O'zbekiston milliy universiteti a. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga kirish oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlari ucun darslik toshkent- 2010



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə13/68
tarix16.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75480
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.

INTONATSIYA


Fraza urg'usi, melodiya, ritm, intensivlik, temp, tembr kabi prosodik elementlarning birligidan iborat bo'lib, tilda har xil sintaktik, ekspressiv va emotsional ma'nolarni ifodalovchi murakkab hodisa intonatsiya de­yiladi. Prosodik elementlarning har birini intonatsiyaning komponenti yoki parametri deb yuritiladi. Melodiya va fraza urg'usi intonatsiyaning birlamchi, qolgan elementlar – ikkilamchi komponentlari hisoblanadi. Into­natsiya­ning har bir komponentini alohida izohlab o'tamiz.
1. Melodiya – ovoz asosiy tonning harakatini (nutq ohangining tushishi yoki ko'tarilishini) ko'rsatadi. Frazalarga bo'lingan nutqda har bir fraza o'z melodiyasiga ega1. Odatda darak ma'nosini ifodalovchi fraza ovozning tushish ohangi va so'roq ma'nosini bildiruvchi fraza ko'tarilish ohangi bilan talaffuz etiladi. Har ikki ma'nodan chetga chiquvchi frazalar ancha tekis ohangda aytiladi.
Ba'zan ohirgi frazaning melodiyasi intonatsiyasiga tenglashtiriladi. Bunday qarash noto'g'ri bo'lib, intonatsiyaning boshqa komponentlarini inkor etishga olib keladi. Nutqimizda ishlatiluvchi «tushuvchi intonatsiya», «ko'ta­riluvchi intonatsiya» kabilar melodiyaga tegishlidir. Melodiya intonatsiyaning eng zarur komponentlaridan biri bo'lib, frazalarni ulash va nutqni ifodali qilish vazifalarini bajaradi.
2. Intonatsiyaning eng asosiy komponentlaridan ikkinchisi fraza urg'usi bo'lib, nutqdagi biror elementni (so'z, bo'g'in yoki so'z birikmasini) alohida ajratib talaffuz etish bilan izohlanadi. Fraza urg'usi frazalarning ulashni fonetik vositasi hisoblanadi. Nutqning fonetik bo'linishida ko'rsatib o'tilganidek, fraza bir urg'uga ega bo'lgan boshqa mayda bo'laklarga bo'linadi. Bu bo'lak­larni taktlar deb atagan edik. Odatda o'zbek va rus tillarida fraza urg'usi nutq taktlarining oxirgi qismiga tushadi. Uch turdagi fraza urg'usi farqlanadi: odatiy fraza urg'usi, mantiqiy va emfatik urg'u. Nutqning mazmuni jihatdan frazaning biror qismini alohida ajratib ko'rsatish uchun xizmat qiluvchi prosodik vosita mantiqiy urg'u deyiladi. Masalan: U – vrach, rafiqasi esa, o'qituvchi. Bu – juda qiziq kitob.
Frazadagi biror so'zni emotsional - ekspressiv jihat­dan ajratib ko'rsatuvchi prosodik vosita emotsional urg'u deyiladi. Masalan: Eh, qanday go'zal manzara! Seni qara-yu.
Ajratilgan so'zlarda emotsional urg'u unli tovushlar­ni ancha cho'ziq talaffuz etish orqali amalga oshiriladi.
3. Kuchli va kuchsiz talaffuz va nafas kuchi intensivlikni bildiradi.
4. Fraza va taktlarda urg'uli va urg'usiz hamda cho'ziq va qisqa bo'g'inlarning almashib turishi ritm deb ataladi. Frazaning ritmik strukturasi nutqning asosiy fonetik belgilaridan biri bo'lib, u frazani pauza yordamida kichik bo'laklarga bo'lish uchun xizmat qiladi.
5. Talaffuzning vaqti, uning tezligi (sekin, o'rta tezlik va tez) nutq tempi deyiladi. Nutq tempi frazani bo'laklarga bo'lish va uni ma'no jihatdan shakllantirish uchun xizmat qiladi.
6. Nutqda ovozning har xil o'zgarishlari va u orqali nutqning turli emotsional-ekspressiv ifodalanishi ovoz tembri deb yuritiladi. Ovoz tembri bir kishining ovozi­ni ikkinchi kishining ovozidan farqlash uchun ham xizmat qiladi. Nutq tembri ikki turli bo'ladi. U ovozning turli o'zgarishlarini ko'rsatish uchun xizmat qilsa, neytral tembr (bevosita oddiy) deb yuritiladi. Nutqni ifodali, ya'ni emotsional-ekspressiv qilishda ishtirok etuvchi tembr emotsional deyiladi. Yuqorida ko'rsatilgan nutqning fonetik jihatdan fraza, takt, bo'g'in va tovushlarga bo'li­nishi so'zlovchining odat bo'yicha uzun nutqni bo'laklarga bo'lib talaffuz etishiga asoslanadi. Talaffuzi va eshitilishi jihatdan nutqdagi psixologik aniq birliklar sifatida bo'g'in so'z, sintagma va frazalarni atash mumkin1. Ularni nutqda ajratib ko'rsatish aniqdir. Biroq so'z nutqida eng aniq birlik sifatida namoyon bo'ladi. Chunki so'z ifoda planidan (tovush tomonidan) tashqari, mazmun planiga (ma'no jihatiga) ham egadir. So'zning fonetik belgilari uni tashkil etuvchi ma'lum tovushlarning birikmalari va ularning tartibi, ya'ni fonetik strukturasi va urg'uning turli darajalari, ya'ni aksent (lotincha accent – urg'u) strukturasida namoyon bo'ladi. Ana shu ikki jihatni o'zida mujassamlashtirgan nutqning har ikki tomonidan qisqa pauza bilan chegaralangan minimal bo'la­kni fonetik so'z deb ataladi.
So'zga nisbatan yuqori birlik sifatida nutq jarayonida so'zlovchi tomonidan biror ma'noni bildirish maq­sa­dida bo'linuvchi qism sintagma deyiladi. Sintagma­ning fonetik belgisi deb sintagmatik urg'u tushuniladi. Bunday urg'u odatda sintagmadan oxirgi elementga tushadi va u sintagma birlashgan so'zlarning ma'no munosabatlari bilan bog'lanadi. Misol: Katta akam – traktor ishlab chiqaradigan zavoda – yetti yildan beri – yaxshi mehnat qilmoqda. Bu fraza to'rt sintagmaga bo'linadi (/ – belgisi sintagmaning chegarasini ko'rsatadi) va u har ikki tomondan katta pauzaga // – belgisi) ega.
Nutqning tovush jihatdan shakllanishida barcha fonetik va leksik-grammatik vositalar xizmat qiladi. Fonetik vositalar ichida intonatsiya alohida o'rin tutadi. Intonatsiya so'zlovchining nutq mazmuniga bo'lgan munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi. Mashhur rus qo'shiqchisi F.A. Shalyapinning obrazli aytishicha, «Intonatsiya – fikrni go'yo temiryo'l poyezdni ko'tarib turgandek ushlab turadi». Intonatsiya tufayli nutqning fonetik bo'linishida hosil bo'lgan birliklar (fraza, takt, bo'g'in va tovushlar) bir qatorda bir-birlari bilan ulanadi. Nazariy ahamiyatidan tashqari, intonatsiya chet tillarning namunali talaffuziga o'rgatishda amaliy jihatdan ham juda zarur hisoblanadi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin