiya sanoatida iqtisodiy samara bera oladigan xomashyo.
Biz ko‘proq misli ruda yoki tarkibida mis elementi mavjud ashyo­lar haqida so‘z yuritamiz. Misli rudalar zamonaviy uskunalar bilan jihoz­langan konlarda ochiq yoki yopiq usullar bilan qazib olinadi.
Respublikamizda va MDH, Yevro­osiyo hamjamiyati mamlakatlarida ko‘proq ochiq usul bilan tarkibi­dagi mis 0,35–0,5% dan kam bo‘lmagan rudalar sanoatda ishla­tilmoqda. Har qanday ruda, asosan, tog‘ jinslari hamda ma’danlardan tash­kil topgan. Minerallar o‘z o‘rnida rudali, ya’ni tarkibida ajratib olish­­ga moyilligi bor rangli metallar hamda nokerak tog‘ jinslaridan iborat bo‘ladi. Nokerak tog‘ jinslari, asosan, tarkibida kam miqdorda rang­li hamda nokerak metallardan iborat bo‘lib, ko‘proq silikatli, karbo­natli, kvarsli va aluminosilikatli ma’danlardan tashkil topgan bo‘lib, ba’zan ushbu ma’danlar tarkibida temir oksidi ham bo‘ladi.
Rudalarning tarkibi, asosan, kimyoviy va fizikaviy usullarga asos­lan­gan tahlillar bilan aniqlanadi. Ko‘p hollarda, yuqorida qayd etilgan tah­lillar kutilgan natijani bermasligi mumkin, ya’ni rudaning kimyoviy tarkibini bilsak-da, metalning qanday minerallar, birik­malar tarkibida mujassam­ligini yoki ajratib olish kerak bo‘lgan metal­ning fazali tarki­bini bilish alo­hida ahamiyat kasb etadi.



















Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin