O'zbekiston monetar siyosatining ustuvor yo'nalishlar



Yüklə 18,77 Kb.
səhifə2/4
tarix21.12.2023
ölçüsü18,77 Kb.
#188309
1   2   3   4
Документ

Ma’lumot uchun: yumshoq monetar siyosat — bu markaziy bank tomonidan iqtisodiyotga qo‘shimcha stimul berish maqsadida pul massasini oshirishga qaratilgan siyosat bo‘lib, asosan asosiy foiz stavkasini pasaytirish orqali amalga oshiriladi. Ko‘plab davlatlar inqiroz arafasida foiz stavkalarini tushirish orqali iqtisodiyotga stimul berishni maqsad qiladi. Nisbatan qattiq monetar siyosat esa yuqori inflyatsiyaga qarshi kurash maqsadida yuritiladigan siyosat bo‘lib, asosiy foiz stavkasining oshirilishi hamda inflyatsiya darajasi bilan asosiy foiz stavkasi o‘rtasida ma’lum darajada ijobiy farqni saqlab turishni nazarda tutadi.
Boshqacha aytganda, Markaziy bank yuqori inflyatsiyaga qarshi kurashish hamda iqtisodiyotni «sovutish» maqsadida asosiy foiz stavkasini inflyatsiyadan bir muncha yuqori darajada ushlab turibdi. Xususan, 2019 yilda asosiy stavka hamda inflyatsiya o‘rtasidagi farq 0,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil yakuniga kelib mazkur farq 2,7 foizni tashkil etdi.

Grafik O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
reklama joylashtirish


Bir qarashda 2022 yilda inflyatsiya hamda asosiy foiz stavkasi orasidagi farq 2021 yilga nisbatan qisqarganligi amalda monetar siyosatning biroz yumshayotganligiga ishora qilayotgandek. Biroq, bu jarayon 2022 yilda kuzatilgan mintaqaviy geosiyosiy keskinlashuv, xususan, Ukrainadagi urush ortidan qisqa muddatda ayrim turdagi oziq-ovqat tovarlari narxiga tashqi bosimlarning keskin oshganligi natijasida yuz berdi. Bu, o‘z navbatida, monetar siyosatni yanada qattiqlashtirishni taqazo etdi va bunga javoban regulyator asosiy foiz stavkasini 17 foizgacha oshirdi. Biroq, keyinchalik inflyatsiyaga tashqi bosimlarning nisbatan pasayishi natijasida asosiy stavka ketma-ket pasaytirilib, 15 foizgacha tushirildi.
Umuman olganda, O‘zbekistonda yuritilayotgan monetar siyosatni hozirgi holatida ham nisbatan qattiq hamda yaqin kelajakda ham shu tartibda saqlanib qoladi, deb bemalol aytish mumkin. Sababi, 2024 yil yakuniga qadar inflyatsiyaning 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichiga erishish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi 12 foizdan biroz yuqori shakllanmoqda. 2024 yil yakuniga qadar maqsad qilingan ko‘rsatkichga erishish hozirgi sharoitda nisbatan qattiq monetar siyosatni ushlab turishni taqozo etadi.

Yüklə 18,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin