3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.
VI. Yozuv. Yozuvning rivojlanishidagi asosiy bosqichlar VII. Tilshunoslik nazariyalari va tilni ilmiy tadqiq qilish metodlari Tilshunoslik nazariyalari uchun zarur tushunchalar
Tilshunoslik metodlari…………………………………………
Tilshunoslik terminlarining qisqacha izohli lugati
Adabiyotlar
So’z boshi Mazkur darslik mavjud o’quv rejasi va dasturi asosida oily o’quv yurtlarining filologiya fakul’tetlari 1-kurs talabalari uchun yozildi.
Uni yozishda ko’p yillik tajribamiz asosida mavzularni talabalar o’zlashtirib olishlari-
ning qulay yo’llarini topishga harakat qildik.Til va jamiyat, til va tafakkur,tilning rivojlanishi kabi mavzularni hozirgi davr tilshunosligidagi yangi g’oyalar yordamida izohlandi.Talabalar uchun qulay bo’lsin deb darslikka tilshunoslik terminlarining qisqacha izohli lug’ati ilova qilindi.
Darslikda ko’proq o’zbek tilidan misollar berildi, chunki talabalar o’z ona tilini yaxshi bilmasa, chet tilini o’rganishlari juda qiyin bo’ladi.“Ma’lumki, o’zlikni anglash , milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi.Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, eng avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili-bu millatning ruhidir”- deb yozadi O’zbekiston Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch“ nomli sermazmun kitobida ( Toshkent, «Ma’naviyat» 2008, 83 bet.). Talabalarga ma’ruza jarayonida nutq odobi va til madaniyati, adabiy talaffuz mezoniga alohida e’tibor berish lozim.Til ma’naviyatimizning eng zarur muruvati ekanligini doim yodda tutish kerak.
Bu darslik boshqa shunday darsliklardan ko’p jihatdan farqlanadi.Unda tilning tafakkur va jamiyat bilan bog’lanishi hamda tilning hosil bo’lishi va rivojlanishiga doir mavzular talabalar uchun qiyinligini nazarda tutib, ularni boshqa boblardagi fikrlar bilan bog’liq ravishda bayon qilindi.
Darslik haqida o’z maslahatlarini bergan ma’sul muharrir, dotsent A.S.Sodiqovga hamda taqrizchilar,dotsentlar R.Alimardonov va M.Abdulhayrovga tashakkur aytamiz.Darslik haqidagi fikr va mulohazalar iltifot bilan qabul qilinadi.