O'zbekiston monetar siyosatining ustuvor yo'nalishlar


Qattiq monetar siyosat tashqi savdo va tashqi savdo defitsitiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?



Yüklə 18,77 Kb.
səhifə3/4
tarix21.12.2023
ölçüsü18,77 Kb.
#188309
1   2   3   4
Документ

Qattiq monetar siyosat tashqi savdo va tashqi savdo defitsitiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
Qattiq monetar siyosat vositasida asosiy foiz stavkasining nisbatan yuqori saqlab turilishi o‘z-o‘zidan mamlakatda pul massasi o‘sishini sekinlashtiradi. Pul massasi o‘sishining sekinlashishi valyuta kursining oshishiga — milliy valyutaning boshqa valyutalarga nisbatan qadri ortib borishiga sabab bo‘ladi. Xususan, 2022 yil noyabr oyi holatiga real valyuta kursi, turli terbranishlardan so‘ng, 2019 yil bilan taqqoslaganda 7 foizga balandroq bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, milliy valyutaning real almashinuv kursi 2019 yildan keyingi davrda biron marta 100 foizdan, ya’ni 2019 yil sentabr oyidagi darajadan pastga tushmagan.
Bu esa, boshqa shartlar o‘zgarmagan holda, eksport tovarlarining hamkor davlatlarda qimmatroq bo‘lib qolishiga va, tabiiyki, ularning raqobatbardoshligi pasayishiga olib keladi. Ichki bozorda esa, aksincha, import tovarlarning narxi arzonlashadi. Ya’ni, real valyuta kursining o‘zgarishi (boshqa shartlar o‘zgarmagan holda) mahalliy tovarlarni jahon bozorida 2019 yildagiga qaraganda 7 foizga qimmatroq, import tovarlarini ichki bozorda 7 foizga arzonroq qilib qo‘ygan. Bu holat o‘z-o‘zidan tashqi savdo defitsitining o‘sishiga olib keladi.


Ma’lumot uchun: tashqi savdoning o‘zgarishiga nominal valyuta kursining o‘zgarishi emas, balki real valyuta kursining o‘zgarishi ta’sir o‘tkazadi. Nominal valyuta kursi — bu Markaziy bank tomonidan e’lon qilib boriladigan kunlik valyutalar kursi. Real valyuta kursi esa ikki davlat o‘rtasidagi narx o‘zgarishini ham inobatga oladi. Aynan ikki davlat o‘rtasidagi narx o‘zgarishini inobatga olganligi nuqtai nazaridan real valyuta kursi ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmining o‘zgarishiga ta’sir o‘tkazadi.
Fiskal siyosat
budjet xarajatlarining oshishi yoki kamayishi tashqi savdo hajmiga mamlakatdagi yalpi talabning o‘sishi yoki qisqarishi orqali ta’sir qiladi. Xususan, budjet xarajatlarining (transfertlar bilan birga) oshishi yalpi talabni rag‘batlantiradi. Yalpi talabning o‘sishi, o‘z navbatida, import tovarlariga bo‘lgan talab hajmida ham o‘sishga olib keladi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda budjet xarajatlarning muntazam oshib borayotganligi kuzatilmoqda. Aytaylik, YAIM daromad sifatida qaralsa, uning tarkibida davlat xarajatlarining hissasi yildan-yilga ortib bormoqda.
Raqamlarga murojaat qilsak, konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlarining YAIMdagi ulushi 2016 yilda 23,8 foizni tashkil etgani holda, hozirgi kunga kelib mazkur ko‘rsatkich 35 foizga yetganligini ko‘rish mumkin. Ta’kidlash joizki, bu davrda budjet defitsiti ham muttasil o‘sib borgan
Yuqoridagi grafikdan ko‘rish mumkinki, davlat xarajatlarining oshib borishi bilan bir vaqtda tashqi savdo defitsiti ham ortib borgan.Shubhasiz, fiskal xarajatlarning oshirilishi tashqi savdo defitsitining o‘sishini tushuntirib beruvchi yagona omil emas. Masalan, 2019 yilda tashqi savdo defitsitining o‘sish darajasi budjet xarajatlarining oshishiga qaraganda sezilarli darajada past bo‘lgan.
Shunga qaramay, 
Yüklə 18,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin