10-modda. Ta'lim turlari O`zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: maktabgacha ta'lim; umumiy o`rta ta'lim; o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta'lim.
11-modda. Maktabgacha ta'lim
Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog`lom va yetuk, maktabda o`qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko`zlaydi. Bu ta'lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog`chasida va mulk shaklidan qat'i nazar boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi.