O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi


BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ER FONDI



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə5/52
tarix19.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#185859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

7 BOB

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ER FONDI……..

94

7.1

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar ....................................

97

7.2

O‘rmon fondi erlari ...................................................................

101

7.3

Suv fondi erlari .........................................................................

102

7.4

Zahira erlar ................................................................................

104

7.5

Erlardan foydalanish istiqbollari ...............................................

105

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ...............................................

107

KIRISH
Er-xalq boyligi, qishloq-xo‘jalik ishlab chiqarishning bosh vositasidir. Tuproq unumdorligi esa ishlab chiqarish quvvatini oshirishda ko‘p jihatdan tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish, uni avaylab asrash va yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmuasiga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xafsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida er zahiralarining cheklanganligi va sifat tarkibining pastligi bilan bog‘liq xavf to‘xtovsiz ortib borayotganligi, ayni vaqtda er ulkan boylik bo‘libgina qolmay, balki mamlakatimizning kelajagini belgilab beruvchi omil ekanligi, shuning uchun ham erlarni muhofaza qilish, ulardan o‘ta samarali va oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish zamonamizning eng dolzarb masalasi ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Shundan kelib chiqib, tuproqlarni o‘rganish, ularning tarkibini, xususiyatlarini hamda ularda sodir bo‘ladigan fizikaviy, fizikaviy-kimyoviy, kimyoviy va biologik jarayonlarni bilish, boshqarib borish qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil olish hamda o‘g‘itlarni qo‘llashda muhim ahamiyatga egadir. Tuproqdagi oziq moddalarining umumiy miqdori, ularni o‘simliklar qiyin o‘zlashtiradigan shakldan osonroq o‘zlashtiriladigan holatga o‘tkazish olimlar va ishlab chiqaruvchilar oldida turgan muhim vazifalardir.
Tuproqning tarkibidagi o‘simliklar oson o‘zlashtiradigan oziq moddalarning miqdori ko‘p bo‘lsa, tabiiyki, mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamayadi. Turli tuproq tiplarida oziq moddalarning umumiy va o‘simliklar oson o‘zlashtira oladigan miqdori turlicha bo‘lganligi sababli bu tuproqlardagi oziq elementlariga bo‘lgan talab va ularning samaradorligi ham turlicha bo‘ladi.
Organik va mineral moddalar tuproqlarga ta’sir ko‘rsatib, ularni oziq elementlariga boyitadi, tuproq eritmasining reaksiyasiga mikrobiologik jarayonlarning xususiyati va jadalligiga, shuningdek, tuproq unumdorligiga ta’sir etadi va ko‘pgina xususiyatlarini o‘zgartiradi.
Ma’lumki, tuproq unumdorligi deganda, uning o‘simliklarni butun vegetatsiya davrida suv va oziq moddalari bilan ta’minlay olish qobiliyati tushuniladi. Tuproq unumdorligi birinchi navbatda tabiiy tuproq xosil qiluvchi omillar (iqlim, rel’ef, tuproq xosil qiluvchi ona jins, tabiiy o‘simlik qoplami) bilan chambarchas bog‘liqdir. Tuproq unumdorligini belgilaydigan muhim kattaliklar jumlasiga undagi o‘simlik uchun zarur bo‘lgan oziq moddalarning miqdori va shaklini, o‘simliklar uchun yaroqli suv miqdorini va tuproq aeratsiyasi kabilarni ham kiritish mumkin.
Tuproq unumdorligining asosan ikki turi – potensial (tabiiy) va samarador unumdorlik farqlanadi. Shu narsa ma’lumki, tuproq unumdorligi qanchalar yuqori bo‘lsa, qo‘llaniladigan barcha agrotexnikaviy tadbirlarning samarasi va shunga mos ravishda olinadigan hosil miqdori ham yuqori bo‘ladi.
Tabiiy unumdorlikning darajasi ko‘proq tabiiy-iqlim sharoitlariga bog‘liq bo‘lsa, samarali unumdorlik esa ko‘p jixatdan tuproqning agrokimyoviy xossalari bilan bog‘liqdir.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy xossalarini tavsiflashga o‘tishdan oldin, tuproq hosil bo‘lish jarayoni, ularning xossa-xususiyatlari va unga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni bilish, tuproqlarni shakllanishi va ularning tarkibiy qismi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin