O’zbekiston milliy universiteti s. H. Sirojiddinov nomli akademik litsey aniq fanlar kafedrasi


Issiqlik nurlanish qonunlarini o‘rganish



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə20/22
tarix07.01.2024
ölçüsü1,09 Mb.
#210112
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Fizika ishchi dastur

11. Issiqlik nurlanish qonunlarini o‘rganish.
12. Plank doimiysini aniqlash
13. Fotoelementning ishlash prinsipini o‘rganish
14. Gaz atomi spektlarini o‘rganish
15. Tayyor fotosuratlar bo‘yicha zaryadli zarralarning trek larini o‘rganish.

3.2. “Fizika” fanining moddiy-texnik ta’minoti


“Fizika” fanini o’qitish uchun o’quv xonasida o’tkaziladigan mashg’ulotlarga o’qituvchi va o’quvchilar soniga mos stol-stul, elektron yoki oddiy doska, bo’r, doska artish uchun latta, elektron dars ishlanmalaridan foydalanib dars o’tish uchun multimedia vositalari, mavzulardan kelib chiqib, El-Xolding va Koreyadan olib kelingan laboratoriya asbob va jihozlari, stendlar, maketlar, chizg’ich, sirkul, transportir va plakatlar bo’lsa dars mashg’ulotlari o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini oshirishda samarali va yuqori natijali bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
IV. BO’LIM
1-kurs o’quvchilari uchun oraliq va yakuniy nazorat savollari

  1. Dunyoga ilmiy qarashning vujudga kelishi va rivojlanishi. XI-XVI asrlarda O‘rta Osiyo va o‘zbek olimlarining fizikani rivojlantirishdagi roli. O‘zbekistonda fizika va texnikaning taraqqiyoti bo‘yicha ilmiy ishlar. Ilmiy tekshirishning hozirgi zamon usullari. Ilmiy tekshirishning fizik usullarining asosiy xususiyatlari.

  2. Fizik kattaliklarni o‘lchash, fizik kattaliklar orasidagi bog‘lanishlar. Fizik nazariyalar, qonunlar, hodisa modellari.

  3. Mexanik harakat va uning nisbiyligi. Fazo va vaqt. Nyuton klassik mexanikasi, uning qo‘llanish chegarasi. Matematik tushunchalar. Vektorlar to‘g‘risida ma’lumotlar. Vektorning kattaligi va yo‘nalishi – uning mustaqil va teng kuchli ikki tafsifi.

  4. Vektorlarni qo‘shish va ayirish. Ikki vektorni skalar ko‘paytirish. Fizik formulalarni skalar va vektor shaklda yozish.

  5. Sanoq sistemasi. Inersial va noinersial sistemalar. Inersial sanoq sistemasining ikki ta’rifi, harakatning nisbiyligi. Fizik qonunlarning inersial sanoq sistemasini tanlashga bog‘liq emasligi. Galileyning harakatlar nisbiyligi prinsipining qo‘llanish sohasi.

  6. Harakatlarni qo‘shish. Mustaqil harakatlar ta’rifi. Murakkab harakatni mustaqil oddiy harakatlar yig‘indisi sifatida tavsiflash imkoniyati.

  7. To‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli harakatlar. Yo‘l va ko‘chish, trayektoriya. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat. To‘g‘ri chiziqli tekis harakatning tezligi.

  8. To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda yo‘l formulasi. To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda tezlik va yo‘l grafiklari. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat koordinatasining vaqtga bog‘liqlik grafigi.

  9. O‘zgaruvchan to‘g‘ri chiziqli harakat. O‘zgaruvchan harakatda o‘rtacha va oniy tezlik.

  10. Tezlik tushunchalarini umumlashtirish. Tezlanish tushunchasi.

  11. To‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat. Tekis tezlanuvchan harakatda oniy tezlik formulasi. Tekis tezlanuvchan harakatda tezlanish va tezlik grafiklari. Tekis tezlanuvchan harakatda tezlik grafigidan yo‘l formulasini keltirib chiqarish.

  12. Koordinataning vaqtga bog‘liqlik grafigi va trayektoriya tenglamasi. To‘g‘ri chiziqli tekis sekinlanuvchan harakat.

  13. Tekis o‘zgaruvchan harakatning xususiy hollari: erkin tushish va yuqoriga tik otilgan jism harakati, ularning harakat tenglamalari.

  14. Aylana bo‘ylab tekis harakat. Chiziqli va burchak tezlik. Aylanish chastotasi va davri. Burchak tezlikning chastota va davrga bog‘liqligi.

  15. Burchak va chiziqli tezliklar orasidagi bog‘lanish.

  16. Markazga intilma tezlanish formulasini keltirib chiqarish.

  17. Aylanma harakatlarni friksion uzatish. Tishli va tasmali uzatishlar.

  18. Gorizontal otilgan jismning harakati. Harakatlar mustaqilligi prinsipi yordamida asosiy formulalarni keltirib chiqarish.

  19. Gorizontga qiya otilgan jismning harakati. Harakatlar mustaqilligi prinsipi yordamida jism harakatining asosiy formulalarini keltirib chiqarish.

  20. Uchish uzoqligi va eng katta ko‘tarilish balandligi.

  21. Dinamikaning asosiy vazifasi. Nyutonning birinchi qonuni. Inersiya qonuni va tajribaviy asoslari.

  22. Nyutonning ikkinch qonuni. Kuch – jismlarning o‘zaro ta’sirini ifodalovchi fizik kattalik, uning vektor tavsifi. Kuchlarning teng ta’sir etuvchisi. Nyuton ikkinchi qonunining tajribaviy asoslanishi.

  23. Massa tushunchasi. Massa – jism inersiyasining o‘lchovi sifatida. Moddaning zichligi.

  24. Nyutonning uchinchi qonuni. Nyutonning uchinchi qonunining tajribaviy asoslanishi.

  25. Mexanikada kuchlarning turlari.

  26. Elastik kuchlar va ularni vujudga keltiruvchi sabablar.

  27. Tayanchning reaksiya kuchi. Prujina va ipning taranglik kuchi. Mutlaq elastik deformatsiyalar, Guk qonuni. Mutlaq elastik prujinalar va iplar uchun Guk qonuni.

  28. Qattiqlik, qayishqoqlik tushuncasi. Mutlaq elastik silindr (sterjen) uchun Guk qonuni. Mutlaq va nisbiy uzayish, kuchlanish, Yung moduli, mustahkamlik chegarasi.

  29. Ishqalanish kuchlari va uni vujudga keltiruvchi sabablar. Tinchlikdagi ishqalanish kuchi. Uning tabiati va ta’sir etuvchi kuch kattaligi yo‘nalishi, uning tabiyat va texnikadagi roli.

  30. Sirpanish ishqalanish kuchi. Sirpanish ishqalanishning koeffitsienti va uning sirt g‘adir-budirligi darajasiga bog‘liqligi.

  31. Dumalanish ishqalanish kuchi. Dumalanish va sirpanish ishqalanish koeffisientlarini taqqoslash.

  32. Havoning qarshilik kuchi. Havo qarshilik kuchining jism tezligiga bog‘liqligi.

  33. Gravitasiya kuchi. Butun olam tortishish (gravitatsiya) qonuni. Nyuton tomonidan butun olam tortishishqonunining kashf etilishi. Gravitatsion doimiy, uni tajribaviy yo‘l bilan aniqlash.

  34. Jismning Yerga tortilish kuchi (og‘irlik kuchi). Erkin tushish tezlanishi va uning jism bilan Yer markazi orasidagi masofaga bog‘likligi. Gravitatsion maydon.

  35. Birinchi, ikkinchi va uchinchi kosmik tezliklar (isbotsiz).

  36. Abu Rayhon Beruniy va Umar-al Chagmani quyosh atrofida Yer va sayyoralar harakati to‘g‘risida. Tortishish kuchlari tabiati to‘g‘risida zamonaviy tasavvurlar.

  37. Jism og‘irligi. Og‘irlikning jism harakati turlariga bog‘liqligi. Vaznsizlik. Yuklanish. Kosmik kema-yo‘ldoshlarda vaznsizlik.

  38. Impulsning saqlanish qonuni. Jism va kuch impulsi. Jismlar yopiq sistemasi ta’rifi.

  39. Impulsning saqlanish qonuni-Nyutonning ikkinchi va uchinchi qonuni sifatida. Tabiatda va texnikada impulsning saqlanishi. Reaktiv harakat.

  40. Ish. Mexanik ish. Musbat va manfiy ish.

  41. Quvvat. Quvvat – mexanizmlar ta’sirining unumdorligi sifatida. Oddiy mexanizmlarning FIKi.

  42. Energiya. Mexanik energiya va uning turlari. Ish va energiya tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi.

  43. Kinetik energiya – harakatlanuvchi jismning energiyasi.

  44. Potensial energiya – jismlar o‘zaro ta’siri energiyasi. Potensial energiyaning ikki turi. Yerdan yuqoriga ko‘tarilgan jismlar potensial energiyasi.

  45. Mutlaq elastik deformatsiyalangan prujinaning potensial energiyasi. To‘la mexanik energiya.

  46. Mexanikada energiyaning saqlanish va aylanish qonuni. Mexanikada energiyaning saqlanish va aylanish qonunining tabiatda energiyaning saqlanish va aylanish umumiy qonuni bilan bog‘liqligi. To‘la mexanik energiyaning saqlanishi.

  47. Statikaning asosiy vazifalari. Statikada kuchlarning tavsifi. Kuchlar sistemasi. Teng ta’sir etuvchi kuch. Kuchlarni qo‘shish, ayirish.

  48. Jismning turli nuqtasiga burchak ostida yo‘naltirilgan ikki kuchning teng ta’sir etuvchisi. Ikki parallel kuchning teng ta’sir etuvchisi. Kuchlarni ikki tarkibiy qismga ajratish.

  49. Aylanish o‘qiga ega jismlar statikasi. Kuchning aylantiruvchi ta’siri, kuch momenti. Kuch yelkasi. Kuch momentining vektor tabiati.

  50. Juft kuchlar. Aylanish o‘qiga ega bo‘lgan va aylanish o‘qiga ega bo‘lmagan jismning muvozanat sharti.

  51. Qattiq jism muvozanatining umumiy sharti.

  52. Qattiq jism muvozanati turlari. Turg‘un, noturg‘un va befarq muvozanat. Turg‘un muvozanat ta’rifi va uning massalar markazi vaziyati bilan bog‘liqligi.

  53. Potensial energiya – muvozanat turg‘unligining tavsifi sifatida.

  54. Tayanch yuzasiga ega jism muvozanati. Turg‘un muvozanatdan noturg‘un muvozanatga o‘tish. Turg‘un muvozanatni amalgam oshirish yo‘llari.

  55. Suyuqlik va gazlarda bosim. Tutash idishlar. Gidrostatik bosim. Paskal qonuni.

  56. Gidrostatik paradoks. Gidravlik press. Suyuqlik va gazlik uchun Arximed qonuni. Jismlarning suzish sharti.

  57. Suyuqlik va gazlarning laminar va turbulent oqimi. Siqilmaydigan suyuqlik uchun uzluksizlik tenglamasi. Harakatlanuvchi suyuqlik va gazlarda bosim.

  58. Bernulli tenglamasi. Normal atmosfera bosimi. Atmosfera bosiminig balandlikka bog‘liqligi.

  59. Bosimning o‘lchov sistemasidan tashqari birliklari. Barometr. Manometr. Samolyot qanotining ko‘tarish kuchi.

  60. Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy qoidalari va ularning eksperemental asoslari. Avogadro doimiysi. Nisbiy molekular massa. Modda miqdori. Molekula massalari va o‘lchamlari.

  61. Broun harakati. Modda atomlari va molekulalarining o‘zaro ta’siri, uning tabiati. Molekulalarning o‘zaro ta’sir potensial energiyasi. Moddalarning gaz, suyuq va qattiq holatlari.

  62. Ideal gaz. Ideal gaz molekular-kinetik nazariyasi va uning asosiy tenglamasi.

  63. Temperatura – molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasining o‘lchovi. Temperatura shkalasi. Bolsman doimiysi va uning ma’nosi.

  64. Molekulalar issiqlik harakatining o‘rtacha tezliklari. Gaz molekulalarining tezligini o‘lchash. Shtern tajribasi.

  65. Ideal gaz holat tenglamasi. Ideal gazlarda izojarayonlar. Boyl-Mariott qonuni. Gey-Lyussak qonuni. Sharl qonuni. Universal gaz doimiysi. Avogadro qonuni. Dalton qonuni. Gaz jarayonlarining texnikada qo‘llanishi.

  66. Ichki energiya. Ideal gazning ichki energiyasi va uni o‘zgartirish usullari. Issiqlik miqdori. Termodinamikaning I qonuni.

  67. Issiqlik sig‘imi. Issiqlik balansi tenglamasi. Gaz hajmi o‘zgarganda bajariladigan ish. Izojarayonlar uchun termodinamikaning I qonuni.

  68. Adiabatik jarayon, uning grafigi. Qaytar va qaytmas jarayonlar. Tabiatdagi jarayonlarning qaytmasligi va ularning tushuntirilishi.

  69. Issiqlik dvigatellari. Karno sikli. Issiqlik dvigatellarining maksimal FIKi. Sovutgich mashinalar. Issiqlik dvigatellari va ekologiya.

  70. Termodinamikaning II qonuni. II turdagi abadiy dvigatelning bo‘lmasligi.

  71. Suyuqlik va gazlarning o‘zaro aylanishi. Suyuqliklarning bug‘lanishi. Kondensatsiya.

  72. Suyuqlik bilan bug‘ning muvozanati. To‘yingan va to‘yinmagan bug‘lar. Real gazlar.

  73. Kritik holat. Kritik temperatura.

  74. Qaynash. Qaynash temperaturasining tashqi bosimga bog‘liqligi. Solishtirma bug‘lanish issiqligi.

  75. Havoning namligi. Absolut va nisbiy namlik. Shudring nuqtasi. Gidrometrlar. Psixrometr.

  76. Suyuqlik xossalari. Sirt taranglik. Sirt qatlamining molekular manzarasi. Sirt energiyasi. Sirt taranglik kuchi va uni o‘lchash.

  77. Qattiq jism-suyuqlik chegarasidagi hodisalar. Ho‘llash va ho‘llamaslik. Menisk. Kapillar hodisalar. Tabiatda, texnikada va hayotda kapillar hodisalarning roli.

  78. Qattiq jismlar. Qattiq jismlarning tuzilishi. Kristall panjara va ularning turlari. Polikristallar va monokristallar.

  79. Qattiq jismlarda deformatsiya. Deformatsiya turlari. Plastiklik va mo‘rtlik. Amorf jismlar.

  80. Kristall va amorf jismlarning erishi va qotishi. Kristallizatsiya. Erish issiqligi.

  81. Qattiq jism va suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi, uning tushuntirilishi. Chiziqli kengayish va hajmiy kengayish koeffitsiyentlari, ular orasidagi bog‘lanish.

  82. Qattiq jismlarning va suyuqliklarning issiqlikdan kengayishini hisobga olish va texnikada qo‘llanilishi.

  83. Elektr zaryadi, zaryadning ikki turi, elementar zaryad. Elektr zaryadning saqlanish qonuni. Jismlarning elektrlanishi va uning tushuntirilishi. Elektr zaryadlarining o‘zaro ta’siri. Kulon qonuni. Zaryad birliklari. Elektr doimiysi. Elektroskop va elektrometrlar, ularning ishlash prinsipi.

  84. Elektr maydon. Elektr maydon kuchlananligi. Kuchlanganlik (kuch) chiziqlari va ularni o‘tkazish qoidalari. Sinash zaryadi haqida tushuncha. Nuqtaviy zaryadning elektr maydon kuchlanganligi. Maydonlarning superpozitsiya prinsipi. Elektr maydonini grafik ravishda tasvirlash.

  85. Bir jinsli elektr maydon. Elektr maydon induksiya oqimi. Bir jinsli zaryadlangan cheksiz tekislikning elektr maydon kuchlanganligi. Ikkita har xil ishorali zaryadlangan cheksiz tekisliklarning elektr maydoni.

  86. Bir jinsli zaryadlangan shar va sferaning elektr maydoni. Elektr maydonida nuqtaviy zaryadlarni ko‘chirishda bajarilgan ish.

  87. Potensial. Potensiallal ayirmasi. Elektr maydonidagi nuqtaviy zaryadning potensial energiyasi va uning o‘zgarishi bilan ish orasidagi bog‘lanish. Potensiallar ayirmasi va kuchlanganlik orasidagi bog‘lanish.

  88. Nuqtaviy zaryadlarning o‘zaro ta’sir potensial energiyasi. Nuqtaviy zaryad, zaryadlangan shar va sferaning elektr maydon potensiali. Ekvipotensial sirtlar.

  89. Elektr maydonda o‘tkazgichlar. O‘tkazgich ichidagi elektr maydon. Elektr maydonda dielektriklar. Dipol. Dipol momenti. Qutblanish va uning mexanizmlari. Dielektrik singdiruvchanlik.

  90. Yakkalangan jismning elektr sig‘imi. Sig‘im birliklari. Elektr sig‘imi. Sig‘im birliklari. Elektr sig‘imining o‘tkazgichni o‘rab turgan muhitga bog‘liqligi.

  91. Kondensatorlar, ularning turlari. Yassi kondensator va uning sig‘imi. Sferik kondensator va shar sig‘imlari. Kondensatorlarni ketma-ket va parallel ulash.

  92. Zaryadlangan jism va kondensator energiyasi. Elektr maydon energiyasining zichligi. Kondensatorlarning texnikada qo‘llanilishi.

  93. Elektr toki. Elektr tokining vujudga kelish shart-sharoitlari. Tok yo‘nalishi. Tokning ta’siri.

  94. Tok kuchi vat ok zichligi, ularning birliklari.

  95. Tok manbayi bo‘lmagan zanjirning bir qismi uchun Om qonuni.

  96. Volt-amper xarakteristikasi (VAX).

  97. Elektr qarshilik. Qarshilik birliklari. Solishtirma qarshilik. Qarshiliklar, ularning turlari.

  98. Metallar qarshiligining temperaturaga bog‘liqligi. O‘ta o‘tkazuvchanlik, uning tushuntirilishi.

  99. Elektr tokining ishi va quvvati. Joul-Lens qonuni.

  100. Elektr zanjir. O‘tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash.

  101. Tok kuchi, kuchlanish va qarshiliklarni o‘lchash.

  102. Ampermetr va voltmetrga shunt va qo‘shimcha qarshiliklar ulash.

  103. Elektr yurituvchi kuch (EYuK). Tashqi (elektrostatik bo‘lmagan kuch) kuchlar, ularning tabiati.

  104. To‘liq (butun) zanjir uchun Om qonuni.

  105. Qisqa tutashuv toki. Kirxgof qoidalari. Tarmoqlangan elektr zanjirlaridagi tok kuchi va kuchlanishlarni hisoblash.

  106. Turli muhitlarda elektr toki: o‘tkazgichlar, dielektriklar, yarimo‘kazgichlar.

  107. Metallarning elektron o‘tkazuvchanlik nazariyasi. Elektronlarning tartibli harakat tezligi.

  108. Qarshilikni o‘tkazgichning tabiatiga, o‘lchamlariga va temperaturaga bog‘liqligining tushuntirilishi. Erkin elektronlarning metallarda mavjudligining tajribada tasdiqlanishi.

  109. Bir jinsli bo‘lmagan zanjir uchun Om qonuni.

  110. Elektrolitlar, elektrolitik dissotsiatsiya. Elektrolitlarda elektr toki. Ionlarning harakatchanligi. Elektroliz.

  111. Faradey qonunlari. Faradey soni, elektron zaryadini aniqlash. Elektrolizning texnika va texnologiyada qo‘llanilishi.

  112. Gazlarda elektr toki. Gazlarda elektr razryadi. Ionizatsiya va rekombinatsiya.

  113. Nomustaqil va mustaqil razryad. Mustaqil razryad turlari: miltillama, yoy, uchqun, toj razryadlari. Yashin. Plazma haqida tushuncha.

  114. Vakuumda elektr toki. Elektron emissiya va uning turlari. Vakuumda elektr tokini hosil qilish.

  115. Katodlar, ularning turlari. Ikki elektrodli elektron lampa-diod. Diodning volt-amper xarakteristikasi.

  116. Uch elektrodli elektron lampa-triod. Triodning to‘r xarakteristikasi.

  117. Elektron nurli nay. Elektron dasta-elektron nurlarning qo‘llanilishi.

  118. Yarimo‘tkazgichlarda elektr toki. Ularning elektr o‘tkazuvchanligini temperaturaga va yoritilganlikka bog‘liqligi.

  119. Yarimo‘tkazgichli rezistorlarning VAX va boshqa xarakteristikalari.

  120. Yarimo‘tkazgichlarda xususiy va aralashmali o‘tkazuvchanlik va uning nuqsonlarga bog‘liqligi.

  121. Elektron-kovak o‘tish. Yarimo‘tkazgichli diod va uni elektron lampa-diod bilan taqqoslash.

  122. Transistor va uning ishlash prinsipi. Uni triod bilan taqqoslash. Termistor va fotoqarshiliklar.

  123. Toklarning magnit maydoni. Magnit maydonida tokli o‘tkazgich. Magnit maydon induksiya vektori, uning yo‘nalishi, birligi.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin