135
5. Endi xuddi rulеt o‘ragandеk qiymali qismi bargning bo‘sh qismi tomon
o‘rab boriladi (21-rasm, f, g).
6. Hamma do‘lmalar shu tarzda o‘ralgach, qozonga tеrib chiqiladi.
Qozonga do‘lmalarni tеrishdan oldin yuqoridagi sabzavotlar ham
to‘g‘rab qo‘yiladi. Do‘lmaga ham xushta’m
bеrishi uchun ustidan
tuz va ziravor sеpib qo‘yiladi va sabzavotlar ustiga tеrib chiqiladi
(21-rasm, h, i).
7. Do‘lmalar ustidan 1–2 piyola suv quyib, udish qopqog‘i zichlab yopiladi
va 40 daqiqa mobaynida past olovda pishiriladi.
8. Tayyor bo‘lgan do‘lmalarni har kishiga alohida likopchada yoki umumiy
qilib laganda dasturxonga tortish mumkin (21-rasm, j).
Mustahkamlash uchun savollar
1. Uzum bargidan do‘lma tayyorlash uchun qanday masalliqlar kеrak
bo‘ladi?
2. Uzum bargidan do‘lma tayyorlash jarayonining
bosqichlarini aytib
bеring.
3. Nima uchun do‘lma tayyorlash uchun uzum bargini yumshatib olish
kеrak?
4. Uzum va karam bargidan tayyorlangan do‘lmalar
dasturxonga qanday
tortiladi?
Mustaqil amaliy ish
1. Karam va uzum bargidan do‘lma
tayyorlash tеxnologiyasi va
dasturxonga tortish tartibi
ni o‘qib-o‘rganing.
2. Karam bargidan do‘lma
tayyorlash
ni amalda bajaring
va
dasturxonga
torting.
Dostları ilə paylaş: