O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi


Taksonomik birlik asosida tuzilgan O‘zbekistonda



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə13/52
tarix19.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#185859
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

2.2. Taksonomik birlik asosida tuzilgan O‘zbekistonda
tuproqlarining umumiy ro‘yxati
Tuproqshunoslik fanida tuproqning hosil bo‘lishi va hususiyatlarining umumiyligiga qarab tuproq tiplari, tipchalari oilalari va turlariga ajratish qabul qilingan. Bularni biz taksonomik birliklar deb ataymiz.
Quyida qabul qilingan taksonomik birlik asosida tuzilgan va O‘zbekistonda uchraydigan tuproqlarning umumiy ro‘yxatini keltiramiz. Bu ro‘yhatni tuzishda har bir tuproqning paydo bo‘lish sharoiti va asosiy hususiyatlari asos qilib olingan. Masalan, tuproq tipi eng katta taksonomik birlik bo‘lib, bunda bir xil iqlimiy, biologik va gidrogeologik sharoitda rivojlanuvchi tuproqlar mujassamlantirilgan. Tuproq tipida asosiy tuproqlarning paydo bo‘lish jarayoni aks etiriladi.
Bularga: 1) organik qoldiqlarning erda qolishi va ularning chirindiga aylanish jarayonining birligi;
2) tuproq minerallarining o‘zgarishi, ikkilamchi minerallar va organo-mineral birikmalaridan hosil bo‘lgan yangi yaralmalar paydo bo‘lishining birligi;
3) tuproqda ayrim birikmalar va moddalarning to‘planishi, ularni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib (migratsiya) yurishining birligi;
4) tuproq tuzilishining (morfologiyasining) bir xilligi;
5) tuproq unumdorligini oshirish uchun qo‘llaniladigan asosiy tadbirlarning bir xilligi kabi muhim belgilari kiradi.
Tuproq tipi taksonomik darajasida mujassamlashtirilgan tuproqlarga bir-biridan ayrim hususiyatlari va tuproq paydo bo‘lish jarayonining yo‘nalishi bilan farq qiluvchi tuproqlar ham kiradi. Demak, tuproq tipi o‘z navbatida bir necha tipchalardan tashkil topar ekan.
Tipchalar-tip ichidagi, tuproq paydo bo‘lish jarayonining sifati va yo‘nalishi bilan farq qiluvchi va tuproq tipi orasidagi o‘tkinchi bosqichni ko‘rsatuvchi taksonomik birlikdir.
Ayrim tipchaga kiritilgan tuproqlar ham aynan bir xil emas. Bularning orasida mahalliy sharoitniig ta’sirida (rel’ef, sizot suvlari yoki tuproq hosil qiluvchi ona jinslarining xilma-xilligi) bir muncha o‘zgarganlari ham bo‘lishi mumkin. Tipchalar eng kichik taksonomik birlik bo‘lib, bunda tuproqlar mexanik tarkibga qarab bir-biridan ajratiladi.
Demak, har bir tuproqni to‘g‘ri va puxta o‘rganish uchun dastlab biz uni qaysi tip yoki oilaga mansub ekanligini aniqlab olishimiz shart. Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, qo‘yida O‘zbekiston hududida uchraydigan asosiy tuproqlarning ro‘yxati keltirilgan.
Keltirilgan tuproq ro‘yxatida O‘zbekistonda ko‘p tarqalgan bo‘z tuproqlarni qo‘yidagicha tahlil qilish mumkin.
Bo‘z tuproq tipi o‘z navbatida och tusli, tipik va to‘q tusli bo‘z tuproq tipchalariga bo‘linadi. Bo‘z tuproqning tipchalari lyoss (soz), lyossimon, qum yoki boshqa yotqiziqlarda paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Tuproq klassifikatsiyasining asosi V.V.Dokuchaev tomonidan yaratilgan. So‘ng ko‘plab tuproqshunos olimlarimiz uni rivojlantirdi va mukamallashtirdilar.
O‘lkamizda uchraydigan juda xilma-xil tuproqlarni tizimga solish va to‘g‘ri klassifikatsiya qilish maqsadida dastlab, biz qishloq xo‘jaligida tuproqlardan foydalanishni asos qilib qo‘yish bilan birga, tuproqqa tabiiy-tarixiy tana va ishlab chiqarish vositasi sifatida qarashimiz kerak.
Tuproq ro‘yhatini tuzishda (taksonomik birliklarni ajratishda) quyidagilar e’tiborga olingan:
1) tuproqning morfologik belgilari;
2) tuproqning fizik, fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalari;
3) tuproqning suv va issiqlik tartiboti;
4) tuproq paydo bo‘lish tartiboti bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir
agronomik xossalari, ya’ni unda ekilish mumkin bo‘lgan ekinlarning turlari, ulardan olinishi mumkin bo‘lgan hosil miqdori, ekish,
er haydash, ishlov berish muddatlari va boshqalar.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin