O'zbekiston milliy universiteti a. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga kirish oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlari ucun darslik toshkent- 2010


TOVUSHLARNING NUTQDAGI POZITSION O'ZGARISHLARI. REDUKSIYA



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə14/68
tarix16.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75480
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68
3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.

TOVUSHLARNING NUTQDAGI POZITSION O'ZGARISHLARI. REDUKSIYA

Nutqdagi turli faktorlar natijasida tovushlar bir biriga ta'sir qiladi. Bunday faktorlardan biri tovushning o'rni, uning boshqa tovushga qo'shni holatda bo'lishi, tovushlarning birikuvi va urg'uning tabiatiga bog'liq. Tovush­larning pozitsion va kombinator o'zgarishlari farqlana­di. (Kombinator o'zgarishlar keyingi bo'limda beriladi).


Ma'lum holatda ro'y beruvchi tovushlarning o'zgari­shi pozitsion o'zgarishshlar deb ataladi. Pozitsion o'zga­ri­sh­lar uch turga ega: 1) urg'uga nisbatan urg'uli va urg'usiz unlilar farqlanadi; 2) bo'g'in va uning tabiatiga ko'ra ochiq va yopiq hamda berkitilgan va berkitilmagan bo'g'in­lar farqlanadi; 3) so'zdagi o'rniga ko'ra so'z boshi, o'rtasi va oxiridagi tovushlar va ularning birikmalari farqla­nadi.
Unli tovushlarning urg'usiz bo'g'inlarda kuchsizlanishi yoki o'zgarishi reduksiya deyiladi. Odatda sifat va miqdor reduksiyasi farqlanadi. Urg'usiz yopiq bo'g'inlarda unlilar cho'ziqligining qisqarishi va kuchli artikulatsiya qilinishining yo'qolishi miqdor reduksiya deb ataladi. Masalan, sanash so'zining boshdagi urg'usiz /a/, oxiridagi /a/ ga qaraganda ancha kuchsiz va qisqa talaffuz etiladi. Rus tilidagi гóрод, городá so'zlarida urg'usiz unlilar kuchsiz va qisqaroq talaffuz etiladi.
Tovushlarning urg'uga nisbatan o'rniga ko'ra ikki xil pozitsiya farqlanadi: urg'uli bo'g'indagi holati – kuchli pozitsiya deb, urg'usiz bo'g'indagi holati – kuchsiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada unlilar o'z artikulyatsion-akustik xususiyatlarini saqlab qoladi. Kuchsiz pozitsiyada unlilar miqdor va sifat belgilarini yo'qotadi, ya'ni reduksiyaga uchraydi.
Yuqorida ko'rsatilgan miqdor reduksiyasidan tashqa­ri sifat reduksiyasi ham bor. Sifat reduksiyasida bir yo'la tovushning artikulatsiyasi kuchsizlashadi va tovushning sifati o'zgaradi. Masalan, rus tilidagi водá, воды, водяной, водавоз so'zlaridagi urg'usiz unlilar (o, a) tovushlari doirasida o'zgaradi. O'zbek tilida bunday xususiyat yetarli darajada ko'zga tashlanmaydi. Reduksiyaga uch­ra­gan tovushlar urg'uli tovushlarga qaraganda aniq bo'lma­gan kuchsiz va qisqaroq talaffuzga ega.
Reduksiyaning darajasi faqat tovushning holatiga emas, balki talaffuz stiliga ham bog'liq. Odatda to'liq talaffuz stilida reduksiya minimal darajada bo'lib, og'zaki nutq stilida esa, u maksimal darajada ro'y beradi. Undan tashqari reduksiyaning darajasi unlilarning tilning ko'tarilishiga ko'ra belgilariga (yuqori, o'rta, quyi) ham bog'liq.
Undosh tovushlar ham pozitsion o'zgarishlarga uchrashi mumkin. O'zbek tilida so'z oxiridagi jarangli undoshlar jarangsizlashishi bunga misol bo'la oladi (kitob /kitop/, qand /qant/ kabi). Ba'zan ko'p bo'g'inli so'zlarda so'z oxiridagi jarangsiz undoshlar jarangli bo'lib talaffuz etiladi (bilak-bilagi, kurak-kuragi, tilak-tilagi kabi).
Turli holatlarda tovushlarning talaffuzi har xil o'zgarishlarga uchraydi. N.S. Trubetskoy ko'rsatishicha «… amaliy jihatdan aynan bir tovushni bir pozitsiyada ham bir necha marta aniq va bir turda talaffuz etish mumkin emas»1. Nutqda tovushlarning turli pozitsion o'zgarishla­rini qancha chuqur o'rganilsa, shunchalik ko'p tovushlarning turlari aniqlanishi mumkin.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin