O'zbekiston milliy universiteti a. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga kirish oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlari ucun darslik toshkent- 2010



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə7/68
tarix16.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68
3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.

AKUSTIK FONETIKA HAQIDA MA'LUMOT.
TOVUSHLARNING AKUSTIK BELGILARI

Nutq tovushlari sekundiga taxminan 1,100 marta tezlik bilan o'tuvchi havo oqimining mexanik tebranishi natijasidir. O'z navbatida havo tebranishi davomiy va davomsiz hamda sodda va murakkab bo'lishi mumkin.


Tovushlar asosan ikki asosiy akustik belgiga ega: amplituda va chastota. Amplituda (tebranish to'lqini) eshitilishi jihatdan tovushning kuchiga (ovozning baland yoki pastligiga) to'g'ri keladi. Agar tebranish harakati tez bo'lsa, tovush baland tebranish chastotasiga ega bo'ladi. Aks holda past chastotali tovush hosil bo'ladi. Tebranish chastotasi gers (yoki har sekunda qaytariluvchi sikl) bilan o'lchanadi. Bir gers bir sekunda bo'ladigan tebranish davriga tengdir.
Chastota tovushlarni bir-biridan farq­lash uchun zarur bo'lgan akustik belgi hisoblanadi. Odamning tovush chastotasini eshitib his qila olish qobi­liyati chegaralangan. Biz 15 dan to 15000 gersgacha bo'lgan tovushlarni eshitib his qila olamiz. Juda sekin (15 gersdan kam) yoki juda tez (20000 gersdan yuqori) tebranishga ega bo'lgan tovushlarni umuman eshitish mumkin emas.
Shu sababli bunday tebranishga ega bo'lgan tovushlarni eshitish uchun maxsus uskuna va apparatlar zarur bo'ladi. Tovush to'lqinini hosil qiluvchi havo tebranishi davomiy bo'lsa, ton va davomsiz bo'lsa, shovqin hosil qiladi. Ton va shovqin tovushlarni farqlash uchun zarur bo'lgan akustik xususiyatlardir.
Masalan, unli tovushlar tonga, jarangsiz undoshlar esa shovqinga egadir. Jarangli undoshlar bir yo'la ton va shovqinga ega bo'lib, keyingisi bosib ketadi. Sonor tovushlarda (l, r, y, m, n, ng kabi) shovqin va ton birlikda bo'lib, ton shovqindan ustun keladi.
Tovushning cho'ziqligi yoki qisqaligi (uni odatda miqdor belgisi deb yuritiladi) tebranish harakatining vaqti bilan aniqlanadi va u milisekund bilan o'lchanadi. Tovushning kuchi, baland yoki pastligi va hokazolar uning sifat belgilari deb aytiladi.
Tebranish amplitudasi bilan aniqlanuvchi tovush kuchi dinamik urg'uga ega bo'lgan tillar uchun xarakterlidir. Bunda urg'uli bo'g'in urg'usiz bo'g'inga qaraganda katta kuch bilan talaffuz etiladi. Masalan, o'zbek tilidagi olmá – “yabloko” – ólma – “ne beri”, rus tilidagi муká – “un” – мýka – “azob”, ingliz tilidagi 'present – “hozir bo'lmoq” – présent – “sovg'a” o'rtasidagi farq urg'uli va urg'usiz bo'g'inlarda tovushlarning kuchiga asoslangandir.
Tovushning tembri tebranish davomida maxsus tonni hosil qilish bilan belgilanadi. U ba'zan nutqda his-hayajonni ifodalovchi akustik belgi sifatida ham qara­ladi. Tovushni hosil qiluvchi bo'shliqlar (og'iz, burun, bo'g'iz va h.k.) ma'lum akustik rezonatorlar deb yuritiladi, chunki ular o'z shakli va o'lchovi bilan nutq tovushini hosil qiluvchi akustik kanallar vazifasini o'taydi.
Tebranish sodda va murakkab bo'lishi mumkin. Akustikada murakkab tovush tebranishining chastotasi bilan boshqa akustik vositalarni kelishtirib turuvchi mexanizm filtr deb ataladi. Odamning og'iz va burun bo'sh­liqlari unlilarni hosil qiluvchi akustik filtrni tashkil etadi.
Tovushning tembrini ifodalovchi va uni boshqa tovushlarning tembridan farqini ko'rsatuvchi chastotalar formantlar deyiladi. Formantlar nutq tovushlarining akustik xususiyatlarini bilish manbai hisoblanadi. Tovush formantlari maxsus eksperimental apparat-spektograf yordamida aniqlanadi. Har xil unlilarning formantlari (odatda, ular uchta formantga ega bo'lib, F1, F2, F3 deb ko'rsatiladi) vertikal shkala bo'yicha turli holatda bo'ladilar.
Tovushlarning akustik belgilari ularning artikulyatsion xususiyatlari bilan uzviy bog'liqdir. Nutq organlarining turlicha harakati nutq tovushlarining akustik belgilarini, ularning sifat va miqdor belgilarini o'z­gartirib yuboradi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin