40
elementini, qismini, turini va guruhini o‘yishda «Oddiydan
murakkabga,
osondan qiyinga» tamoyiliga rioya qilgan holda amalga oshirish lozim.
Naqshlarning qanaqa guruhlarga mansubligi, o‘ymaning
yirik va
maydaligiga qarab, dastlab yarim gajak, gajak, novdalari, tanoblari baliq
sirtli iskana bilan kesib chiqiladi. Hoshiyaning chetlari esa kurka iskana
yordamida kesiladi. Naqsh atrofi to‘liq kesib bo‘lingach, maxsus uchi
egik iskana bilan naqshning zamini o‘yilib chuqurlashtiriladi. O‘yma
zaminini tekislashda esa to‘g‘ri iskanalardan foydalaniladi. Islimiy
naqshlari 0,5
sm
dan 1
sm
gacha bo‘lgan chuqurlikda o‘yilib, so‘ngra
chaqichlanadi.
O‘yma to‘liq bajarib bo‘lingach, naqsh turiga mos pardoz tanlanadi.
Biz o‘yayotgan 9 ta yo‘l ichidagi oddiy islimiy naqsh namunasida deyarli
pardozning murakkab turlari uchramaydi, faqatgina chizma pardoz bilan
chegaralanadi. O‘yish sir-asrorini o‘rganayotgan tolibga dastlab o‘yishni
egallab olishi, so‘ngra pardozning pax (yoyma), choka (yorma), lo‘la va
tabaqa turlaridan bemalol foydalanishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: