Ta'lim o`zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinadi. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta'limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o`rta, shuningdek o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi; o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo`nalishini: akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida o`qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo`lishni va iste'dodni rag`batlantirish; ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg`unlashtirish.