O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish



Yüklə 200,89 Kb.
səhifə4/5
tarix04.05.2023
ölçüsü200,89 Kb.
#107558
1   2   3   4   5
PF-5847 08.10.2019

(I. Madjidov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xodjayev)

7.

Respublika oliy ta’lim muassasalarida vasiylik kengashlari faoliyatini tashkil etish va ularning rolini oshirish.

1. Respublika oliy ta’lim muassasalari vasiylik kengashlarini xatlovdan o‘tkazish.
2. Xatlov natijasiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari vasiylik kengashlari bo‘yicha takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil
oktyabr
2019-yil
noyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
tarkibida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

8.

Oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish, rahbarlik lavozimlariga munosib nomzodlarni tayyorlash hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirib borish tizimini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladigan nomzodlarga qo‘yiladigan professional kompetensiyalarga oid talablar;
nomzodlarning intellektual, psixologik barqarorlik, tashkilotchilik mahorati va boshqaruv salohiyati darajasini aniqlash, ularni sotsiometrik so‘rov elementlaridan foydalangan holda baholash tartibi;
rahbarlik lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlarni maqsadli o‘qitish, ularning professional kompetensiyalarini rivojlantirish va tegishli sohalardagi bilimlarini oshirish mexanizmlari.

2019-yil
dekabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov), Davlat boshqaruv akademiyasi (X. Azizov),
tarkibida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

9.

Samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari — KPI asosida oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish.

1. Samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari — KPI asosida oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari faoliyatini baholash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish.
2. Respublika oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari faoliyati samaradorligining eng muhim ko‘rsatkchilari va ularni aniqlash tartibini ishlab chiqish.

2019-yil
oktyabr

2019-yil
noyabr



Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
tarkibida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar

10.

Nufuzli xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish choralarini ko‘rish.

1. Nufuzli xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalariga kirishga salohiyati yuqori bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari ilmiy jurnallarini aniqlash va ularni mazkur bazalarga kiritish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish.
2. Nufuzli xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida oliy ta’lim muassasalari va professor-o‘qituvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xatlovdan o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tmagan respublika oliy ta’lim muassasalari haqida ma’lumotlar kiritish, ularning resurslarini shakllantirish.
3. Olimlar tomonidan chop etiladigan maqolalarning sohalarga taqsimlanishidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalari ilmiy jurnallarini nufuzli xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalariga kiritish uchun maqsadli yo‘naltirish.

2019-yil
davomida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Yüklə 200,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin