Tuzuvchilаr:Nazarov E
O’zMU qoshidagi S.H.Sirojiddinov nomli akademik litsey “Aniq fanlar kafedrasi” fizika fani o‘qituvchisi
Raxmatillayeva G O’zMU qoshidagi S.H.Sirojiddinov nomli akademik litsey “Aniq fanlar kafedrasi” fizika fаni o‘qituvchisi
Taqrizchi: Qurbonov M. O’zbekiston Milliy universiteti, fizika fakulteti, umumiy fizika kafedrasi, p.f.d., fizika fani o’qituvchisi
“Fizika” fanining ishchi o’quv dasturi va ekspert guruhining xulosasi akademik litseyning 2019 yil “___” _________dаgi ilmiy-pеdаgоgik kеngаshida muhokama qilindi, tasdiqlashga va o’quv jarayoniga tadbiq etishga qaror qilindi. Bayonnoma №______
M U N D A R I J A
Internet saytlari ro’yxati………………………………………………………………………………………………….
39
I. BO’LIM 1.1. Fizika fanining maqsadi va vazifalari, o’zlashtirish natijasiga qo’yiladigan talablar 1. Dasturning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim asosida umumiy fizikadan fundamental bilim berishga, fizik nazariya kuzatishlar, tajribalar va hodisalar haqidagi ma’lumotlarning umumlashtirilgan shakli ekanligini ko‘rsatishga, fizikaning texnologiyadagi, texnikadagi, tibbiyotdagi va hayotdagi ahamiyatini ta’kidlashga, fanga nisbatan qiziqish uyg‘otish va uni o‘rganishni davom ettirishga zamin yaratishdan iborat.
2. Dasturning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
fizika kursini o‘qitish izchilligini ta’minlash;
fizikaning barcha bo‘limlari bo‘yicha asosiy fizik qonunlar, qonuniyatlar va ularning formulalari bilan tanishtirishni ta’minlash;
fizik jarayon, hodisa, tushuncha hamda qonunlarning o‘rganish ketma-ketligi mantiqan to‘g‘ri va oddiydan murakkablikka qarab borish prinsipiga rioya qilish;
fizik hodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirishni ta’minlash;
tajriba o‘tkazish, uning natijalarini hisoblash, xatoliklarni hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilishni ta’minlash;
asosiy fizik qonun va hodisalarni to‘g‘ri talqin qilish, ularni masala yechishga tatbiq etish va tajribada tekshirib ko‘rish ko‘nikmalarini hosil qilishni ta’minlash;
oliy o‘quv yurtiga kirish uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilishni ta’minlash;
o‘quvchilarning fizikaviy tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini oshirish hamda hayotda bo‘layotgan hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri talqin qilishga o‘rgatishni ta’minlash;
hozirgi zamon fizikasining fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekologiyadagi va boshqa tarmoqlardagi muammolarini yechishdagi roli bilan tanishtirish kabi mavzu va muammolarni hal qilish kerakligini ko‘rsatishni ta’minlash.
3. Fizika fani bo‘yicha o‘quvchilarning bilim va malakasiga qo‘yiladigan asosiy talablar:
fizika fani tabiat hodisalari va fizik jarayonlarni o‘rganuvchi fan, dunyoni o‘rganishning asosiy usullaridan biri ekanligi umumiy fizika kursining barcha bo‘limlaridagi asosiy qonun va xulosalar hamda fizikaning tarixi haqidagi tushunchalarga ega bo‘lishlari kerak;
fizikaning asosiy fundamental qonunlarini bilish, uni masala yechishga tatbiq eta rlish, sodda laboratoriya qurilmalarini ishlatish, sozlash, tajriba natijalarini ishlash va unga tatbiq qilishni bilishlari va qo‘llay olishlari kerak.
fizikaning barcha qonunlari va formulalarini ta’riflash, boglanishlarni ifodalash, birliklarni keltirib chiqarishni bilishlari kerak;
har bir fizik jarayonni, fizik hodisalarni elementar fizika saviyasida tahlil qilish, uning qiyosiy va miqdoriy tavsiflarini izohlash, sodda laboratoriya qurilmasi va elektr sxemalarni yig‘ish, sozlash, ishlatish, tajriba natijalarini hisoblash, texnik va ekologik xavfsizlikka rioya qilish, EHMda sodda masalalarni yechish va tajriba natijalarini hisoblash, texnika xavfsizligiga rioya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.