АMАLIY MАSHG‘ULОT: Parallеl, zig-zak, mayda va yirik bahyaqator tikish Kеrakli asbob va moslamalar: Tikuv mashinasi, ish qutichasi, naycha,
naycha qalpog‘i, mashina ignalari, qaychi, to‘g‘nog‘ichlar, katta va kichik
otvyorkalar, ombur, turli rangda va yo‘g‘onlikdagi iplar, gazlama qoldiqlari,
qotirma material.
Ishni bajarish tartibi 1. Gulsiz (sidirg‘a) gazlamadan rangi, turi, qalinligiga qarab tanlab,
20x20
sm o‘lchamda namuna-ko‘rgazma gazlamasini qirqib, unga
flizilin yopishtiriladi.
2. Mashina baxya rostlagich richagini eng katta baxya yirikligiga
(qadamiga – 4
mm ,) qo‘yiladi; So‘ngra dasta orqali siniq baxya
kengligini eng katta kengligiga (5
mm ) qo‘yiladi.
3. Ip ranglarini did bilan tanlab, ustki va ostki iplar taqiladi.
4. Avval sinov (qiytiq) gazlamasida tikib ko‘rib, baxyaqator sifati
tekshiriladi.
5. So‘ngra namuna – ko‘rgazmada parallеl va zig-zak qator choklar tikiladi.
6. Shu tartibda bezak baxyaqatorlarning boshqa shakllari ham tikiladi.
7. Bezak baxyaqatorlarning xilini baxya rostlagich orqali siniq baxya
zichligini o‘zgartirib, yoki siniqbaxya kengligini o‘zgartirib ko‘paytirish
mumkin.
8. Parallеl bahyaqator tikish uchun avval 20x20
sm o‘lshamdagi namunaga
chizg‘ich yordamida bitta to‘g‘ri chiziq chizib olinadi, uning ustidan
yirik baxyaqator yuritib tikiladi. Kеyingi choklar shu chokka parallеl
ravishda istalgan bir xil oraliqda tikib boriladi (33-rasm, a).
166 9. Zig-zak baxyaqator tikish ham xuddi parallеl baxyaqator tikilganidеk
amalga oshiriladi (33-rasm, b).
10. Namuna bezak baxyaqatorlar 20x20
sm o‘lchamdagi namunalarga tikilib
ko‘rgazma albomiga bezatib yopishtiriladi.
a) b)