4-modda. Bilim olish huquqi Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, o`zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat'i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.
Bilim olish huquqi: davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish; ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni tashkil etish; ta'lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o`qitish, shuningdek ta'lim muassasalarida shartnoma asosida to`lov evaziga kasb-hunar o`rgatish; barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o`quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo`lishi; oilada yoki o`zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditasiyadan o`tgan ta'lim muassasalarida eksternat tartibida attestasiyadan o`tish huquqini berish orqali ta'minlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari o`zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo`lmagan shaxslar bilim olishda o`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.