O'zbekiston milliy universiteti a. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga kirish oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlari ucun darslik toshkent- 2010


O'zbek adabiy tili unlilari tasnifi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə11/68
tarix16.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75480
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68
3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.

O'zbek adabiy tili unlilari tasnifi

Tilning vertikal holatiga ko'ra

Tilning gorizontal holatiga ko'ra

til oldi

til orqa

lablanmagan

lablangan

Yuqori (yopiq)

I

u

O'rta (yarim yopiq yoki ochiq)

E

o'

Quyi (ochiq)

A

o



2-jadval
Rus adabiy tili unlilari tasnifi

Tilning vertikal holatiga ko'ra

Tilning gorizontal holatiga ko'ra

til oldi

o'rta qator

til orqa

lablanmagan

Lablangan

Yuqori (yopiq)

i

ы

U

O'rta (yarim yopiq yoki ochiq)

e




O

Quyi (ochiq)




a






O'zbek, rus va ingliz tillari unlilarining tasnifi

Tilning verikal holatiga ko'ra ko'tarilish belgilari

Tilning gorizontal holatiga ko'ra qator belgilari

Oldi qator

Aralash va o'rta qator

Orqa qator

Til
oldi

Orqa yo'na-lishi-
dagi til oldi

Oldi yo'na-lishdagi
til orqa

Chuqur til orqa

Yuqori ko'tarilish

Tor shakli










u:

Keng shakli




I




υ




O'rta ko'tarilish

Tor shakli






ə:






Keng shakli







ə

Λ




Quyi ko'tarilish

Tor shakli













כ כ:

Keng shakli

æ









a:

Shartli belgilar: – o'zbek tili unlilari;
 – rus tili unlilari;
– ingliz tili unlilari;
Eslatma: 1) Til orqa qator unlilari, /Λ/, /a:/ dan tashqari, qolganlari – lablangan. Til oldi, aralash va o'rta qator unlilari –lablanmagan.
2) Rus tilidagi (ы), (a) unlilari – o'rta qatorga, ingliz tilidagi /ə:/, /ə/ – aralash qatorga kiradi.

3) Ko'rsatilgan shartli bel­gilar shu til unlilar sistema­sining geometrik tabiatini hi­sobga oladi. Masalan, o'zbek tili­ning unlilar sistemasi to'rtbur­chak shakliga ega. Rus tili voka­lizmi uchburchak shakliga ega.
Ingliz tilidagi unlilar (dif-tonglar ko'rsatilma­gan) har ikki shaklga ham zid keladi. Ularni ko'pincha Xalqaro Fonetik Assotsia-





siyaning jadvaliga asosan trapetsiya shaklida ko'rsati­ladi va bu shakl boshqa til­lar­dagi unlilarni ko'rsa­tish uchun ham keng qo'llanadi.



O'zbek va ingliz tillaridagi undosh tovushlarning artikulatsiya o'rniga (to'siqning hosil bo'lish o'rniga) ko'ra tasnifi

Lab undoshlari

Til undoshlari

Bo'g'iz
yoki faringal

til oldi

til o'rta

til orqa

lab-lab

lab-til

dorsal

alveolyar

tish o'rta

palatal

sayoz

chuqur (uvulyar)




b b
p p
m m
w

o’z/ing


v v
f f

s s
z z
d
t
s
n
l

t
d
l
n

θ – ð


y j

k k
g g

k
g'
x

h h



O'zbek va ingliz tillaridagi undosh tovushlarning
artikulyatsiya usuliga ko'ra tasnifi



Sirg'aluvchilar (frikativlar) (to'siq, kuchsiz, nutq organlari jipslashmaydi, shovqin hosil bo'ladi)

f, v, z, j, x, f, s, sh, y, h, g'
f, v, s, z, ∫, ʒ, θ, ð, h

Jipslashuvchilar
(nutq organlari jipsla­shadi,
zich, kuchli to'siq hosil bo'ladi)

Portlovchilar (shovqin kuchli)

p, b, t, d, k, g, q
p, b, t, d, k, g, .

Affrikatlar (shovqin kuchli, portlovchidan boshlanib sirg'aluvchi tovush bilan tamomlanadi)

tsh (ch), dj (j), ts (s)
t∫ dʒ

Sonorlar (sonantlar) (shovqinga qaraganda
ton ustun keladi)

burun

m, n, ng
m, n, ŋ

yon

L

titroq

R

o'rta

w, r, j



Eslatma: Jadvallar rus tilidagi undoshlarning tasnifini ham ko'rsata oladi. Ular deyarli o'zbek tili undoshlarining jadvallarda ko'rsatilgan belgilariga o'xshaydi. Biroq rus tili undoshlarining tasnifida yumshoq va qattiq, bir fokusli va ikki fokusli undoshlarni alohida ko'rsatmoq kerak.


Undoshlarning tovush paychalarining holatiga ko'ra tasnifi

Jarangli
(tovush paycha-lari titraydi)

o'zbek tili:

b, d, g, v, z, j, y, g', dj, (j)

rus tili:

б, бь, д, дь, ч, чь, в, вь, з, зь, ж, жь

Ingliz tili:

b, d, g, v, s, ʒ, ð

Jarangsiz
(tovush
paychalari)

o'zbek tili:

p, t, k, q, tsh(ch), tc(щ), x, f ,s, sh /h/

rus tili:

п, пь, т, ть, к, кь, ч, ц, х, ф, фь, с, сь, ш, щъ

ingliz tili:

p, t, k, f, θ, s, ∫, t∫, /h/



Eslatma: /h/, /h/ undoshlari ko'proq jarangsiz va ba'zan jarangli holatda uchraydi. Shu sababli ularni qavs ichida keltirildi. Undoshlar doim jarangli va jarangsiz juftlariga ega bo'laver­maydi. Masalan, o'zbek tilidagi (q), rus tili­dagi (ch), (x) o'z juftlariga ega emas. O'zbek tili­dagi (x) ning jufti (g') hisoblanadi.


NUTQNING FONETIK BO'LINISHI

Nutqda tovushlar alohida holda talaffuz etilmaydi. Ular ma'lum tartibda ketma-ket birikkan holatda bo'la­di. Demak, nutq ketma-ket kelgan tovushlarning yig'in­di­si yoki zanjirsimon ulanishidan iborat bo'lib, u talaf­fuz davriga ko'ra oldinma keyin kelgan fonetik birlik­larga bo'linadi. Nutqning ana shunday katta va kichik birliklarga bo'linishi uning fonetik bo'linishi deb ataladi. Bunday bo'linishni, ba'zan segmentatsiya (lotincha segmentus – bo'lak ma'nosida) deb ham yuritiladi. Segmentatsiya tushunchasi nutqni tashkil etuvchi bo'laklar­ga bo'lishni bildiradi. Har bir bo'lak segment deb yuritiladi. Nutqning bunday bo'linishi katta va kichik segmentlarni aniqlashga va ular o'rtasidagiulanish tartibni bilishga imkon beradi. Har bir fonetik birlik o'zining artikulyatsion-akustik va eshitilish xususiyatlariga ega­dir. Fonetik birliklar til strukturasining material tomonini tashkil etuvchilar bo'lib, ular o'z navbatida o'xshashlik va farq­larini aniqlash va tildagi xizmatni bilish yordamida tilning asosiy birliklariga (fonema, morfema, so'z va gaplar) birlashadi.


Nutq quyidagi tartibda fonetik birliklarga bo'li­nadi: 1) fraza; 2) taktlar; 3) bo'g'inlar va; 4) tovushlar1.
Har ikki tomondan pauza bilan bo'lingan eng katta fonetik birlik fraza deb ataladi. Pauza davrida so'zlov­chi kelgusi frazaning talaffuzi uchun zarur nafas oladi. Bir fraza birqancha gaplarni o'z ichiga olishi mumkin. Bir gap ham birqancha frazalarga bo'linishi mumkin. Shu tufayli fraza va gaplar bir-biriga to'g'ri kelmaydi. Gap – gramatik (sintaktik) birlik, fraza esa, fonetik birlik hisoblanadi. Frazalar intonatsiya yordamida bir-biriga ulanadi.
Fraza taktlarga bo'linadi. Takt frazaning bir bo'la­gi hisoblanib, bir urg'u yordamida bir yoki bir necha bo'g'inlaning ulanishidan tashkil topgan. Urg'uli bo'g'in yordamida ulangan taktlarning eng yuqori qismi kuchli talaffuzi bilan farqlanadi. Taktlar ma'nodor so'zlarni mustaqqil urg'uga ega bo'lmagan so'zlarga ulash uchun xizmat qiladi. Yordamchi so'zlar ma'nodor so'zlarning oldi va orqa tomonidan ulanadi. Ularning oldi tomonidan ulanishi prokliza deyiladi. Oldi tomonidan ulangan so'z proklitika deb ataladi.
Masalan: Beshta kam bir, beshta kampir; mana senga olam olam gul (Hamid Olimjon), alla-qayerda kabi. Orqa tomondan ulanish enkliza va ulangan urg'usiz so'z enklitika deb ataladi. Masalan, siz ham, senga deb oldim, bir bor ekan, bir yo'q ekan kabi.
Ma'nodor so'zlar ham proklitka va enklitka vazifalarni bajara oladi. Bunday xususiyat o'zbek tilida mavjud bo'lib, u ma'nosi jihatdan ulangan (ya'ni leksikali­zatsiya qilingan) so'z birikmalariga xos. Masalan, oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qani? (qo'shiqdan). Bu o'rinda “oq, oppoq” so'zlari proklitka bo'lib keladi. Ishlar yaxshi, do'stim, yaxshi – bunda do'stim so'zi kirish so'zi funksiyasida enklitika vazifasini bajaradi.
Taktlar bo'g'inlariga bo'linadi. Bir yoki bir necha tovushlardan tashkil topgan takt bo'lagi bo'g'in hisoblanadi. Bo'g'in hosil qiluvchi tovushlar ovozining darajasiga ko'ra unlilar, sonor undoshlar (m, n, l, r) va sirg'aluvchi jarangli undoshlardan iborat. Daniyalik tilshunos O. Yesper­sen ovozning darajasiga ko'ra tovushlarni tasnif qilgan. Biroq uning sonorlik nazariyasi (sonorious – lotincha ovozli ma'nosida) bo'g'in hosil bo'lishini yetarli yoritib bermaydi. Amerikalik tilshunos R. Stetson taklif etgan bo'g'inning ekspirator nazariyasi (experation – lotincha “nafas olish” ma'nosida) tovushning yoki tovushlar birikmasining nafas kuchi bilan talaffuziga asoslangan. Bo'g'in umumiy talaffuz kuchining xalqasi bo'lib, unda ovozning darajasi ya'ni sonorlik, nafas kuchi, kuchli va baland talaffuz mujassamlashgan. Odatda so'zdagi bo'g'in­lar soni undagi unli tovushlar soniga qarab belgilanadi. Bunday qarash doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Undosh tovushlar ham bo'g'in hosil qiluvchilik vazifasini bajara oladi. Chunki nuqta unlilar qo'shni holatda kelgan undoshlar yordamida bo'g'in hosil qiladi.
Masalan: bo-la-lar-i-miz-ga so'zida olti unli tovush qo'shni undoshlar yordamida olti bo'g'in hosil qiladi. Ingliz tilida esa, bir undosh tovush ham bo'g'in hosil qila oladi: little /lit-l/ – kichik, cattle /kæt-l/ – qozon kabi.
Tillar bo'g'inning tuzilishi strukturasiga ko'ra farq qiladi. Jaxon tillarida eng ko'p uchraydigan – bo'g'in turi “undosh-unli” bo'lib, u qulay talaffuzi bilan ajralib turadi (lo-la, qo-ra, so'-na kabi). Bo'g'inlarni ularda­gi oxirgi va boshidagi tovushlariga qarab turlarga bo'linadi: ochiq (unliga tugagan), yopiq (undoshga tugagan), yarim ochiq (sonor undoshga tugagan va berkitilgan (undosh bilan boshlangan).
So'zlar bir yoki undan ortiq bo'g'inlardan tashkil topgan. Bo'g'inlar bo'g'in chizig'i bilan chegaralanadi. Bo'g'in hosil qilish va bo'g'inga bo'lishda nutq tovushlari ishtirok etadi. Bo'g'inga bo'lishning qoida va tartiblari tillarda turlicha bo'ladi.
Bo'g'inlar tovushlarga bo'linadi. Tovushlarning artikulatsiyasi uch fazadan iborat: Boshlang'ich fazasi- ekskursiya, o'rta fazasi va oxirgi fazasi – rekursiya. Boshqacha aytganda tovushlarning talaffuzida nutq a'zolarining talaffuzga tayyorlanish fazasi (ekskursiya), aytilish fazasi va nutq organlarining avvalgi holatiga qisman qaytarish (rekursiya) fazasi mavjud. Artikulatsiya fazalarining qaytarilishi va rekursiya fazasining qisman qisqarishi tovush birikmalarining talaffuzi uchun xarakterlidir. Xususan, affrikatlar ana shunday bo'linmas artikulatsiyaga ega bo'lib, ular portlovchi tovushlarning talaffuzidan boshlanadi va sirg'aluvchi tovush bilan tugallanadi. Affrikatlarning talaffuzida bir ekskursiya va bir rekursiya mavjud. Boshqa undoshlar birikmalarning (masalan: kr, pl, tr, st, el kabi) talaffuzida ikki ekursiya va ikki rekursiya fazalari mavjud va shu sababli ularni tovush birikmalari hisoblanadi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin