O`zbekiston milliy universiteti fakulteti yo`nalishi


Chiqindi turlari va ularni sinflarga bo`linishi



Yüklə 104,04 Kb.
səhifə5/6
tarix10.12.2022
ölçüsü104,04 Kb.
#73648
1   2   3   4   5   6
yashil iqtisodiyot ekologik muommolar

3.Chiqindi turlari va ularni sinflarga bo`linishi
Kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari
Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi turli omillar ta`sirida paydo bo`lib, yillar davomida tuproq qoplami zararlanishi kuzatiladi. Tuproqlar ifloslanishi turlicha bo`lib, asosan sanoat korxonalari, maishiy va boshqa chiqindilar hamda turli jarayonlar mobaynida ifloslanadi. Har bir davlatda tabiiy resurslar hisoblanuvchi yer resurslarini muhofaza qiluvchi tashkilotlar bo`lib, mazkur tashkilotlar tomonidan doimiy tarzda tuproqlarni kimyoviy ifloslanish holati nazorat kilinadi va shu asosda tegishli tadbirlar belgilanadi.
O`zbekiston Respublikasida yer resurslarining holati, ularni muhofazasi va tegishli masalalar bilan Tabiatni muhofaza kilish Qo`mitasi, Gidrometrologiya xizmati va bir qator ilmiy - tadqiqot institutlari shug`ullanadi. Bularda laboratoriya sharoitida ifloslovchi modda tarkibi, miqdori va boshqa xossalari o`rganilib, ifloslanishga tavsif beriladi.
Tuproqlarni kimyoviy ifloslanish jarayonlarini aks ettiruvchi ayrim lavhalar
Kimyoviy ifloslangan tuproqlarning havfli - zaharli xususiyati, kimyoviy tarkibi va umumiy miqsori bo`yicha turlarga ajratiladi.
Havfli-zaharli xususiyati bo`yicha tuproqlar quyidagi kimyoviy ifloslanishlarga ajratiladi:

  1. Radioaktiv ifloslanish,

  2. Og`ir megallar va kimyoviy moddalar bilan ifloslanish,

  3. Turli chiqindilar bilan ifloslanish.

Tahlillarga ko`ra radioaktiv ifloslanish eng havfli o`rinda turadi, chunki radioaktiv ifloslanishda dastlab biologik dunyo jiddiy zarar ko`radi va juda katta radiusda ham ta`sir etish xususiyatiga ega, eng achinarlisi inson sog`ligiga juda havfli ta`sir etib, uning kelajak avlodlariga genlar orqali ta`sir etishi bilan boshqa ifloslanish turlaridan farq qiladi.
Og`ir megallar bilan ifloslanishning havfli tomoni shundaki, birinchidan, og`ir megallar bilan ifoslanishni vujudga keltiruvchi omillar va manbalar ko`p (transportlar va sanoat - korxonalari) bo`lib, ikkinchidan, tuproq qoplamida saqlanish (yemirilish) muddati bir necha ming yillarga teng.
Tuproqlarni turli chiqindilar bilan ifloslanishi yuqoridagi ifloslanishlar katori juda ko`p hisoblanadi. Uning havfli tomoni shundaki, turli chiqindilar inson ta`siri va sanoat korxonalari tomonidan juda katta miqdorda tuproq qoplamiga to`planadi. Maxsus chiqindilar ko`miladigan `qabriston` lar yillar davomida atrof - muhit tuproq qoplamiga salbiy ta`sir qiladi. Chiqindilar zaharli xususiyati bo`yicha quyidagi guruhlarga ajratiladi. Chiqindilar asosan kimyoviy tarkibiga va ta`sir etish xususiyatig ko`ra bir - biridan farq qiladi. Tuproq qoplamiga ko`proq to`g`ridan - to`g`ri ishlab chiqarish sanoati va maishiy chiqindilar tushadi. Qayta ishlash sanoati va boshqa turdagi chiqindilar nisbatan kamroq. Tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishida turli omillar yetakchi o`rin egallaydi. Ifloslangan tuproqlar quyidagi kategoriyalarga bo`linadi.
Ekologik siyosati quyidagi bosqichlarga bo`linadi.

  1. Birinchi bosqich vaqt e`tibori bilan taxminan o`tish davriga to`g`ri keladi. U davlatning mamlakatda tabiatdan foydlanishning tashkiliy va ijtimoiy iqtisodiy shakllarini tartibga solishga qaratilgan faol qonunchilik faoliyati bilan tavsiflanadi.

  2. Ekologik siyosayni ikkinchi bosqichi taxminan 30 yillarning o`rtalarida boshlanadi. U tabiatdan foydalanishni tartibga solishdagi sustkashlikdan, tabiatni o`zgartirishning ulkan miqyosli faol ishlariga o`tish bilan tavsiflanadi. 3-10 yillikdan ko`proq vaqtni o`z ichiga oladi.

Xulosa
Tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilishning zarur ilmiy konsepsion va ekologik jarayonlar o`z vaqtida ishlab chiqilmadi. Bu esa ruy berishi mumkin bo`lgan salbiy ekologik oqibatlarni asosli ravishda bahslash borasida loyihalarni tayyorlash va ekspertiza qilishga tog`onoq bo`ldi.
Salbiy iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar mamlakatdagi ekologik vaziyatga salbiy ta`sir etmay qolmadi, ahvol butunlay keskin tus oldi. Tabiatdan foydalanishga idoraviy munosabat, tabiiy boyliklarni isroflikcha sarflashga, bir qator mintaqalarda tabiiy muhitning talay darajada ifloslanishi va izdan chiqishiga olib keldi. Buning ustiga korxonalarning odamlar sanoati va tabiatga yetkazgan zararlari, ulaming xo`jalik faoliyatini baholashga hech qanday ta`sir o`tkazmasligi odatiy tusga kirdi.
Unda ekologik muammolarni hal etish, strategiyasi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalaridagi tub o`zgarishlarning tarkibiy qismi sifatida izohlab berildi.
Ekologik qayta tiklashning mohiyati-bu buyuk ishlab chiqarish tizimiga o`tishdirki, unda bir texnologik jarayonning chiqitlari boshqasining hom ashyosi bo`ladi.
Shubhasiz, ekologik qayta tiklash uzoqqa cho`ziladigan, qadamba-qadam qilinadigan ishdir. Istiqbolli ishlab chiqarish tizimmining hammasi ulkan buuyuk-texnologik sekilasosida ishlaydigan bo`ladi. Bu ekologik siyosatning yangi sohasidar.
Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni boshqarish sohasida zamonaviy ekologik siyosatning vazifasi yangi xo`jalik mexanizmining qismi sifatida tabiatdan oqilona foydalanishning iqtisodiy mexanizmini shaklantirishdan iborat bo`lishi kerak. Odamlar ongini fikrlash tarsi va hatti- harakatlarini maqsadga muvofiq ravishda qayta ko`rish talab qilinadi. Bu tabiiy muhitni saqlash muammolari ustida jon kuydiradigan yangi tipdagi hodimni shaklantirish natijasida ro`y beradi.

Yüklə 104,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin