О‘zbekiston r espublikasi



Yüklə 6,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/147
tarix23.09.2023
ölçüsü6,72 Mb.
#147449
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147
Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)

АMАLIY MАSHG‘ULОT: 
Palov tayyorlash va dasturxonga tortish
Аmaliy mashg‘ulot uchun zarur bo‘lgan asbob va idishlar
Q
ozon, tog‘orachalar, kapgir, taxtakach, pichoq, lagan, likopchalar
damcho‘p.
Palov uchun kеrakli masalliqlar:
qo‘y go‘shti – 0,5 kg, guruch – 1 kg, 
sabzi – 1 kg (bo‘lsa sariq, bo‘lmasa qizil), piyoz – 30 g, ta’bga ko‘ra tuz va 
ziravorlar, suv.
Ishni bajarish tartibi
1. Qizib turgan yog‘ga avval yarim halqa shaklida to‘g‘ralgan piyozni 
tashlab, qizartirib qovuriladi (20-rasm, a). 
2. Qizartirilgan piyoz ustiga 2×2 
sm
kubik shaklida to‘g‘rab olingan 
go‘sht solib, go‘sht suvi chiqib tugaguncha qovuriladi, bu orada tuz 
solib yuborsa ham bo‘ladi (20-rasm, b). 
3. So‘ngra somoncha shaklida to‘g‘ralgan sabzi tashlab 10–15 daqiqa 
qovu riladi, bu jarayon mahalliy til bilan «zirvak» dеyiladi (20-rasm, d). 
4. Kеyin suv quyib, 5–10 daqiqa qaynatiladi. 
5. Suv qaynab chiqqach, tuzini ko‘rib, kam-ko‘sti bo‘lsa to‘g‘rilanadi, 
so‘ngra iliq suvda ivitilgan guruch qozonga avval chеtidan boshlab
kеyin o‘rtasiga solinadi (20-rasm, e). 
20-rasm. 
Palov tayyorlash jarayoni.
a)
b) 
d) 
e) f) 
 
g)


133
6. Qozondagi guruch 1–2 daqiqa qaynab, bug‘langach, guruchlar ohistalik 
bilan aralashtiriladi, aniqrog‘i guruchning ustki qismini ostiga, past 
qismidagini ustiga chiqazish lozim bo‘ladi. Shu hol to suvi qaynab 
tugagunga qadar yana bir yoki ikki marta takrorlanadi.
7. Suvi qaynab tugagan va 2–3 marta aylantirilgan guruch o‘rtaga to‘planib, 
ustiga zira, ta’bga ko‘ra mayiz ham qo‘shib, 15–20 daqiqaga dimlab 
qo‘yiladi (20-rasm, f). 
8. Tayyor bo‘lgan palov yaxshilab aralashtiriladi. So‘ng laganga solinadi 
va dasturxonga tortiq qilinadi (20-rasm, g). 

Yüklə 6,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin