TALAFFUZ A'ZOLARI.
TOVUSHLARNING ARTIKULYATSIYASI
Nutq tovushlari talaffuz a'zolarining ma'lum xizmati natijasida hosil bo'ladi. Tovushlarning hosil bo'lishida ishtirok etuvchi nutq mexanizmlari harakatining yig'indisi artikulyatsiya deb ataladi. Jahondagi barcha kishilarning nutq a'zolari bir xil tuzilgan bo'lsa ham har bir tildagi tovushlarning talaffuzida ularning harakati o'sha tilga xos va odatiy bo'lishi mumkin. Biror tilning talaffuzida odat bo'lib qolgan nutq a'zolari odatiy harakatlarining yig'indisi o'sha tilning artikulyatsion bazasi deyiladi. Har xil tillar bir-biridan artikulyatsion bazalaridagi ba'zi xususiyatlar bilan farq qilishi mumkin. Masalan, ingliz tilidagi til oldi undoshlari apikal (lotincha apex – «til uchi») artikulyatsiyaga ega bo'lsa, o'zbek va rus tillaridagi bunday undoshlarning talaffuzida til uchi tishlarga tegib uning o'rta qismi ishtirok etadi, ya'ni dorsal artikuliyatsiya qilinadi. Unli tovushlarning talaffuziga ko'ra ingliz va fransuz tillari bir-biridan katta farq qiladi. Ingliz tilidagi lablangan unlilarning talaffuzida lablar juda kuchsiz harakat qiladi. Fransuz tilidagi lablangan unlilar esa, lablarning kuchli harakati bilan ajralib turadi.
Odamning talaffuz apparati to'rt bo'shliqni o'z ichiga oladi: 1) bo'g'iz bo'shlig'i; 2) burun bo'shlig'i; 3) og'iz bo'shlig'i; 4)lablar bo'shlig'i.
O'pkadan chiqqan havo bo'yin bo'shlig'iga keladi. Bo'yinning chetlarida tovush paychalari joylashgan bo'lib, ular bir-
|
1-rasm.
|
biriga to'la yoki deyarli to'la jipslashib tegib turishi mumkin. Bu holatda bo'g'iz undoshlari hosil bo'ladi. Biroq, tovush paychalari bir-birlariga yaqinlashib taranglashishi va titrashi davomiy tebranishlarni va bu esa o'z navbatida asosiy tonni hosil qiladi. Tovushlarning hosil bo'lishida tovush paychalari ko'pincha ishlab turadi. Faqatgina jarangsiz undoshlarning talaffuzida tovush paychalari tebranmaydi.
Bo'yin bo'shlig'idan keyin havo bo'g'iz bo'shlig'iga o'tadi. Havo oqimining bo'g'izdan keyingi yo'nalishi yumshoq tanglayning holatiga bog'liq. Agar yumshoq tanglay tepaga ko'tarilsa, u havoni burun bo'shlig'idan o'tishini to'sadi va havo oqimi to'g'ri og'iz bo'shlig'idan o'tadi. Bunday holatda og'iz undoshlari hosil bo'ladi. Agar yumshoq tanglay pastga tushsa, havo oqimi bir yo'la burun va og'iz bo'shliqlaridan o'tadi. Bu holatda esa, burun undoshlari (m, n, ng) hosil bo'ladi.
Tovushlarning hosil bo'lishidagi farqlarni bilishda ayniqsa og'iz bo'shlig'i va undagi zaruriy nutq mexanizmlari bo'lgan til, kichik til, qattiq va yumshoq tanglay, lablarning harakati va holati katta ahamiyatga egadir.
Og'iz bo'shlig'ining katta yoki kichikligi harakat qiluvchi (faol) nutq organlari va talaffuzda bevosita harakat qilmovchi nutq mexanizmlariga (nofaol) bog'liqdir. Barcha talaffuz a'zolari ichida eng faol harakat qiluvchisi tildir. Uning har xil gorizontal va vertikal harakati natijasida turli shovqin hosil bo'ladi va bu tovushlarning ayniqsa unli tovushlarning talaffuzi va eshitilishida turli tonni vujudga keltiradi. Pastki va yuqori lablar ham talaffuzda ishtirok etishi va etmasligi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Shu tufayli ba'zan ikki lab orasidagi bo'shliqning shaklini ham unlilar talaffuzida hisobga olinadi. Barcha nutq mexanizmlari va ularning ayrim qismlari o'rtasida ma'lum munosabat mavjud bo'lib, odam talaffuzida bir yo'la birqancha a'zolarning harakati vujudga keladi. Pastki va yuqori lablar ham talaffuzda ishtirok etishi va etmasligi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Shu tufayli ba'zan ikki lab orasidagi bo'shliqning shaklini ham unlilar talaffuzida hisobga olinadi. Barcha nutq mexanizmlari va ularning ayrim qismlari o'rtasida ma'lum munosabat mavjud bo'lib, odam talaffuzida bir yo'la birqancha a'zolarning harakati vujudga keladi.
Bunday talaffuzning avtomatik ravishda ijro etilishi bosh miyadan boruvchi doimiy nerv impulslari yordamida bajariladi.
Anatomik jihatdan odam va maymunning talaffuz apparati uncha katta farq qilmaydi. Biroq, ular o'rtasidagi asosiy farq fiziologik tomondan, odam nutq mexanizmlarining aniq va differensial harakati bosh miya orqali bajarilishi bilan izohlanadi.
|
2-rasm.
|
Dostları ilə paylaş: |