O`zbekiston milliy universiteti fakulteti yo`nalishi



Yüklə 104,04 Kb.
səhifə4/6
tarix10.12.2022
ölçüsü104,04 Kb.
#73648
1   2   3   4   5   6
yashil iqtisodiyot ekologik muommolar

Chuchuk suv muammosi

Quruqlikda chuchuk suv va uning biosferadagi roli nihoyatda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz (2-2,5 %). Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo`lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3-3,5 ming km3 suv sarflanadi. Qurg`oqchil zonalarda daryolar suvidan to`liq foydalanilgan xolda ularning suvi etmay qolmoqda.
1980 yil boshlarida bundav holat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika, Nil, Amudaryo, Sirdaryo va ba`zi bir boshqa daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning sanoat va maishiy zaxarli moddalar bilan ifloslanishi o`sib bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat va oqova suvlarini daryolarga tashlaydi. Bu ko`rsatgich daryolarning umumiy suv miqdorining 10% ini tashkil etadi. Daryolardagi toza suvlarda yildan yilga har xil Yerigan moddalar, zaxarli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib bormoqda. Pestitsidlardan foydalanish muammosi. . Ular tuproq va suvlardan o`simliklarga undan hayvonlar va odam organizmiga o`tadi. Pestitsidlar har bir bo`g`inda zararli va ziyon keltiradi. Pestitsidlarning zaharli ta`sirini oldini olish uchun quyidagi chora tadbirlarga amal qilish lozim.

  1. Hayvon va odamlarga ta`sirini susaytirish.

  1. Tuproq va suvlarda to`planishining oldini olish.

  2. Tez parchalanuvchi va beqaror pestitsidlarni sintez qilish.

  3. Pestitsidlardan foydalanishni iloji boricha cheklash.

  4. O`simliklarni biologik himoya qilish.

  5. Tirik tabiatdagi o`simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi.

O`simliklar dunyosi, ayniqsa yer yuzidagi hayotni ta`minlashda o`rmonlarning ahamiyati juda katta. Aholi sonining ortishi xo`jalik faoliyatining kengayishi tufayli tabiatning inson qo`li tegmagan oyi qolmayapti. O`simliklar va hayvon turlarini davlat muhofazasiga olish qonunlar orqali ovchilikni to`g`ri yo`lga qo`yish, shuningdek ko`rikxonalar, zakazniklar, milliy bog`lar, botanika bog`lari va qizil kitoblar o`simliklar va hayvonlar lurlarini saqlashda katta rol o`ynaydi. Cho`llanish jarayoni:
Yer kurrasi quruqligining 40 mln km.kv maydoni qurg`oqchilik mintaqasi bo`lib, dunyo aholisining 15% dan ortig`i ushbu hududga mujassamlashgan qishloq xo`jaligining tezkor rivojlanishi, sug`oriladigan yerlar va yaylovlardan noto`g`ri foydalanish oqibatida, o`rmonlarning betartib kesilishi natijasida cho`llanish darajasi yil sayin ortmoqda. Inson ta`sirida vujudga kelgan cho`llar 9,1 mln. km. kv.ga etdi. Yer yuzasining ayrim mintaqalariga xos tabiiy-iqlim, ijtimoiy-ekologik, tabiat bilan inson o`rtasidagi o`zaro aloqalari natijasida yuzaga keladigan ekologik muammolar regional ekologik muammolar deb ataladi. Mintaqaviy ekologik muammolarga baho berishning mezoni havo va suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, yaylovlarning ishdan chiqishi, o`rmonlarda daraxtlarning kesilishi. belgilangan miqdordan oshib ketishi va boshqalar hisoblanadi. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ekologik muammolardan eng muhimi Orol va Orol bo`yi ekologik muammosidir. Orol dengizi yaqin vaqtlargacha eng yirik dengizlardan biri hisoblangan. U muhim baliqchilik, ovchilik, transport va rekreatsion ahamiatga ega edi. Sug`oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida Amudaryo va Sirdaryoning suv quyishi 1970 yilga kelib 37,8 km3, 1980 yilda esa 11,1 km3 gacha kamayib ketdi. Suvning sho`rlanish darajasi litriga 9-10 g dan 34-37 g/litr gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz satxining yillik o`rtacha pasayishi 80-110 sm (oldin 53 sm bo`lgan 33 metr ga tushsa orol 2 ga bo`linib qoladi, hech bo`lmaganda 33,5 metr balandlikda saqlab qolish kerak). Orolning qurigan tubi yirik chang to`zon makoniga aylandi. Aholi ichadigan suv pestitsidlar bilan ifoslangan, keyingi 10 yil ichida o`lim 2 marta ortgan. Bolalar o`limi har tug`ilayotgan 1000ta chaqaloqdan 45-90 taga to`g`ri keladi. Ayollarning 80%ida kamqonlik xastaligi uchraydi. Bolalarning 90%ida siydigida tuzlar miqdori ortib ketgan. Orol muammosining hal qilinishining tub mohiyati suv resurslaridan oqilona foydalanishni amalga oshirishga bog`liq. Orolni saqlab qolish uchun Markaziy Osiyo Respulikalari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yiliga 20-21 kub km suv Orolga quyiladigan miqdorda yagona suv xo`jalik siyosatini ishlab chiqish bunda Orolbo`yidagi barcha tabiiy ko`llarni saqlab qolish e`tiborga olinishi lozim. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi respublikada ijtimoiy ekologik holatiga muayyan darajada salbiy ta`sir ko`rsatadi. Respublikamizda tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar.
l. Yirik xududiy sanoat majmualari joylahgan rayonlarda tabiatni muhofaza qilish muammolari. (Angren, Olmaliq, Chirchiq, Farg`ona, Marg`ilon, Navoiy va hakozo.)
2. Orol va Orolbo`yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan maqbul tarzda foydalanish. S.Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestitsidlari va mineral ug`itlar bilan ifloslanishi.
3. O`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, va milliy bog`lar tarmog`ini kengaytirish.

Yüklə 104,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin