O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə20/52
tarix19.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#185859
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

Oddiy (tipik) bo‘z tuproqlar och tusli bo‘z tuproqlardan yuqorida, dengiz sathidan 300 (500-800) metrdan balandlikkacha bo‘lgan tog‘ osti tekisliklarining yuqori qismi, adirli tog‘li baland tekisliklar va hatto pastki tog‘ maydonlarida paydo bo‘ladi. Bu tuproqlarda ham och tusli bo‘z tuproqlarda uchraydigan o‘simliklar qoplami o‘sadi, lekin bu erda shuvoq o‘rniga oq quray singari qurg‘oqchilik davrida ham o‘sishi mumkin bo‘lgan kserofit ko‘p yillik o‘simliklari keng tarqalgan. Tabiiy sharoitda bu tuproqlarda pista daraxtining ayrim turlarini xam uchratish mumkin.
Oddiy bo‘z tuproqlarda gumus miqdori 1,5-2%, chirindi qatlamining qalinligi esa 60-100 sm ga etadi. Tuproqning ustki qatlamlarida SO2 karbonatning miqdori och tusli bo‘z tuproqlarga qaraganda bir oz kamroq bo‘lsa-da, lekin o‘rta va ostki qatlamlarida uning miqdori 9-12% etadi. Mexanik tarkibi bo‘yicha mayda zarrachalarning (0,001mm) miqdori ham bularda ko‘proq bo‘lgani uchun oddiy bo‘z tuproqlar, och tusli bo‘z tuproqlarga qaraganda bir oz strukturalidir.
To‘q tusli bo‘z tuproqlar. Tog‘ bag‘irlarining yana ham yuqori qismlarida dengiz sathidan 500 (800) metrdan boshlab to 1000 (1200) metgacha bo‘lgan maydonlarda bo‘z tuproqlarning bu tipchalari paydo bo‘ladi. Bu tuproqlarning ko‘pchilik maydoni adirlik, past tog‘lik va o‘nqir-cho‘nqirlardan iborat bo‘lgani uchun sug‘orib ekiladigan ekin maydonlari juda oz tarqalgan.
To‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan erlarning iqlimi u qadar issiq bo‘lmay, yozi qisqaroq, umumiy yog‘in miqdori 400-500 mm bo‘lib, ba’zan undan ham ortiq, bahori ancha sernam, salqin va davomli, yoz esa unchalik issiq emas.
To‘q tusli bo‘z tuproqlarning tuzilishi oddiy bo‘z tuproqlar
tuzilishiga juda yaqin bo‘lsa-da, lekin gumus miqdorining ko‘pligi (3-4%), gumus qatlamining qalinligi (80-120sm), singdirish sig‘imining kattaligi (13-18 mg/ekv) va mexanik tarkibining bir oz og‘irligi bilan farq qiladi.
2.8. Bo‘z tuproqlar mintaqasining introzonal tuproqlari
Bo‘z tuproqlar mintaqasida ham mintaqalararo (introzonal) tuproqlar uchraydi. Bularga yuqorida aytganimizdek o‘tloqi tuproqlar, allyuvial o‘tloqi tuproqlar (tuqayzorlar), botqoq-o‘tloqi tuproqlar va botqoq tuproqlar kiradi.
Bo‘z tuproqlar mintaqasining o‘tloqi tuproqlari sizot suvlarining er betiga yaqinlashib keladigan daryo (to‘qay usti) terrasalari va buloq suvlarining siljib chiqadigan tog‘ osti baland tekisliklarida paydo bo‘ladi.
Och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasida hosil bo‘luvchi o‘tloqi tuproqlarning hammasi turli darajada sho‘rlangan bo‘lsa, oddiy va to‘q tusli bo‘z tuproqlar mintaqasida hosil bo‘luvchi o‘tloqi tuproqlarda sho‘r bo‘lmaydi, ularning chirindisi ancha ko‘pdir.
Oddiy va to‘q tusli bo‘z tuproqlar zonasida paydo bo‘lgan bu tuproqlar ham sho‘rlanishga moyil emasdir.
Hozirgi davrda bo‘z tuproqlar mintaqasida hosil bo‘lgan o‘tloqi, botqoq-o‘tloqi tuproqlarning deyarli barchasi sug‘orilib ekiladigan dehqonchilik maydonlariga aylantirilgan va yuqori unumdorlikka ega.
Demak, siz tog‘ oldi cho‘l-dashti tuproqlari bilan qisman tanishib chiqdingiz. Shuni aytish kerakki, sug‘orib ekiladigan va lalmikor dehqonchilik mana shu mintaqada ko‘p rivojlangandir. Quyida dehqonchilikda foydalaniladigan erlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin