O'zbek adabiy tili unlilari tasnifi
Tilning vertikal holatiga ko'ra
|
Tilning gorizontal holatiga ko'ra
|
til oldi
|
til orqa
|
lablanmagan
|
lablangan
|
Yuqori (yopiq)
|
I
|
u
|
O'rta (yarim yopiq yoki ochiq)
|
E
|
o'
|
Quyi (ochiq)
|
A
|
o
|
2-jadval
Rus adabiy tili unlilari tasnifi
Tilning vertikal holatiga ko'ra
|
Tilning gorizontal holatiga ko'ra
|
til oldi
|
o'rta qator
|
til orqa
|
lablanmagan
|
Lablangan
|
Yuqori (yopiq)
|
i
|
ы
|
U
|
O'rta (yarim yopiq yoki ochiq)
|
e
|
|
O
|
Quyi (ochiq)
|
|
a
|
|
O'zbek, rus va ingliz tillari unlilarining tasnifi
Tilning verikal holatiga ko'ra ko'tarilish belgilari
|
Tilning gorizontal holatiga ko'ra qator belgilari
|
Oldi qator
|
Aralash va o'rta qator
|
Orqa qator
|
Til
oldi
|
Orqa yo'na-lishi-
dagi til oldi
|
Oldi yo'na-lishdagi
til orqa
|
Chuqur til orqa
|
Yuqori ko'tarilish
|
Tor shakli
|
|
|
|
|
u:
|
Keng shakli
|
|
I
|
|
υ
|
|
O'rta ko'tarilish
|
Tor shakli
|
|
|
ə:
|
|
|
Keng shakli
|
|
|
ə
|
Λ
|
|
Quyi ko'tarilish
|
Tor shakli
|
|
|
|
|
כ כ:
|
Keng shakli
|
æ
|
|
|
|
a:
|
Shartli belgilar: – o'zbek tili unlilari;
– rus tili unlilari;
– ingliz tili unlilari;
Eslatma: 1) Til orqa qator unlilari, /Λ/, /a:/ dan tashqari, qolganlari – lablangan. Til oldi, aralash va o'rta qator unlilari –lablanmagan.
2) Rus tilidagi (ы), (a) unlilari – o'rta qatorga, ingliz tilidagi /ə:/, /ə/ – aralash qatorga kiradi.
3) Ko'rsatilgan shartli belgilar shu til unlilar sistemasining geometrik tabiatini hisobga oladi. Masalan, o'zbek tilining unlilar sistemasi to'rtburchak shakliga ega. Rus tili vokalizmi uchburchak shakliga ega.
Ingliz tilidagi unlilar (dif-tonglar ko'rsatilmagan) har ikki shaklga ham zid keladi. Ularni ko'pincha Xalqaro Fonetik Assotsia-
|
|
|
siyaning jadvaliga asosan trapetsiya shaklida ko'rsatiladi va bu shakl boshqa tillardagi unlilarni ko'rsatish uchun ham keng qo'llanadi.
|
|
O'zbek va ingliz tillaridagi undosh tovushlarning artikulatsiya o'rniga (to'siqning hosil bo'lish o'rniga) ko'ra tasnifi
Lab undoshlari
|
Til undoshlari
|
Bo'g'iz
yoki faringal
|
til oldi
|
til o'rta
|
til orqa
|
lab-lab
|
lab-til
|
dorsal
|
alveolyar
|
tish o'rta
|
palatal
|
sayoz
|
chuqur (uvulyar)
|
|
b b
p p
m m
w
o’z/ing
|
v v
f f
|
s s
z z
d
t
s
n
l
|
t
d
l
n
|
θ – ð
|
y j
|
k k
g g
|
k
g'
x
|
h h
|
O'zbek va ingliz tillaridagi undosh tovushlarning
artikulyatsiya usuliga ko'ra tasnifi
Sirg'aluvchilar (frikativlar) (to'siq, kuchsiz, nutq organlari jipslashmaydi, shovqin hosil bo'ladi)
|
f, v, z, j, x, f, s, sh, y, h, g'
f, v, s, z, ∫, ʒ, θ, ð, h
|
Jipslashuvchilar
(nutq organlari jipslashadi,
zich, kuchli to'siq hosil bo'ladi)
|
Portlovchilar (shovqin kuchli)
|
p, b, t, d, k, g, q
p, b, t, d, k, g, .
|
Affrikatlar (shovqin kuchli, portlovchidan boshlanib sirg'aluvchi tovush bilan tamomlanadi)
|
tsh (ch), dj (j), ts (s)
t∫ dʒ
|
Sonorlar (sonantlar) (shovqinga qaraganda
ton ustun keladi)
|
burun
|
m, n, ng
m, n, ŋ
|
yon
|
L
|
titroq
|
R
|
o'rta
|
w, r, j
|
Eslatma: Jadvallar rus tilidagi undoshlarning tasnifini ham ko'rsata oladi. Ular deyarli o'zbek tili undoshlarining jadvallarda ko'rsatilgan belgilariga o'xshaydi. Biroq rus tili undoshlarining tasnifida yumshoq va qattiq, bir fokusli va ikki fokusli undoshlarni alohida ko'rsatmoq kerak.
Undoshlarning tovush paychalarining holatiga ko'ra tasnifi
Jarangli
(tovush paycha-lari titraydi)
|
o'zbek tili:
|
b, d, g, v, z, j, y, g', dj, (j)
|
rus tili:
|
б, бь, д, дь, ч, чь, в, вь, з, зь, ж, жь
|
Ingliz tili:
|
b, d, g, v, s, ʒ, ð
|
Jarangsiz
(tovush
paychalari)
|
o'zbek tili:
|
p, t, k, q, tsh(ch), tc(щ), x, f ,s, sh /h/
|
rus tili:
|
п, пь, т, ть, к, кь, ч, ц, х, ф, фь, с, сь, ш, щъ
|
ingliz tili:
|
p, t, k, f, θ, s, ∫, t∫, /h/
|
Eslatma: /h/, /h/ undoshlari ko'proq jarangsiz va ba'zan jarangli holatda uchraydi. Shu sababli ularni qavs ichida keltirildi. Undoshlar doim jarangli va jarangsiz juftlariga ega bo'lavermaydi. Masalan, o'zbek tilidagi (q), rus tilidagi (ch), (x) o'z juftlariga ega emas. O'zbek tilidagi (x) ning jufti (g') hisoblanadi.
NUTQNING FONETIK BO'LINISHI
Nutqda tovushlar alohida holda talaffuz etilmaydi. Ular ma'lum tartibda ketma-ket birikkan holatda bo'ladi. Demak, nutq ketma-ket kelgan tovushlarning yig'indisi yoki zanjirsimon ulanishidan iborat bo'lib, u talaffuz davriga ko'ra oldinma keyin kelgan fonetik birliklarga bo'linadi. Nutqning ana shunday katta va kichik birliklarga bo'linishi uning fonetik bo'linishi deb ataladi. Bunday bo'linishni, ba'zan segmentatsiya (lotincha segmentus – bo'lak ma'nosida) deb ham yuritiladi. Segmentatsiya tushunchasi nutqni tashkil etuvchi bo'laklarga bo'lishni bildiradi. Har bir bo'lak segment deb yuritiladi. Nutqning bunday bo'linishi katta va kichik segmentlarni aniqlashga va ular o'rtasidagiulanish tartibni bilishga imkon beradi. Har bir fonetik birlik o'zining artikulyatsion-akustik va eshitilish xususiyatlariga egadir. Fonetik birliklar til strukturasining material tomonini tashkil etuvchilar bo'lib, ular o'z navbatida o'xshashlik va farqlarini aniqlash va tildagi xizmatni bilish yordamida tilning asosiy birliklariga (fonema, morfema, so'z va gaplar) birlashadi.
Nutq quyidagi tartibda fonetik birliklarga bo'linadi: 1) fraza; 2) taktlar; 3) bo'g'inlar va; 4) tovushlar1.
Har ikki tomondan pauza bilan bo'lingan eng katta fonetik birlik fraza deb ataladi. Pauza davrida so'zlovchi kelgusi frazaning talaffuzi uchun zarur nafas oladi. Bir fraza birqancha gaplarni o'z ichiga olishi mumkin. Bir gap ham birqancha frazalarga bo'linishi mumkin. Shu tufayli fraza va gaplar bir-biriga to'g'ri kelmaydi. Gap – gramatik (sintaktik) birlik, fraza esa, fonetik birlik hisoblanadi. Frazalar intonatsiya yordamida bir-biriga ulanadi.
Fraza taktlarga bo'linadi. Takt – frazaning bir bo'lagi hisoblanib, bir urg'u yordamida bir yoki bir necha bo'g'inlaning ulanishidan tashkil topgan. Urg'uli bo'g'in yordamida ulangan taktlarning eng yuqori qismi kuchli talaffuzi bilan farqlanadi. Taktlar ma'nodor so'zlarni mustaqqil urg'uga ega bo'lmagan so'zlarga ulash uchun xizmat qiladi. Yordamchi so'zlar ma'nodor so'zlarning oldi va orqa tomonidan ulanadi. Ularning oldi tomonidan ulanishi prokliza deyiladi. Oldi tomonidan ulangan so'z proklitika deb ataladi.
Masalan: Beshta kam bir, beshta kampir; mana senga olam olam gul (Hamid Olimjon), alla-qayerda kabi. Orqa tomondan ulanish enkliza va ulangan urg'usiz so'z enklitika deb ataladi. Masalan, siz ham, senga deb oldim, bir bor ekan, bir yo'q ekan kabi.
Ma'nodor so'zlar ham proklitka va enklitka vazifalarni bajara oladi. Bunday xususiyat o'zbek tilida mavjud bo'lib, u ma'nosi jihatdan ulangan (ya'ni leksikalizatsiya qilingan) so'z birikmalariga xos. Masalan, oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qani? (qo'shiqdan). Bu o'rinda “oq, oppoq” so'zlari proklitka bo'lib keladi. Ishlar yaxshi, do'stim, yaxshi – bunda do'stim so'zi kirish so'zi funksiyasida enklitika vazifasini bajaradi.
Taktlar bo'g'inlariga bo'linadi. Bir yoki bir necha tovushlardan tashkil topgan takt bo'lagi bo'g'in hisoblanadi. Bo'g'in hosil qiluvchi tovushlar ovozining darajasiga ko'ra unlilar, sonor undoshlar (m, n, l, r) va sirg'aluvchi jarangli undoshlardan iborat. Daniyalik tilshunos O. Yespersen ovozning darajasiga ko'ra tovushlarni tasnif qilgan. Biroq uning sonorlik nazariyasi (sonorious – lotincha ovozli ma'nosida) bo'g'in hosil bo'lishini yetarli yoritib bermaydi. Amerikalik tilshunos R. Stetson taklif etgan bo'g'inning ekspirator nazariyasi (experation – lotincha “nafas olish” ma'nosida) tovushning yoki tovushlar birikmasining nafas kuchi bilan talaffuziga asoslangan. Bo'g'in umumiy talaffuz kuchining xalqasi bo'lib, unda ovozning darajasi ya'ni sonorlik, nafas kuchi, kuchli va baland talaffuz mujassamlashgan. Odatda so'zdagi bo'g'inlar soni undagi unli tovushlar soniga qarab belgilanadi. Bunday qarash doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Undosh tovushlar ham bo'g'in hosil qiluvchilik vazifasini bajara oladi. Chunki nuqta unlilar qo'shni holatda kelgan undoshlar yordamida bo'g'in hosil qiladi.
Masalan: bo-la-lar-i-miz-ga so'zida olti unli tovush qo'shni undoshlar yordamida olti bo'g'in hosil qiladi. Ingliz tilida esa, bir undosh tovush ham bo'g'in hosil qila oladi: little /lit-l/ – kichik, cattle /kæt-l/ – qozon kabi.
Tillar bo'g'inning tuzilishi strukturasiga ko'ra farq qiladi. Jaxon tillarida eng ko'p uchraydigan – bo'g'in turi “undosh-unli” bo'lib, u qulay talaffuzi bilan ajralib turadi (lo-la, qo-ra, so'-na kabi). Bo'g'inlarni ulardagi oxirgi va boshidagi tovushlariga qarab turlarga bo'linadi: ochiq (unliga tugagan), yopiq (undoshga tugagan), yarim ochiq (sonor undoshga tugagan va berkitilgan (undosh bilan boshlangan).
So'zlar bir yoki undan ortiq bo'g'inlardan tashkil topgan. Bo'g'inlar bo'g'in chizig'i bilan chegaralanadi. Bo'g'in hosil qilish va bo'g'inga bo'lishda nutq tovushlari ishtirok etadi. Bo'g'inga bo'lishning qoida va tartiblari tillarda turlicha bo'ladi.
Bo'g'inlar tovushlarga bo'linadi. Tovushlarning artikulatsiyasi uch fazadan iborat: Boshlang'ich fazasi- ekskursiya, o'rta fazasi va oxirgi fazasi – rekursiya. Boshqacha aytganda tovushlarning talaffuzida nutq a'zolarining talaffuzga tayyorlanish fazasi (ekskursiya), aytilish fazasi va nutq organlarining avvalgi holatiga qisman qaytarish (rekursiya) fazasi mavjud. Artikulatsiya fazalarining qaytarilishi va rekursiya fazasining qisman qisqarishi tovush birikmalarining talaffuzi uchun xarakterlidir. Xususan, affrikatlar ana shunday bo'linmas artikulatsiyaga ega bo'lib, ular portlovchi tovushlarning talaffuzidan boshlanadi va sirg'aluvchi tovush bilan tugallanadi. Affrikatlarning talaffuzida bir ekskursiya va bir rekursiya mavjud. Boshqa undoshlar birikmalarning (masalan: kr, pl, tr, st, el kabi) talaffuzida ikki ekursiya va ikki rekursiya fazalari mavjud va shu sababli ularni tovush birikmalari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |