. Pech qiyaligidagi shixtaning qizishi va erishi Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida fizik-kimyoviy jarayonlar qanday kechadi? Shixta tarkibiga mis boyitmasidan (Cu 16–22%) tashqari fluslar, ya’ni kvarsli ruda, oltinli kvarsli ruda (yoki ZIF konsentrati), ohaktosh, qaytar changlar va ikkilamchi mahsulotlar kiradi. Yuqori harorat ta’sirida qiyalikda avval shixta qiziydi. Asta-sekin namlik kamayib, minerallarning fizik-kimyoviy o‘zgarishi natijasida birikmalar parchalana boshlaydi. Haroratning yuqoriligi, qiyalikning haddan tashqari harorat ta’sirida yallig‘lanishi va qizigan qubbadan nurlanish orqali haroratning urilishi shixtani 915–9500C gacha qizitadi va mahsulot tarkibining asosi – sulfid birikmalari eriy boshlaydi va shteynning hosil bo‘lishi boshlanadi.
Oltingugurtli moddalarning erishi o‘z o‘rnida shixta tarkibidagi boshqa birikmalarning ham tez qizishiga, harorat 1000C ga ortgan paytda esa toshqolning asosiy tarkibini egallovchi oksidlarning eritmaga o‘tish bosqichi boshlanadi. Qiyalikda past haroratda eriydigan birikmalarning tez erib, tinimsiz vannaga oqib turishi qiyin eriydigan oksid va boshqa moddalarning erishiga yo‘l qo‘ymaydi. Erigan modda o‘zi bilan birga erimagan, endigina qizib, parchalanib turgan moddani pech qiyaligida sirpantirib, vannaga tushirib yuboradi. Ushbu moddalarning erish oraliq harorati 30–1000C gacha boradi, biroq toshqolning nordonlik darajasi ortib borishi oraliq haroratni 250–3000C gacha orttirib yuborishi mumkin.