5. Taraqqiyotning “O’zbek modeli” va uning o’ziga xos xususiyatlari. O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jid-diy yangilanishlarni taqozo etar edi.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bo'lgan tayyor andozalari hech qachon bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma'rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari mavjud bo'lgan O'zbekistonday qadimiy makonda o'ziga xos yo'l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham «Mustaqil O'zbekiston tug'ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o'zi yurishga majbur edi». Yana shuni ta'kidlash darkorki, O'zbekiston o'z mustaqilligi-ni qo'lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo'lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Hatto sobiq markazdagi ayrim «bashorat»lar O'zbekistonga nisbatan «O`zlaringni Mustaqil boshqarishga, Mustaqil davlat qu-rishga qodir emassizlar», «Sizlar mute, qaram xalqsizlar», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xo-los» deb shovinistlarcha g'arazgo'ylik qilsa, mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar o'rtasida «Endi O'zbekiston qanday yo'ldan boradi? Qanday jamiyat quradi? Markazsiz yashay oladimi? Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta'minlanadimi?» - qabilidagi savollar paydo bo'lgan edi. Unga har kim o'zicha javob qidirar edi.