O'zbekiston milliy universiteti a. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga kirish oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlari ucun darslik toshkent- 2010



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə16/68
tarix16.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75480
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68
3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.

ASSIMILATSIYA


Assimilatsiya (lotincha assimilatio – «o'xshash bo'lish») deb tovushlarning bir-biriga ta'siri natijasida ulardan birining ikkinchisiga o'xshash bo'lish hodisasiga aytiladi. Odatda unlilar unlilarga, undoshlar undoshlarga assimilatsiya qilinadi. Agar o'zaro ta'sir natijasida tovushlar bir-biriga butunlay o'xshash bo'lib qolsa, to'liq assimilatsiya deyiladi. Agar tovushlarning biror artikulyatsion – akustik belgisi o'xshash bo'lib qolsa, to'liq bo'lmagan (qisman) assimilatsiya deb ataladi. (Masalan, ketdi (ketti) so'zida (t) va (d) oldingi (t) jarangsiz undosh ta'sirida o'xshash bo'lib qoladi).
Tovushlar bir-biriga ta'sirining yo'nalishiga ko'ra progressiv va regressiv assimilatsiya farqlanadi. Oldin kelgan tovush keyingi tovushga ta'sir qilib, o'ziga o'xshatsa – progressiv assimilatsiya, aksincha, keyingi tovush oldingisiga ta'sir qilsa – regressiv assimilatsiya deyiladi. Tovushlar artikulatsiya o'rni, usuli, jarangli-jarangsizligi va yumshoq-qattiqligi (bu hodisa rus tilida bor) bo'yicha assimilatsiya qilinadi. O'xshash bo'luvchi tovushlar yonma-yon bo'lsa – kontakt assimilatsiya, ular o'rtasida boshqa tovushlar bo'lib, o'xshash bo'luvchi tovushlar bir-biridan uzoq bo'lsa – distant assimilatsiya deyi­ladi. Assimilatsiya bir so'z ichida va so'z birikmalari ora­lig'ida ro'y berishi mumkin. Masalan, o'zbek tilidagi sotdi, otgan, rus tilidagi лодка, каробка, inglizcha goods /gudz/ – «narsalar», cats /kæts/ – «mushuklar», nemischa gibt /gi:pt/ – «olmoq», legt /lekt/ – «yotmoq» so'zlari­da progressiv kontakt assimilatsiya jarangsizlanish bo'yicha amalga oshiriladi. Taqsimot (taxsimot), ulug'sifat (uluxsifat), o'taketgan (o'taketgan), o'qchi (o'xchi), tanbur (tambur) so'zla­rida regressiv assimilatsiya uchraydi. Surnay (sunnay), karnay (kannay), tipirlatmoq (tipillat­moq), mahkam (makkam) (Toshkent shevasida) kabilar to'la regressiv kontakt assimilatsiyaga misoldir. Qantak (o'rik), qo'ltiq­tayoq (qo'ltig'tayog'), to'g'nag'ich (to'nag'ich) kabilarda to'la distant assimilatsiya uchraydi. Rus tilida distant assimi­lya­siya ko'proq uchraydi: здравствуйте /zdrassti/, пятнадцать /petnadsat/ kabi.
Assimilatsiya hodisasi ham talaffuzini iqtisod qi­lishning bir turi hisoblanadi. Assimilatsiya natijasida so'zlar qisqarishi, undagi tovushlarning artikulatsiyasi o'xshash bo'lib qolishi talaffuzni osonlashtirishga yordam beradi. Turli tillarda assimilatsiyaning tabiati o'ziga xos xususiyatlariga ega. Xususan, nemis tilida jaranglilik belgisi bo'yicha assimilatsiya uchra­maydi. Bunday assimilatsiya rus va o'zbek tillariga xosdir.
Distant assimilatsiya ko'proq unlilarning o'zaro ta'­siri natijasida ro'y beradi va turkiy, fin-ugor, ba'zi german tillarida uchraydi. Masalan, nemis tilida otlarning ko'plik qo'shimchasidagi unli so'z o'zagidagi unliga o'xshash belgilariga ega bo'ladi. Bu hodisani umlaut deyiladi: Buch «kitob» – Bücher «kitoblar», Sohn «o'g'il» – Söhne «o'g'illar» kabi.
Progressiv assimilatsiyaning yana bir turi singarmonizm yoki unlilarning uyg'unlashuvi deb atalib, u so'z­larda (o'zak va affiksda) unlilarning o'xshash artikulya­sion-akustik belgilarga ega bo'lishi bilan izohlanadi. Ba'zi afrika tillarida unlilar bir so'z yoki so'zlar birikmasi doirasida uyg'unlashadi. Ko'pgina urol va oltoy tillarida unlilar til oldi va til orqa, hamda lablangan-lablanmagan belgilari bo'yicha uyg'unlashadi. Masalan, turkiy tillarida, xususan, turkman, qozoq, qirg'iz, turk, qoraqalpoq tillaridagi so'zlarda til oldi yoki til orqa, lablangan yoki lablanmagan unlilar o'xshash holatda uchraydi. Bunda so'z o'zagidagi unli bilan uning affiksidagi unli uyg'unlashadi. Masalan, turkman tilida: galamlar – «qalamlar», gelinlar – «kelinlar» qozoq tilida: bashtar – «boshlar», koldor – «qo'llar», turk tilida: göllär – «qo'llar», gyzlar – «qizlar» kabi.
Singarmonizm urg'u bilan ham bog'liq bo'lib, ularning har ikkisi so'zning fonetik belgisi hisoblanadi. Nihoyat, assimilatsiya sinxronik (yangi paydo bo'lgan) va diaxronik (tarixiy shakllangan) bo'lishi mumkin. Yuqo­ri­da ko'rsatilgan umlaut va singarmonizm hodisalari tovush­larning tarixiy assimilatsiyasi natijasida kelib chiqqan.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin