О‘zbekiston r espublikasi


Duradgorlik ishlarida islimiy va girih usulidagi



Yüklə 6,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/147
tarix23.09.2023
ölçüsü6,72 Mb.
#147449
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   147
Texnologiya. 7-sinf (2017, Sh.Sharipov, O.Qo\'ysinov)

Duradgorlik ishlarida islimiy va girih usulidagi 
naqshlardan foydalanish
Naqshlar qaysi bino yoki buyumni bezamasin, o‘ziga xos uslub va 
texnologiyani talab qiladi. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz naqsh 
turlarini puxta o‘rganganliklari uchun hayotdagi shodlikni ham, g‘am-
kulfatni ham jonli chiziqlar, rang-barang naqshlar orqali bera olganlar. 
Albatta, naqshlardagi mazmun va ma’noni o‘qiy olish uchun kishida 
badiiy ma’lumot, o‘ziga xos bir san’at bo‘lishi kerak. 
Naqsh arabcha tasvir, gul degan ma’noni bildirib, elementlari 
ma’lum tartibda takrorlanadigan o‘simliksimon, geometrik shakllar
hayvon, qush va boshqalarning sxematik tasviridan tashkil topgan 
bezak.
Har qanday materialga naqsh ishlash mumkin. Chunonchi, tosh, 
ganch, mis, yog‘ochga o‘yish yoki qog‘oz, mato, yog‘och, ganchga 
chizib, bo‘yab ishlash va hokazo. Albatta bularni ishlashdan oldin naqsh 
chizish geometriyasini bilish zarur.


41
Naqqoshlikda ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko‘ra – islimiy va 
girih naqshlarga bo‘linadi.
Islimiy naqsh
– tabiatdagi barg, band, daraxt, buta, g‘uncha, qush, 
baliq va boshqa narsalarni naqqosh tomonidan moslashtirib olingan 
shaklini ma’lum qonuniyatlar asosida takrorlanishidan hosil qilinadi. 
Stilizatsiya – qush, baliq, gul rangi va shaklini manzarali tarzda 
umumlashtirishdir.
18-rasm. 
Girih naqsh.
19-rasm. 
Islimiy naqshlardan namunalar chizish.


42
Girih naqsh
– geometrik naqsh turlaridan biri bo‘lib, chigal, tugun 
degan ma’noni anglatadi. Girih naqsh murakkab naqsh turi. U geometrik 
naqsh turlaridan biri bo‘lib, to‘rtburchak, uchburchak, aylana va yoylar 
hamda ko‘pburchaklardan tashkil topadi. Tuzilish jihatidan to‘g‘ri chiziq, 
egri chiziq va aralash chiziqlardan tashkil topgan girihga bo‘linadi.
Naqqoshlikda garmoniya, kontrast, simmetriya, assimetriyaga alohida 
e’tibor berish zarur. 
Garmoniya
– grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, munosiblik, bog‘liq 
bo‘lish, muvofiqlik degan ma’nolarni anglatadi. Naqqoshlikda naqshning 
rangi, o‘lchami, shakllar nisbatidagi bir-biriga uzviyligi tushuniladi.

Yüklə 6,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin