Global ekologik muammolar dunyo bo`yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta`sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga tegishlidir. Ana shunday ekologik muammolarning ba`zilari bilan tanishamiz:
Atmosferaning dimiqish xodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi SO2 miqdori ortib borayotganligi ma`lum bo`lib qoldi.
Natijada Yer yuzasining harorati oxirgi 100 yil ichida 0,5 1,0 gradus ortdi. Iqlimning keng ko`lamda o`zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotrasnportlardan chiqayotgan gazlar bilan bogMiq, Yer yuzasining global isishi, ya`ni atmosferaning dimiqishi SO2 ning havo tarkibida ortib ketishi, o`rmonlarning kesilishi, toshko`mir va benzin kabi yoqilgAilarning yonishidan atmosferada to`planadigan SO2 gazi tufaylidir. Ana shu zaylda ahvol o`zgarmasa XXI asrning o`rtalarida yer yuzasining harorati 1,5-4,5 gradusgacha ortishi mumkin.
Natijada: Iqlimning o`zgarishi ayniqsa, cho`llanish jarayonining kuchayishi. Yogingarchilikning o`zgarishi. Dengiz va okeanlar satxining ortishi Muzliklarning Yerishi va kamayishi hamda boshqa hodisalar kuzatiladi.
Ozon qatlamining siyraklanishi: Ozonosfera atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Atmosferadagi azonning eng muhim xususiyati uning doimo hosil bcfib va parchalanib turishidir. Ozon quyosh nurlari ta`sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo`ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib qolib yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlar miqdorining ortishi tirik organizmlarga salbiy ta`sir qiladi. Hozirgi davrda freonlardan keng foydalanish tufayli hamda aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada etarli miqdorda ozon to`planishiga imkon bermayapti.