39
Qirqish vaqtida yog‘ochning yo‘g‘on-ingichkaligiga qarab payraha
chiqarish uchun iskanani rejadan tashqariga burchak ostida tutib turiladi.
Qirqish jarayoni yog‘ochning diametri 8–10
mm
qolgunga qadar
davom ettiriladi.
Silindr sirtlardan buyum tayyorlashda rejalash qalam yoki sirkul
yordamida bajariladi. Qalam bilan rejalashda o‘lcham masshtab
chizg‘ichida olinadi, sirkul bilan rejalashda esa oldindan o‘lchamga
sozlanib olinadi.
Silindr sirtlarda tik bo‘yinlar (17-rasm, b) hosil qilinadi, bo‘yinning
uzunligiga qarab, unga mos qirquvchi iskanadan foydalaniladi. To‘g‘ri
burchakli o‘yiqlar (17-rasm, d) hosil qilishda zagotovka o‘lchamlar
asosida rejalanib, o‘yiqlarning o‘rta qismi o‘yiladi va reja bo‘yicha
burchak ostida payraha chiqariladi. Ularning chuqurligi kronsirkul yoki
shtangensirkul bilan o‘lchanadi.
Egri chiziqli o‘yiqlar yoki botiq sirtlar (17-rasm, e, f) hosil qilishda
zagotovka dastlab aniq o‘lchamlarda rejalab olinadi. Botiq sirtlar
yo‘nuvchi iskana yordamida hosil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: