O'zbekiston milliy universiteti a. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga kirish oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlari ucun darslik toshkent- 2010



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə9/68
tarix16.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75480
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68
3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.

NUTQ TOVUSHLARINING TASNIFI

Odam nutqi har xil tovushlarga juda boydir. Biroq barcha tovushlarni ularning artikulyatsion-akustik xususiyatlarga ko'ra har xil turlarga bo'linadi. Birinchi navbatda, tovushlarni unli va undoshlarga bo'linadi. Arti­kulyatsion, akustik va eshitib his etilishi va tildagi funksional xizmati jihatdan unli va undosh tovushlar o'rtasida katta farq bor.


Artikulyatsion jihatdan unli tovushlar o'pkadan chiqib kelayotgan havoning hech qanday to'siqqa uchramasdan o'tishi, aksincha, undoshlar talaffuzida havo oqimining biror to'siqqa duch kelishi bilan izohlanadi. Akustik xususiyatlariga ko'ra unlilar talaffuzida havo oqimi kuchsiz tebranishga, aksincha, undoshlar esa, unlilarga qara­ganda kuchli tebranish va shovqin yordamida hosil bo'ladi. Eshitib his etilishi jihatdan undoshlar kuchli shovqin bilan unlilardan farq qiladi. Unlilar esa, musiqa ohangiga jo'r bo'la oluvchi mayin ohangga egadir. Ko'pincha jahon tillarida undosh tovushlar unlilardan ko'proq uchraydi va shu tufayli ularning funksional xizmati ham ko'proqdir. Odatda obyektiv borliqdagi mavjud narsa va hodisalarni har xil guruh va tiplarga tasnif qilingandek, nutq tovushlarini ham artikulyatsion-akus­tik xususiyatlariga ko'ra bir necha kategoriyalarga bo'li­nadi.
Yuqorida ko'rsatilgan belgilari asosida nutq tovushlari unli va undoshlarga va o'z navbatida, bular ham ayrim guruhlarga bo'linadi. Quyida unli va undosh tovushlarning tasnifini ko'rib o'tamiz.
Undosh tovushlarning tasnifi. Nutq organlarining bir-biriga tegishi natijasida o'pkadan chiquvchi havo oqimi to'siqqa uchrashi undoshlarning hosil bo'lishida xarakterlidir. Undosh tovushlarning sifati nutq organlarining xarakati, og'iz va bo'g'iz bo'sh­liq­larining shakli va tovush paychalarining holatiga bog'liq. Odatda undosh tovushlarni quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Faol nutq a'zolarining ishtiroki va to'siqning hosil bo'lish o'rniga ko'ra: bunday artikulatsiya belgilari bo'yicha undoshlar lab va til undoshlariga bo'linadi. O'z navbatida lab undoshlari lab-lab (p, b, m) va lab-tish (f, v) tovushlariga bo'linadi. Til undoshlari til oldi (to'siq­ning o'rniga ko'ra: dorsal, alveolyar, apikal, kakuminal), til o'rta, til orqa, uvulyar (chuqur til orqa), faringal va bo'g'iz tovushlariga bo'linadi. To'siqning hosil bo'lish o'rniga ko'ra til oldi undoshlari dental yoki dorsal (o'zbek tilidagi /t, d, s, z, l/ kabi), tish o'rta (ingliz va turkman tillaridagi /θ, ð/ kabi), alveolyar (inglizcha /t, d, l/ kabi), palata-alveolyar (ruscha /t, d, l/ kabi) va chuqur alveolyar (inglizcha /r/ kabi) bo'ladi. Til o'rta undoshlari to'siqning hosil bo'lish o'rniga ko'ra palatal bo'ladi.
2. Shovqin hosil bo'lish usuliga yoki to'siqning qanday hosil bo'lish turiga ko'ra quyidagi undosh tovushlar farqlanadi:
a) portlovchilar – ularning talaffuzida havo oqimi kuchli to'siqqa uchraydi: /p, b, t, d, k, g/ kabi;
b) sirg'aluvchilar yoki frikativ undoshlar – ular hova oqimining kuchli to'siqqa uchramay, nutq organlari orasidan sirg'alib o'tishi bilan hosil bo'ladi: /s, z, sh, j, f, v/ kabi;
c) afrikatlar – ularning talaffuzi portlovchi elementdan /t, d/ boshlanib, sirg'aluvchi tovush bilan tugallanadi: /tsh (ch), dj/ kabi. Biroq afrikatlarning har ikki elementi hech vaqt ikki bo'g'in va morfemaga ajralib ketmaydi. Artikulyatsion-akustik jihatdan afrikatlar go'yo bir tovushdek talaffuz etiladi.
Portlovchi, sirg'aluvchi va afrikatlar shovqinli tovushlar hisoblanadi. Sirg'aluvchi undoshlar ikki xil talaffuz qilinishi mumkin. Masalan, rus tilidagi sirg'a­luvchi qattiq undoshlar /f, v, s, z/ bir o'rinda yoki bir fokusli talaffuz etiladi. Sirg'aluvchi yumshoq /f`, v`, s`, z`/ undoshlari esa ikki o'rinda yoki ikki fokusli atrikulyatsiyaga ega. O'zbek tilida bunday xususiyat yo'q. Undoshlar ichida shovqindan ovoz toni ustun keluvchi tovushlar ham borki, ular sonor yoki sonant (lotincha sonorous – ovozli) tovushlar deyiladi. Hosil bo'lishiga ko'ra sonorlar bir yo'la unli va undoshlik xususiyatga ega. Sonorlar tonningishtirokiga ko'ra unlilariga yaqin turadi. Sonorlarning hosil bo'lishida havo oqimining to'siqqa uchrashi jihatdan ular undoshlarga yaqin talaffuz etiladi. O'zbek, rus, ingliz tillaridagi /l/, /l/, /y/, /j/, /r/, /r/ sonor tovushlardir. Bu sonorlar og'iz bo'shlig'ida hosil bo'ladi. Ba'zi sonor tovushlarning talaffuzida yumshoq tanglay pastga tushib, havo burun bo'shlig'i orqali o'tadi (m, n, ng). Bunday tovushlar burun sonorlari deb ataladi. Sonor tovushlar bo'g'in hosil qilishda katta xizmat qiladi.
/l/ sonor tovushining talaffuzida havo oqimi tilning yoni­dan sirg'alib o'tadi va shu tufayli /l/ yon sonori deb ataladi.
/r/ tovushining talaffuzida havo oqimi til uchini tit­ratadi va shu tufayli u titroq sonor tovushi deyiladi.
3. Undosh tovushlarning talaffuzida tovush paychalari titrasa, ular jarangli deyiladi. Artikulatsiya davomida tovush paychalari yaxshi titramasa, jarangsiz undoshlar hosil bo'ladi. Odatda, jarangli va jarangsiz undoshlar o'z juftlariga ega:. /p – b/, /f – v/, /t – d/, /s – z/, /sh – j/, /x – g'/, /tsh – dj/, /k – g/. O'zbek tilida bu sakkiz juft jarangli-jarangsiz undoshlarning jarangsizlari kuchli va jaranglilari kuchsiz talaffuz qilinadi. Ba'zi undosh tovushlarning talaffuzi til pushtining o'rta qis­mi qattiq tanglayga (lotincha palatum) tomon ko'tariladi. Bu xususiyat palatalizatsiya (yumshatish) deyiladi. Rus tilida bunday palatalizatsiya kuchli bo'lib, yumshoq undoshlar mavjud. Eshitilishi jihatdan u /y/ tovushini eslatadi. Shu sababli, rus tilida undoshlar yumshoq va qattiq kategoriyaga bo'linadi. Masalan, пил - “ichdim” – пыль – “chang” so'zlaridagi /l – l/ undoshlari qattiq va yumshoqligi bilan farqlanadi.
Nutq a'zolarining kuchsiz harakati bilan havo oqimining tovush paychalari bir-biriga yaqinlashtirib, sirg'alib o'tishi natijasida aspiratsiya (lotincha aspirare – nafas olmoq so'zidan) hosil bo'ladi. Aspiratsiya juda kuchsiz /h/, /h/ nafas tovushini eslatadi. Aspiratsiya­lash­gan undosh tovushlar odatda unli tovushlardan oldin keladi. Masalan, ingliz tilida pool /phu:l/ basseyn, take /theik/ olmoq, coat /khout/ palto kabi.
O'pkadan chiqqan havoning bo'g'iz bo'shlig'idan sir­g'a­lib o'tishi natijasida hosil bo'lgan (h), (h) undoshi bo'g'iz tovushi deyiladi. Til orqa undoshlari ikki xil hosil bo'lishi mumkin. Sayoz til orqa undoshlari: (k, g, ng) va chuqur til orqa: (q, g', x) tovushlari. Sayoz til orqa undoshlari til orqa qismining yumshoq tanglayga tegishi natijasida hosil bo'ladi. Chuqur til orqa undoshlari (q, g', x) esa, yumshoq tanglayning pastga tushishi bilan kichik til va til orqa qismlarining birg- biriga tegishi natijasida hosil bo'ladi. Bunday tovushlarni uvulyar (lotincha uvular – kichik til) undoshlar deb ham ataladi. Uvulyar undoshlar g'arbiy Yevropa va rus tillarida uchramaydi. Ular ko'proq sharqiy Osiyo, Kavkaz va turkiy tillarida uchraydi.
Jahon tillarida boshqa xil undosh tovushlar ham mav­jud bo'lib, ular yuqorida berilgan tasnifdan chetga chiqishi mumkin. Biroq keltirilgan tasnif o'zbek, rus va ingliz tillaridagi undoshlarni tasnif qilish uchun yetar­lidir.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin