Davlat ta'lim standartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta'lim standartlarini bajarish O`zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.
8-modda. Ta'lim berish tili Ta'lim muassasalarida ta'lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili haqidagi O`zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinadi.
O`zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi quyidagilarni o`z ichiga oladi: davlat standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalari; ta'lim tizimining faoliyat ko`rsatishi va rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo`lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O`zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi yagona va uzluksizdir.