O`zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali 558-22 guruh talabasi


Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O„zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi



Yüklə 189,63 Kb.
səhifə5/5
tarix17.05.2023
ölçüsü189,63 Kb.
#115691
1   2   3   4   5
O\'zb.eng yangi tarixi

6. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O„zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui.
Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy etukligiga erishishiqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning nazariy modeli yaratildi (bu boradagi ma’lumotlar mazkur bobning 2-bandida bayon etildi). Bu modelda yangi iqtisodiyotga o‘tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari belgilanadi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
- agrar islohotlar;
- moliya-kredit va narx-navo islohoti;
- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
- ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlarning bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. SHu sababli Respublikada mulkiy munosabatlarni isloh qilishdan ko‘zda tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq qishloq xo‘jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar sabab bo‘ldi:
- Respublikamiz iqtisodiyotida agrar soha ustunlikka egaligi, aholining ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligida bandligi, iqtisodiy o‘sishning ko‘p jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog‘liqligi;
- Respublika butun sanoat potensialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigan sanoatning ko‘pgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to‘qimachilik, engil, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mashinasozligi va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo‘jaligiga bog‘liqligi;
Yüklə 189,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin