164
tika oladi. Imkoniyatlar ham kengdir. Yani ustki va ostki iplarni taqish
yo‘llari qulay ishlangan. Ip qirqish, naychaga ip o‘rash, petla yo‘rmashda
chegaralovchi moslamalari va boshqa
maxsus tepki turlari kengayib,
ularni qo‘llash ham qulay ishlangan. Shuningdek, siniqbaxya asosida
turli chiziqli kashtalar hosil qilish sonlari kengayib sifati oshgan.
Hozirgi davrda ko‘plab elektronika qo‘llangan, dasturlangan,
mikro kompyuterli tikuv mashinalari ishlab chiqarilmoqda. Masalan,
Shvetsariyaning «Xuskvarna» firmasida ishlab
chiqarilgan mashinalar
dastur asosida turli kashtalar tikadi, bezaklarni biriktirib tikadi,
applikatsiyalarni bezatib biriktiradi. Mashina
turli moslamalarga ega
d) e) «Plaff-Singer»
32-rasm.
Zamonaviy tikuv mashinalari.
a) «Bernina» b)
165
bo‘lib, murakkab operatsiyalarni bajarishda qulaylik tug‘dirib mehnatni
yengillashtiradi, ish sifatini oshiradi. Mashina ignasiga ip taqish petlya,
tugma o‘lchamlarini sozlaydigan, ip qirqish uchun qaychi moslamalari,
ish tezligini o‘zgartirib, chegaralash imkoniyatlariga ega.
Tugma qadaydigan mashinaning tеzligi 1500 ob/min. U masalan, bitta
tugmani 1 soniyada qadaydi. Bir smеnada tugma qadash mashinasida
bеsh mingta tugma qadashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: