Ushbu qonun fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o`rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.
Ta'lim to`g`risidagi qonun hujjatlari ushbu qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Qoraqalpog`iston Respublikasida ta'lim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog`iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta'lim to`g`risidagi qonun hujjatlaridagidan o`zgacha qoidalar belgilangan bo`lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo`llaniladi.